Ona tili o'qitish metodikasining ilmiy asoslari o'zaro bog'liq fanlarini dalillash


O'QUVCHILARNING YOZISHGA O'RGATISHDA YOZUV DAFTARIGA YOZISH QOIDALARI VA HARF ELEMENTLARINING YOZISH TARTIBI BILAN TANISHTIRISH MASHQ TURLARI BILAN FOYDALANISH



Yüklə 110,7 Kb.
səhifə27/28
tarix04.04.2023
ölçüsü110,7 Kb.
#92926
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Ona tili o\'qitish metodikasining ilmiy asoslari o\'zaro bog\'liq f

O'QUVCHILARNING YOZISHGA O'RGATISHDA YOZUV DAFTARIGA YOZISH QOIDALARI VA HARF ELEMENTLARINING YOZISH TARTIBI BILAN TANISHTIRISH MASHQ TURLARI BILAN FOYDALANISH
Har bir o'quvchi u yoki bu harfni tushunib, yozilishini, harflarning bir-biriga bog'lanishini, kichik va bosh xarflarning bir-biriga nisbatini, balandligini, qiyaligini, avtoruchkani ushlash va to'g'ri o'tirish qoidalarini yaxshi bilishlari lozim.Yozuvga o'rganish davrida olingan bilim va malakalar o'quvchilar uchun doimiy qoida bo'libqolishi zarur.Chiroyli yozuv malakalarini o'stirishda eng birinchi qoida bu gigiyenik talablar va yozuvning qiyaligini to'g'ri saqlashga o'rgatilib, so'ngra harf va harf elementlari orasidagi masofani chamalab yozish qoidalari singdirib boriladi. Bu qoidalar keyinchalik II sinfda o'tkaziladigan xusnixat darslarida takomillashtirilib boriladi. Bu qoidalarni o'quvchilar esda saqlab qolishi mumkin.Xar bir yozuv mashqi aniq maqsad asosida oson tushunarli olib borilishi kerak. Buning uchun chiroyli yozuvga o'rgatishning turli usullaridan foydalanish lozim.Chiroyli yozuv mashinkalarini esdan chiqarmaslik uchun sistemali ravishda takrorlab borish juda muhimdir.Bolalarning yozuv malakalarini hosil qilishda ularning yosh va o'ziga xos xususiyatlari: barmoq va qo'l muskullarining harakat tezligi, markaziy nerv sistemasi tomonidan nerv muskullarining bajarilishi hisobiga olinishi lozim. Ayniqs'a, olti yoshli bolalar uchun yozuv jarayoni juda qiyindir. Bu davrda ularning jismoniy o'sishlarini, albatta, hisobga olish kerak.Olti yoshli bolalar, qo'l harakatini uzmay, ayrim harf elementlarini xarflarni, keyinchalik sodda elementli so'zlarni yoza oladilar. Bu davrda ulardan ayrim qiyin elementli, cho'zinchoq doira shaklidagi harflarni qo'l harakatini uzmay yozishni talab etish mumkin emas. Yozilishi qiyin harf va so'zlarni asta-sekin mashq qildirish orqali yil davomida o'rgatib boriladi.Ikkinchi sinfdan boshlab bolalar qo'l harakatini uzmay, cho'zinchoq doira shaklidagi xarflardan tashkil topgan harf, bo'g'in va so'zlarni yozishga o'rgatiladi.Chiroyli yozuv darslarida harflarning shakli ustida mashq o'tkazilganda oddiydan murakkabga tomon olib boriladi, chunki alfavitdagi barcha sharflar yozilish shakliga qarab gruppalarga ajratiladi.Bolalarni chiroyli yozuvga o'rgatishda o'qituvchi ularning o'ziga xosxususiyatlarini ham xisobga olishi shart.O'qituvchi har bir o'qituvchining qanday o'tishirini, ruchkani qanday ushlashini, daftar tutish holatini, xarflarni qanday yozayotganligini sekin yoki tez yozishini kuzatib borishi zarur. O'quvchilardagi bu imkoniyatlarni kuzatib borgan o'qituvchi chiroyli yozuv darslarini to'g'ri tashkil etadi, ayrim o'quvchilarga yakka-yakka yordam ko'rsatishda qrynalmaydi va ota-onalarga ham to'g'ri ko'rsatma bera oladi.Chiroyli yozuv malkasini shakllantirish faqat boshlang'ichch sinflardaemas. Balki yuqori sifnlarda ham davom ettiriladi. Husnixat bilan to’g’ri yozish nafaqat sinf, balki sinfdan tashqari vaqtdagi ishlarda ham o’quvchiga singdirib boriladi. To’g’ri tashkil etilgan sharoitda ham tarbiyaviy va amaliy ahamiyatga ega, ular bolalarda husnixat bilan yozish malakalarini hosil bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Pechat shrifti bilan yozilgan, aniqrog’i chizilgan harf ko’proq aniq pechat shriftiga aylanadi. U esa o’z navbatida cherto’jlardagi yozuvlarda qo’1 keladi. Pechat shrift bilan yozilgan devoriy gazetalar o’ziga xos uslubga ega bo’ladi. Pechat shriftining namunasi bo’lib oddiy standart shrift xizmat qilashi mumkin. U (DTS) tomonidan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan bo’ladi. Yozishga o’rgatishda avval qoidalar o’tirish bilan tanishtirish va to’g’ri o’tirish ko’nikmalarini shakllantirish lozim. Bir necha darslardan so’ng o’qituvchining birgina ‘to’g’ri o’tiring’ so’ziga talab qilinayotgan holatda o’tirishlariga erishishi zarur. 1. Yozish jarayonida yozayotgan o’quvchi oyoqlari oyoq kaftlari polga yoki stol (parta)ning oyoq qo’ygichiga tegib turishilozim. 2. Gavdaning ko’krak qismi stoldan 5 sm uzoqlikda turishi kerak. 3. Erkin holda o’qish uchun bosh stolga ozgina egilgan holatda bo’ladi. Ruchkaning uchidan ko’zgacha bo’lgan masofa 25-30 sm bo’ladi. Bundan tashqari boshni yozuv jarayonida to’g’ri tutiladi. Boshni yon tomonga (pastga) engashtirib o’tirishga yo’l qo’ymaslik kerak. 4. Ikkala qo’1 stol ustida to’g’ri burchak ostida bir-biriga qaratilgan holda turish, yozayotganda tirsak stolning ustida va bir ozgina stolning chetiga chiqib turishi lozim. Qo’lning bunday holatda turishi gavdaning stol ustiga engashib va ko’kragini stolga tegib turishini oldini oladi. 5. Yozishga o’rgatishning ilk bosqichida ruchkani to’g’ ri ushlash qoidasi 31 o’rgatiladi, malaka hosil qilinadi. Ruchkani ushlash qoidasi o’rgatiladi. Ruchka uchta barmoq orasida tutiladi, ko’rsatkich va o’rta barmoq bilan ushlanadi. Uchta barmoqning barchasi ozgina bukilgan holda ruchkani tutiladi. Ko’rsatkich barmoq ruchkaning ustida, o’rtachasi - uni o’ng tomondan, katta barmoq esa - chap tomondan ushlab turadi; qolgan ikkita barmoq - nomsiz va jimjiloq kaftga suyanchiq bo’lib qog’ozga engilgina tegib turib unda sirg’anishi kerak. Ruchkaning uchi o’ng yelkaga qarama-qarshi turadi. Tezda charchab qolmaslik uchun ruchkani qattiq siqmaslik kerak. 6. Daftar o’quvchining ko’kragining to’g’risida o’rtada, uning o’ng burchagi chapidan yuqori bo’lishi kerak. Boshning va gavdaning o’rtacha u yoki bu tomonga burilishini ta’minlanishi uchun bir necha so’z yozilganidan so’ng chap qo’1 bilan chap tomonga suriladi, chunki yozayotgan qo’1 ko’krakning o’rrasidan unchalik uzoqlashib ketmasligi kerak. Yozish jarayoni quydagilardan tashkil topgan: harflarning shtrixi ruchkani ushlab turgan barmoqlarning bukilishi va ochilishi yordamida yoziladi, qator old yelkaning va kaftning yordamida, kaft jimjiloqqa va nomsiz barmoqlarga tayaninb chapdan va o’ngga qarab harakatlanadi. Bu usullarning barchasi o’z holicha oddiy va ulami bolaga tushuntirish, ko’rsatib berish oson, lekin ularni o’rganish va amalda qo’lash birmuncha qiyinchiliklar tug’diradi. Buning sababi bolalar bir vaqtning o’zida bir qancha qiyinchiliklarni yengib o’tishlariga to’g’ri keladi. Bularga o’z gavdasini to’g’ri tutishga, daftarning turishiga, ruchkani tutish holatiga barmoqlarning, kaftning va old yelkaning ishiga, shu vaqtning o’zida hali tanish bo’lmagan yangi harfni yozishga to’g’ri keladi. Dastlabki kundanoq bolani daftarni to’g’ri va ozoda tutishga o’rgatib boorish lozim. Daftar ustidagi yozuv uning pechatlangan matniga mos holda, o’rnatilgan tartibga ko’ra to’ldirilishi lozim. Daftarni qog’oz bilan o’rash mumkin emas, chunki buklangan qog’ozning 32 qalinligi yozishga halaqit beradi. Daftarni muqovalagandan ko’ra o’quvcMn partaning ustki qavatining ozodaligiga va yozayotganda daftarning tagiga toza qog’oz varag’ini qo’yishga o’rgatib boorish kerak. Ularning hammasi o’quvchining daftarni tashqi tomondan ozoda tutishini nazorat qilib borishga o’rgatadi. Daftarning tashqi ko’rinishining ozodaligi va tartibliligi hamma tomondan tarbiyaviy ahamiyatga ega. Daftar varag’iga yozishda bolalarga quyidagilarni: tushuntirib o’tish lozim. 1. Sana yoki tartib raqami qayerga yozilishini: 2. Qatorning qayeridan so’z yozishni boshlash lozimligini; 3. Qatordagi so’zlaning oraliq masofasi qanday bo’lishi kerakligini; 4. Avvalgi va keyingi ishlar orasida qancha qator tashlanishi haqida; 5. Betni qanday yakunlash haqida tushuntirib o’tish lozim.

Yüklə 110,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin