SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1399
ONA TILI TA’LIMIDA SO’Z BIRIKMALARINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
VOSITASIDA O’QITISH (8-SINF DARSLIGI ASOSIDA)
Jo’raxonova Dinora
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institute O’zbek tili va adabiyoti mutaxassisiligi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7432884
Annotatsiya. Ushbu maqolada so’z brikmasi mavzusi innovatsion texnologiyalar
vositasida o’quvchilarga o’rgatish ko’rsatildi. Va ba’zi texnologiyalar orqali namunalar berildi.
Kalit so’zlar: innovatsion texnologiya, so’z brikmasi, klaster, Venn diagrammasi,
“Kubik” metodi, tafakkur, mantiqiy fikr
ОБУЧЕНИЕ СЛОВОСОЧЕТАНИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ РОДНОГО ЯЗЫКЯ С
ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ (НА ОСНОВЕ
УЧЕБНИКА ДЛЯ 8 КЛАССА)
Аннотация. В данной статье было показано, как обучать студентов теме
лексики с помощью инновационных технологий. И образцы давались через какие-то
технологии.
Ключевые слова: инновационная технология, объединение слов, кластер,
диаграмма Венна, метод «Кубик», мышление, логическое мышление.
TEACHING PHRASES IN TEACHING THE NATIVE LANGUAGE USING
INNOVATIVE TECHNOLOGIES (BASED ON A TEXTBOOK FOR GRADE 8)
Abstract. This article showed how to teach students the topic of vocabulary using
innovative technologies. And the samples were given through some kind of technology.
Keywords: innovative technology, word combination, cluster, Venn diagram, Cube
method, thinking, logical thinking.
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davr, axborot texnologiyalari asrida nafaqat ona
tili fanida balki boshqa fanlarda ham bilimlarni to’g’ridan to’g’ri berish emas, o’quvchini o’yga
toldiradigan mushohada yuritadigan muammoli tarzda berishgina ko’zlangan maqsadga eltadi,
bizningcha. Bu o’rinda A. G’ulomov va M. Qodirovlarning ham fikrlari o’rinlidir:
“O’quvchilarga ona tili fanidan bilimlarni tayyor holda bayon qilish serunum metod sanalmaydi.
Chunki bilimlar o’qituvchi tomonidan tayyor holda berilar ekan, o’quvchi shu jarayonning
ishtirokchisiga tinglovchisiga va faqat andazaga qarab harakat qiluvchiga aylanib qoladi”. Va
bizning bosh maqsadimiz sanalgan erkin va ijodiy fikrlaydigan, o’z fikr mahsulini nutq
sharoitiga mos tarzda og’zaki va yozma bayon qila oladigan yoshlarni tarbiyalay olmaymiz.
Mana shunday vaziyatda pedagogika ham o’zining uzoq rivojlanish yo’li davomida
yangi- yangi usullarni izlab keldi. Endilikda oldimizda ikkita savol turadi: “Nimani o’qitish?”,
“Qanday o’qitish”. “Nimani o’qitish” degan savolga darsliklarimizdagi grammatikani sodda va
tushunarli qilib, hayotiy misollar yordamida soddalashtirish javob bo’lsa, “qanday o’qitish” shu
narsalarni o’quvchining erkin va ijodiy fikrlashiga yo’naltirilgan usullarda olib borish javob
bo’ladi.
Ona tili darsining samaradorligini ta’minlovchi muhim vositalardan biri o’qitish
metodlarini to’g’ri tanlashdir. Bunda o’quvchi yoshi va ularning faoliyati bilan bog’liq jihatlari
e’tiborga olinishi, tanlanayotgan metodlar o’quvchini fikrlashga va tafakkur orqali muammolarni
hal etishga qaratilishi lozim.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1400
Maktabda so’z birikmasi bo’yicha 5- va 8-sinf ona tili darsligida ma’lumotlar bor.
Batafsilroq 8-sinfda to’xtalgan. Biz shu asosida so’z brikmasini o’qitishni 1-2 ta metodlar
vositasida ko’rsatib o’tamiz.
Dastavval so’z birikmasi haqida o’qituvchi doskadan foydalanib ozroq ma’lumot beradi.
Keyin so’z birikmasining turlari bo’yicha “Klaster” metodidan foydalanib o’quvchilarda
mavzuga oid bilimlar hosil qilinadi.
“Klaster” (g’uncha, to’plam, bog’lam) puxta o’ylangan strategiya bo’lib, uni o’quvchilar
bilan yakka tartibda, guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlarda qo’llash mumkin. Metod
yordamida o’quvchilar topshiriq bo’yicha fikrlarini klaster tarzida quyidagicha ifodalaydilar:
So’z birikmasining uchta turi bo’yicha fikrlar to’ldiriladi.
1.
2. O’quvchilarga shu tarzda klaster tuzib, namuna ko’rsatamiz, keyin ular shu asosida
fikrlab tarmoqlarni to’ldiradilar va so’z brikmalari hosil qiladilar.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1401
3.
Mana shunday metodlar vositasida o’quvchi mantiqiy fikrlagan holda so’z brikmasi
bo’yicha tasavvur va bilimlarga ega bo’ladilar. Endi olgan bilimlarini taqqoslash yo’li bilan
yanada mustahkamlaymiz. 8-sinf darsligida so’z brikmasi va qo’shma so’zni farqi berilgan. Biz
so’z brikmasi va qo’shma so’zni o’xshash va farqli jihatlarini Venn diagrammasi yordamida
ko’rib chiqamiz.
So’z brikmasi qo’shma so’z
Ushbu texnologiya vositasida o’quvchilarda tanqidiy fikrlash, predmet, hodisalar va shu
kabilarning ham farqi ham o’xshash jihatlarini aniqlash ko’nikmalari rivojlanadi.
Nutq jarayonida
tuziladi
Tarkibidagi har
bir so’z alohida
so’roqqa javob
bo’ladi, sintaksis
Nutqqa tayyor holda
olib kiriladi
Lug’atlarda beriladi
Bitta so’rtoqqa javob
bo’ladi, leksikologiya
Birdan ortiq
so’zdan tashkil
topadi
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1402
“Kubik” metodi yordamida o’quvchilar mavzuni qay darajada tushunganlarini
tekshiramiz.
“Kubik” metodi: “Metod turli vaziyatlarni hosil qilish orqali mavzuning o’rganilishini
osonlashtirishga xizmat qiladi. Kubikning oltita qirrasida o’rganiladigan mavzu(muammo)ni
chuqur tahlil qilishga yordam beradigan tushuncha(yo’nalishlar) mavjud. Metod mohiyatiga
ko’ra kubikning oltita qirrasida quyidagi ko’rsatmalar o’z ifodasini topadi.
Tasvggvv
Izoh: “Kubik”ning olt qirrasidagi ko’rsatmalar quyidagi ma’nolarni anglatadi:
1. Tasvirlang! Predmetni diqqat bilan ko’zdan kechirib, uning nimaligini tasvirlab bering,
tasvirlash jarayonida uning shakli, rangini aniq yoritishga harakat qiling.
2. Taqqoslang! Taqqqoslash asosida predmetning nimaga o’xshashi, nimadan keskin
farqlanishini ayting!
3. Izohlang! Predmetning bunday tuzilma hajm, shakl, rangga egaligining sabablarini
tushuntiring!predmet sizni nimalar haqida o’ylashga majbur etyapti? Hayolingizga erk bering!
4. Tahlil qiling! Predmet yasalish jarayoni qanday? (Predmetning yasalishini bilishingiz shart
emas, buni o’ylab toping!
5. Qo’llang! Predmetdan siz hayotiy jarayonlarda foydalana olasizmi? Undan qanday
foydalanishingiz mumkin?
6. Asoslang! Predmetning amaliy qiymatini belgilovchi fikrlaringizni asoslang! Bu jarayonda
ishonchli dalillar topishga harakat qiling!
Metod o’quvchi(talaba)larni muayyan muammo(mavzu) ni olti tomondan turlicha
yondashib, muhokama qilishga undaydi. Bu harakat bilimlarni chuqur o’zlashtirishga, muammo
yechimini tezroq topishni tezlashtiradi.”
Ushbu metodni so’z birikmasi mavzusida qo’llasak va to’g’ri tashkil qila olsak yaxshi
samara beradi.
Dostları ilə paylaş: |