Samarqand shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 81-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Davronova Fotimaning 2-sinf
ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGIdan ”Ilmli daraxt” metodidan foydalanish mavzusida tayyorlagan ochiq dars ishlanmasi.
22-sentyabr
Mavzu: Ilm
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o’quvchilarni mustaqil fikrini bayon eta olish va so’zlashuv nutqini boyitish. O’quvchilarni kitobga qiziqishini uyg’otish.
Tarbiyaviy: ilmning inson hayotidagi o’rni haqida tushuncha berish.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarda husnixat malakalarini rivojlantirish ravon o’qishini shakllantirish.
Dars turi: mustahkamlovchi.
Darsning metodi: “Ilmli daraxt” metodi “kim birinchi” ta’limiy o’yin, ilm haqida rivoyat sahna ko’rinish.
Darsning jihozi: Darslik rag’bat kartochkalari tarqatma materiallar, ilmli va ilmsiz asosida rasmlar, test, “ tarmoqlash” metodi. O’quvchilarda shakllantiradigan tayanch kompetensiyalar.
Fanga oid nutqiy kompetensiya, lingvistik kompetensiya.
Darsliklarni ozoda va tartibli saqlash yuzasidan suhbat o’tkazish.
“YOSH HUQUQSHUNOS”
O’YINI
FUQOROLAR MILLAT, IRQIDAN QATIY NAZAR ILM OLISHGA HAQLIDIRLAR
HAR BIR INSON MALAKALI TIBBIY XIZMATADAN FOYDALANISH HUQUQIGA EGA
FUQAROLAR ATROF TABIY MUHITGA EHTIYOTKORONA MUNOSABATDA BO’LISHGA MAJBURDIRLAR.
VOYAGA YETMAGANLAR, MEHNATGA LAYOQATSIZLAR VA YOLG’IZ KEKSALARNING HUQUQLARI DAVLAT HIMOYASIDADIR.
HAR KIMGA ILMIY VA TEXNIKAVIY IJOD ERKINLIGI, MADANIYAT YUTUQLARIDAN FOYDALANISH HUQUQI KAFOLATLANADI
FUQAROLAR O’ZBEKISTON XALQINING TARIXIY, MA’NAVIY VA MADANIY MEROSINI AVAYALAB ASRASHGA MAJBURDIRLAR.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Mavzu yuzasidan savol javob, testdan foydalanish
1. Davlat ramzlari nechta?
A.4 B.5 D.3
2. Ona tilimiz nechanchi yil qabul qilingan?
A.1986-yil B.1989-yil D.1988-yil
3. Mustaqilligimizga necha yil bo’ldi?
A.30-yil B. 31-yil D.32-yil
4. 0’zbekistonda nechta viloyat bor?
A.10ta B.11ta D.12ta
5. Madhiyamizni kim yozgan?
A.Abdullo Oripov B.Mutal Burxon D. Alisher Navoiy
O’quvchilarga mavzuni ifodali o’qib berish va mazmunini tushunturib berish
Husnixat qoidasi bilan ishlash
O’quvchilar ishtirokida Ilmninig avfzalligi haqida sahna ko’rinishi
“Ilmli daraxt’’metodi
Darsni mustahkamlash: Mavzu yuzasidan savol javob o’tkazish “Bulutli oqshom” metodi.
Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni e’lon qilish va guruhlarni rag’batlash.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish va savollarga javob yozib kelish.
Men kiritgan yangi metodni hamma fanga qo’llasa bo’ladi. “Ilmli va ilmsiz daraxt” didaktiv o’yin metodi.
Bu metodda o’quvchilarni hozir javoblikka, fikrlarini bayon eta olishga, mustaqil g’pyalar yarata olishga yordam beradi.