Izchillik prinsipi. Ta`lim izchilligi uchun tizimlilik o`lchov hisoblanadi. Bu haqda Ya.A.Komenskiy aytadi: “Mashg`ulotlarni shunday o`tkazish kerakki, unda keyin o`rganiladigan hodisa o`rganilganlarga asoslansin, hozirgisi keyingilarini o`rganishda mustahkamlansin”. Haqiqatdan ham, o`quvchilarning nutqiy tayyorgarligiga tayanish, ularning oldingi sinflarda hosil qilgan bilimlarini hisobga olish, o`rganilgan va o`rganiladigan bilimlar urtasida aloqadorlikni ta`minlashga izchillik prinsipi orqali erishiladi. Masalan: ot, uning ma`nosi, suroklari, birlik va ko`plikda, kelishik, egalik qo`shimchalari bilan qo`llanishi kabi boshlang`ich ma`lumotlarga tayanib, o`quvchilar ot so`z turkumi vositasida so`z birikmalari va gaplar kurishni o`rganishi tizimli va izchil bilim olishga zamin hozirlaydi. Ko`rsatmalilik va onglilik prinsiplari. Ta`limda ko`rsatmalilikdan foydalanish o`tiladigan mavzuni zoxiriy ifodalash va egallangan bilimlarni takrorlash va mustahkamlash yuzasidan belgilanadi. Boshlang`ich sinflarda uyunchoqlar, rasmlar, narsa buyumlarni bevosita kuzatish, ushlash va ularning mantiq-mohiyatini chuqurroq
anglashga, qurilganlarni og`zaki ifodalash ehtiyoji esa o`quvchida boyitish, mustaqil mushohada ko`nikmasini rivojlantirishga, birlamchi nutqiy malakalar hosil bo`lishiga yordam beradi. Yuqori sinflarda xususan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ko`rgazmalilikni yanada kengroq qamrovda tashkil qilish maqsadga muvofiq. Turli timsoliy belgilar, rangli jadvallar, lingafon , magnitafon, diktafon, radio va televideniya ko`rsatuvlari, o`quv – o`rgatuv texnikasining so`ngi yutug`lari: kopmyuter, multimediya, kolidoskop, vodeoglaz singarilardan unumli va samarali foydalanish o`quvchining ijodiy va nutqiy barkamolligini tanlash, ma`naviy dunyoqarashini kengaytirishga shart-sharoit yaratadi. Zamonaviy darslik va o`quv qo`llanmalarini takrorlash, umumlashtirish, egallangan buyumlarni mustahkamlashga qaratilgan grammatik jadvallar, kompyuterda ishlashga yunaltirilgan dasturlar, fikrlash jarayonini jadallashtirishga qaratilgan o`quv topshiriqlari, ijodiy tafakkur doirasini kengaytiruvchi savol, topshiriq va boshqotirmalar bilan boyitilishi maqsadga muvofiq. O`quvchi shaxsida nutqiy tadbirkorlik, notiqlik san`ati kurtaklarini rivojlantirish, og`zaki va yozma matn yaratish malakasini shakllantirish e`tibordan chetda qolib ketmasligi lozim. Til hodisalarini o`rganishda eng samarali va sinalgan grammatik vositalardan biri ko`rgazmali kommunikativ jadvallardir. Kommunikativ jadvallar ishlatilishi maqsadiga ko`ra turlicha bo`ladi: Leksik jadvallar.
Fonetik jadvallar.
Grammatik jadvallar.
Imloviy (orfografik) jadvallar.
Stilistik uslubiy jadvallar.
Aralash jadvallar (imlo va so`z yasalishi fonetika va so`z tarkibi)
Jadvallar yasalgan materialiga ko`ra ikki xil ko`rinishda bo`ladi. Bosma (grafik) jadvallar (har xil hajmli oq qog`oz yoki materialga
ishlanadi) Slayd jadvallar (rangsiz kleyonkaga rangli tasvirda tushuriladi)
Bundan tashqari hozirgi o`zbek adabiy tilini o`rganishda zamonaviy texnika vositalari bo`lmish: Lingafondan foydalanish ya`ni eshituv a`zolari orqali to`g`ri
talaffuzki, qiroat san`atini o`rganish; Video kurs: o`zbek tilining talaffuz me`yorlari audio-video
muloqotini o`rganish.
Kommunikativ savodxonlikni ta`minlashga qaratilgan
kompyuter o`quv dasturlaridan foydalanish yaxshi natijalarga olib keladi. Masalan:
imloviy dasturlar (bunda o`quvchining imlo savodxonligini oshirishga
qaratilgan o`quv mashqlari disketlarga joylanadi);
fonetik hodisalar kompyuter dasturi (bunda fonetika bo`yicha o`quv
Stilistik (uslubiy) dastur. Bunda o`quvchining uslubiyat bo`yicha
egallagan bilim va ko`nikmalarini shakllantirish, so`z tanlash, gapni kengaytirish va ixchamlashtirish, berilgan matnni davom ettirish va matn yaratishning bosqichli tizimi (MYaBT) ustida ishlash uchun mo`ljallangan savol va topshiriqlar, mashqlar, ma`rifiy hamda topshiriqli rasmlar (mustaqil matn yaratish uchun) beriladi.
Audio-vedio dasturlar. Ularda muayyan bir sharoitda bo`lib o`tgan
uchrashuvlar, ilmiy-amaliy kengash va anjumanlar, marosimlar (yubiley, to`y, kelin salom, beshik to`yi); bayramlar – Mustaqillik kuni, Navro`z taronalari, yangi yil oqshomi, bitiruvchilar kechasi (oqshom) tasvirlari videotasmalarga tushirilib, videokassetalarga tartib bilan joylahtiriladi. Yuqorida keltirilgan o`quv dasturlaridan 1-, 2-, 3 – si so`z boyligini oshirish, fonetika, orfoefiya, leksikologiya, morfologiya, va sintaksis yuzasidan egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash uchun tavsiya etilgan bo`lsa, 4- va 5- dasturlar o`quvchining yozma va og`zaki nutqini shakllantirish, matn yaratish malakalarini rivojlantirish uchun mo`ljallangan. Bundan tashqari hozirgi o`zbek adabiy tilini o`rganish jarayonini kodoskop, mul`timedia, “Videoglaz” kabi zamonaviy va zaruriy o`quv texnikasi bilan ta`minlanishi, ularning o`quv muassasalarida mavjud bo`lishi hamda amaliyotga tatbiq etilishi bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Hozirgi kunda o`zbek tili o`qitish metodikasi fanini yutuqlari bilan boyitilmoqda, yangi avlod darslik va o`quv qo`llanmalari yaratilmoqda. Ulardan biri Sizning e`tiboringizga havola qilinayotgan “Hozirgi o`zbek adabiy tilini o`rganishda kommunikativ jadvallardan foydalanish” nomli yangi o`quv qo`llanmasidir. Unda asosiy e`tibor so`z boyligini oshirish, egallangan Grammatik bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va umumlashtirish, so`zlash va so`z tanlash mahoratini, matn yaratish hamda nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.
Qo`llanmaga ilova qilingan kommunikativ ko`rgazmali jadvallar o`zbek adabiy tilida qo`llaniladigan barcha til hodisalarini qamrab olgan bo`lib, test topshiriqlari tuzish va uni echishda zaruriy ashyo vazifasini o`taydi. Ona tili darslarida, kodoskop va videoglaz singari o`quv texnikasidan samarali foydalanish mumkin. Chunonchi, kodoskop yordamida slayd – jadvallarni maxsus ekranga tushirish mumkin bo`lsa, videoglaz barcha tasviru – yozuvlarni, ko`zga ko`rinadigan barcha jonzotu mavjudotlarni, test topshiriqlaridan tortib, insho matnlarigacha teleekranga chiqarib berishi mumkin. “Videoglaz” ga nisbatan kodoskopning imkoniyatlari ancha chegaralangan. Kodoskop faqatgina shaffof plyonkadagi tasvirlarni ekranga chiqarishga moslashtirilgan. Oq qog`ozdagi tasvir kodoskopda ko`rinmaydi. Shuning uchun ekranga tushirilishi lozim bo`lgan har bir tasvir (test, yozuv, shakl) rangsiz (shaffof) plyonka varrakchalarga rangli flomasterlarda yozilishi maqsadga muvofiq. Uyga berilgan topshiriqni plyonkada bajarib kelgan o`quvchi o`z ijodiy ishini ekranga tushirib, o`rtoqlari muhokamasiga tashlashi, o`z fikri va yaratgan yangiligini himoya qilishi, to`g`ri yoki noto`g`riligi aniq bir xulosa va echimga kelihi mumkin. Ta`lim texnologiyasida “portlash” effektini beradigan eng yangi texnika vositasi bu- “Videoglaz”. Uning ishlatilishi ko`lami, ichki imkoniyatlari benihoya keng bol`ib, o`qituvchidan katta ijodiy tajriba va pedagogic mahoratini talab qiladi. “Videoglaz” ning qulayligi, benuqsonligi shundaki, u videokameraga uxlash ko`z vazifasini o`taydi. Unda hamma narsa bevosita teleekran yoki ko`chma ekranga qayta tasvir uchun uzatilaveradi. Bu ta`lim jarayonida tafakkurning mutlaq tantanasiga, inson aqlu zakovatining turli qirralarini ochib beruvchi, bolaga o`z iqtidorini namoyish qilish imkoniyatini yaratib beruvchi omilga aylantiradi.