“Ona yurtim tabiati” mavzusida videoroliklar tanlovini tashkil etish O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o'lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko'rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag'rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo’lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi.
O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o'lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko'rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag'rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo’lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi.
O'zbekistonimizning qaysi mintaqada joylashganini bilasizmi? Mintaqa arabcha so'z bo'lib, yo'nalish, chegara, hudud degan ma’nolarni anglatadi. Bu so'zni keng va tor ma'nolarda ishlatish mumkin. U keng ma'noda bir necha mamlakatni qamrab oladigan hududni anglatadi. Masalan, Markaziy Osiyo mintaqasi deganda so'zning keng ma'nosi tushuniladi. Chunki Markaziy Osiyo hududi bir qancha davlatlarni o'z ichiga oladi. Tor ma'noda esa bu so'z ma'lum bir mamlakat ichidagi bir necha viloyatlarni anglatadi, mamlakatimizning janubiy mintaqalari deganda qaysi viloyatlarni tushunamiz? Kimdir bizdan Vatanimiz haqida so'rab qolgudek bo'lsa, dastlab mana bu ma'lumotlarni tilga olishimiz zarur.
O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rta va shimoliy qismida joylashgan mamlakat. U shimoli-sharqda Qirg'iziston, shimol va shimoli-g'arbda Qozog'iston bilan, janubi-g'arbda Turkmaniston, janubi-sharqda Tojikiston bilan, janubda qisman Afg'oniston bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 447 ming 400kvadrat kilometr. Maydonining beshdan to'rt qismi tekislik, oz qismi tog', adir, tog' yonbag'irlaridan iborat. O'zbekiston hududidan Marka¬ziy Osiyoning eng katta daryolari — Amudaryo va Sirdaryo oqib o'tadi. Mamlakatimizning sharqiy va janubi-sharqiy qismida Tiyonshon, Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog'lari bor. Bu tog'lar orasida Farg'ona, Zarafshon, Kitob — Shahrisabz, Surxon — Sherobod, Chirchiq — Ohangaron kabi katta vodiylar joylashgan. Aholining asosiy qismi ana shu vodiylarda yashaydi.
Yurtimiz tasviri tushirilgan xaritaga diqqat bilan qarab ko'rganmisiz? Unda har bir viloyat alohida ajralib turibdi. Har bir mintaqa va viloyat o'zining betakror tabiati, odamlari, shahar va qishloqiariga ega. Prezident Islom Karimovning “Vatanimizdagi har bir viloyat, tuman, har qaysi shahar-qishloq — barchasining o'ziga xos qiyofasi, fayz-u tarovati bor” degan so'zlari ana shu haqiqatni nazarda tutib aytilgan.
Chindan ham, bizning diyorimiz shunchalar rang-barang, shunchalar betakrorki, O'zbekiston deganda, ko'z o'ngimizda Farg'ona vodiysining so'lim shahar va qishloqlari, Samarqand, Buxoro va Xivaning ko'hna me'moriy obidalari,- Qoraqalpog'iston zaminidagi qadimiy qal'a-qo'rg'onlar, Ustyurt kengliklari, Toshkentning go'zal va azim qiyofasi, Qashqadaryoning bepoyon qirlari, Surxon tog'lari, har bir mintaqa va viloyat xalqining o'ziga xos fe'1-atvori va udumlari namoyon bo'ladi.
O'zbekistonni bir ko'rgan odam, hech shubhasiz, uni sevib qoladi. Yurtimizga ming-minglab sayyohlar tashrif buyuradi va ularning barchasi bu tarovatli, serquyosh zamin ularni o'ziga maftun etgani haqida to'lqinlanib, hayajonlanib so'zlashadi.
Har qanday mamlakatning milliy boyligi ikki xil bo'ladi. Birinchisi — moddiy boyliklar, ikkinchisi — ma'naviy boyliklar. Moddiy boyliklar o'z navbatida yana ikki xilga — yer osti va yer usti boyliklariga bo'linadi. Yer osti boyliklariga zamin qa'rida yotgan turli foydali qazilmalar kiradi. Yer usti boyliklariga esa inshootlar, korxonalar, tog'lar va o'rmonlar, daryolar yaylovlar, shahar va qishloqlar kabi moddiy qadriyatlar kiradi.
O'zbekistonda foydali qazilmalar va mineral xomashyo zaxiralari juda serob. U oltin zaxirasi bo'yich dunyoda to'rtinchi, uni qazib olish bo'yicha esa yettinchi o'rin turadi. Shuningdek, mamlakatimiz uran zaxiralarining miqdori bo'yicha ham yetakchi o'rinni egallaydi. Bu yerda neft gaz resurslari ham ko'p. Yurtimizda, shuningdek, mis, kumush, litiy, fosfor, kaliy kabi mineral qazilmalarning ham boy zaxirasi mavjud. Bundan tashqari, Vatanimiz hududi ko'mir zaxiralariga ham boy. Mamlakatimizda 20 ta marmar koni, 15 ta granit va qimmatbaho toshlar koni aniqlangan. Ulardagi toshlar rang-barang va noyobdir.
O'zbekistonning yer usti boyliklari haqida gap ketganda, avvalo uning dehqonchilik uchun qulay bo'lgan sug'oriladigan zamini, daryo va ko’llari, turli noyob o'simlik va hayvonot dunyosiga ega bo'lgan tog'larini, obod shahar va qishloqlarini, u yerlardagi ishlab chiqarish korxonalari, bilim, madaniyat maskanlari, yo'llar, ko'priklar va binolarni eslaymiz.
Bizning zaminimizda ikki yarim ming yildan ziyod vaqtdan beri paxta yetishtirib kelinadi. Qadimiy kitoblarda yozilishicha, miloddan oldingi, ya'ni hozirgi yil hisobi boshlanmasidan burungi 7-6-asrlarda Samarqand, Toshkent, Xorazm vohalarida, milodning birinchi asridan boshlab esa Farg'ona vodiysida paxta yetishtirila boshlagan ekan.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so'ng o'zining yer osti va yer usti boyliklariga to'la egalik qilib, ulardan samarali foydalana boshladi. Bu esa uning iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qilmoqda. Qashqadaryodagi Ko'kdumaloq kompressor stansiyasi, Sho'rtangazkimyo majmuasi, Buxorodagi Neftni qayta ishlash zavodi, Qoraqalpog'istondagi Oo'ng'irot soda zavodi, Dehqonoboddagi kaliyli o'g'itlar zavodi kabi o'nlab yirik sanoat korxonalari, zamonaviy temir va avtomobil yo'llar istiqlol yillari barpo etilib, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlari yo'lida xizmat qilmoqda.
Biz «Neksiya», «Damas», “Matiz”,«Lasetti», «Takuma», «Epika», «Kaptiva», «Spark» yengil avtomobillarini, «Suzuki» avtobuslarini yaxshi bilamiz. Bular istiqloldan keyin o'zimizda Asaka va Samarqand shaharlarida ish boshlagan avtomobil zavodlarida tayyorlanishidan ham yaxshi xabardormiz. Bu yurtimizning qisqa muddat ichida o'z avtomobilsozlik sanoatiga ega bo'lgani bilan bog'liq. Dunyoda avtomobilsozlik sanoatiga ega bo'lgan 28 davlatning biri O'zbekiston ekani bizga katta g'urur-iftixor baxsh etadi.
Vatanimizning ma'naviy boyliklari ham juda katta. Har qanday mamlakatning ma'naviy boyligi bugungi zamonda xalqining bilimi va dunyoqarashi, madaniy saviyasi bilan o'lchanadi. Chunki hozirgi davr axborotlar davri, kashfiyotlar davri, yangi-yangi texnologiyalar davridir. Kimning bilimi kuchli bo'lsa, dunyoqarashi ochiq va kelajakka qaratilgan bo'lsa, hamisha oldinda bo'ladi. Avvalo, mamlakatimiz aholisining deyarli yuz foiz savodli ekani bizning ulkan ma'naviy boyligimizdir. Chunki savodli odam kitob, gazeta o'qiydi, televizor ko'rib, radio eshitib, ulardan o'zicha mustaqil xulosa chiqara oladi. Eng muhimi, doimo dunyodan ogoh, zamon bilan hamnafas bo'lib yashaydi.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qarshi, Termiz, Karmana, Shahrisabz, Marg'ilon, Qo'qon kabi qadimiy shaharlarimizdagi noyob obidalar ham bizning betakror ma'naviyatimiz ko'zgusidir. Ularning aksariyati YUNESKO ro'yxatiga kiritilgan.
YUNESKO — Birlashgan Millatlar Tashkilotining fan va madaniyat ishlari bo'yicha shug'ullanadigan mustaqil tuzilmasidir. Uning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining o'zi esa NyuYork shahrida joylashgan. Unga dunyodagi 192 ta davlat, jumladan, bizning mamlakatimiz ham a'zo.
O'zbekiston zamini 3- 3,5 ming yillik madaniy tarixga ega. Bu yerda Jarqo'ton, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Afrosiyob, Qubo, Varaxsha, Mingo'rik, Shoshtepa, Tuproqqal'a, Qo'yqirilgan qal'a singari qadimiy sivilizatsiya o'choqiari mavjud. Ushbu manzilgohlardan buddizm, zardushtiylik, islom madaniyatiga, o'zbek davlatchilik tarixiga oid ko'plab yodgorliklar topilgan va topilmoqda.
Sivilizatsiya lotincha so'z bo'lib, madaniy taraqqiyot degan ma'noni bildiradi. Arabcha ma'nodoshi tamaddun, ya'ni madaniylashishdir.
Poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyida Vatanimizning ma'naviy boyliklaridan dalolat beradigan ko'plab noyob yodgorliklarni ko'rish mumkin. Qur'oni karimning xalifa Usmon davrida ko'chirtirilgan yagona noyob nusxasi ham Toshkentda, Hazrati Imom majmuasida saqlanadi. Bundan tashqari, yurtimizdagi turli institutlar, kutubxona va muzeylarda o'ta nodir qo'lyozmalar mavjud. Ulaming ko'pi o'z tadqiqotchilarini kutmoqda, yosh avlod vakillari ulg'ayib, kelajakda o'qib-o'rganishi, zarur xulosalar chiqarishi uchun ular asrab-avaylab kelinmoqda.
Zardushtiylikning qadimiy kitobi «Avesto» ham bizning diyorimizda - ko'hna Xorazm zaminida'yaratilgan. Bu kitobning 2700 yil¬lik to'yi 2001-yili xalqaro miqyosda bayram qilinganidan xabardor bo'lsangiz kerak.
Xalqimiz qadim-qadimdan buyuk allomalari bilan dunyoga tanilganilgan. Musulmon olamida tan olingan oltita ulug' hadisshunosdan uchtasi bizning zaminimiz farzandidir. Bular — Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Nasoiydir.
Biz ushbu mavzuda videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi va yuqoridagilar asosida videolar tayyorlanadi. Bu videoroliklar orasidan eng saralari tanlab olinadi.