Onako’krakdan boqishda uchraydigan qiyinchiliklar Ko’krakning to’lishishi



Yüklə 497,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix22.06.2022
ölçüsü497,19 Kb.
#62061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
№8 taqdimot 1832d117a5d9f7da6a303c7cff38a343

“Tansor” qo’llar xolati 
YUrak va buyrak faoliyatidagi buzilishlar yoki boshqa nuqsonlar. Ko’krak suti bilan 
emizib boqishning to’/ri olib borilayotganiga qaramay, o’smayotgan bolalarda 
bunday kasalliklar bo’lishi ehtimoli bor. Bolani sinchiklab ko’rikdan o’tkazing va 
maslahat uchun mutaxassis shifokorga yo’llang. 
Emizikli onalar kun tartibini va ovqatlantirishni tashkil qilish. Ona 
ovqatining ko’krak cuti miqdori va sifatiga ta’siri. 
Ma’lumki, ko’krak cutining tartibi, uning miqdori, laktatsiya jarayonining 
davomiyligi ko’p hollarda onaning ovqati va kun tartibiga bo/liq. Shuni qayt qilish 
lozimki, cutkaning ma’lum vaqtlarida hosil bo’ladigan cut miqdori bir xil bo’lmay, 
uning miqdori bola talabiga qarab o’zgarib borishi, ya’ni bola qancha cut emsa, 
kelgusi emishda shuncha miqdorda cut hosil bo’lishi aniqlangan. Onaning kundalik 
ovqat ratsioni tartibini cut miqdoriga, tarkibiga ta’siri esa yaxshi ovqatlanadigan 
onalar guruhida ularning cuti miqdori va tarkibi o’rtasida bo/liqlik yo’qligi, lekin 
yomon ovqatlanadigan (ovqat sifati past va kam miqdordagi) onalar cuti ayrim 
o’zaro bo/liqliklar borligi aniqlangan. Bo’nga ona ratsioni tarkibidagi oqsilning 
cutkalik cut miqdoriga ta’sir qilishi dalil bo’la oladi. Keragidan ortiq istemol 
8
Ахмедова Д.И., Шамансурова Э.А.Эмизикли ва эрта ёшдаги болаларни овқатлантириш ўқув қўлланмаси 
Тошкент 2014й.,199 бет 


qilinadigan suyuqlik esa cut miqdoriga ta’sir kilmaydi. Laktatsiya davrida onaning 
energiyaga bo’lgan talabi onaning jismoniy aktivlik darajasiga bo/liq. 
Onaning ovqatlanishi
9
 
Laktatsiya davrida ona emizishga sarflaydigan energiya xarjini qoplash uchun ovqat 
iste’molini ko’paytirishi kerak: agar ayol jismoniy faol harakatlar qilmasa, taxminan 
10 foizga; jismonan o’rtacha yoki juda faol bo’lsa – 20 va undan ko’p foizga 
hisobida. Son va sifat jihatidan kam ovqatlanish uning energiyasi va bolani emizish 
qobiliyatiga; yoki bolani ovqatlantirish va parvarishlash qobiliyatiga ta’sir qilishi 
mumkin. Amalda emizikli ona chaqaloq uchun 750 ml ko’krak suti ishlab chiqarish 
uchun kuniga 500 kilokaloriya sarflaydi (taxminan bir marta ovqatlanishga teng. 
Ba’zi ozuqa moddalari homiladorlik davrida yi/ilgan organizm zahirasidan yetkazib 
beriladi. Boshqa ozuqa moddalari esa kuchli ovqatlanish hisobidan yetkazib berilishi 
kerak. YAxshi ovqatlanayotgan va turli-tuman mahsulotlarni ishtaha bilan iste’mol 
qilayotgan ayol qo’shimcha ehtiyojlarni qoplash uchun yetarli miqdorda 
ovqatlanayotgan bo’ladi. Biroq yaxshi ovqatlanmaydigan ayol homiladorlik davrida 
organizmda yetarlicha zahira hosil qilmagan bo’lishi mumkin. Ehtiyojlarni qoplash 
va bor zahirani saqlash uchun, ayol har kuni turli mahsulotlardan qo’shimcha ovqat 
iste’mol qilishi zarur. Onaga o’zini yaxshi his qilishi va organizmi baquvvat bo’lishi 
uchun go’sht, baliq, yo/, yon/oq, pista turlari, yorma (krupa), dukkaklilar
sabzavotlar, pishloq va sut kabi turli-tuman mahsulotlarni tanovul qilishni maslahat 
berish foydadan holi emas. Homilador va emizikli ayollar odatda mahalliy ratsionga 
kiritilgan har qanday mahsulotni iste’mol qilishlari mumkin bu bolani emizishga 
salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Juda oz/in ayollarga alohida e’tibor berish va ko’rikdan 
o’tkazish kerak, ularga ko’proq kaloriyali ovqatlar yeyishni maslahat berish 
mumkin. Turmush o’rto/i va qaynona kabi oila a’zolari ham onaning ovqatlanish 
usuliga ta’sir ko’rsatadi. Ular ayolning yetarlicha ovqatlanishi va o/ir jismoniy 
ishlardan tiyilishiga yordam berishi mumkin. Agar qo’shimcha ovqatlanishning 
imkoni bo’lmasa, bu onaning bolani ko’krak suti bilan emizib boqishiga to’siq 
bo’lmasligi kerak. Hatto o’rtacha to’yib ovqatlanmayotgan ayol ham yaxshi sifatli 
ko’krak suti ishlab chiqarishda davom etaveradi. Ona jiddiy ravishda to’yib 
ovqatlanmayotgandagina ko’krak suti miqdori kamayadi. Maishiy sharoitlar 
cheklangan oilalarda ko’krak sutibola uchun eng to’liq va xavfsiz ozuqa, emizish 
esa onaning bolani parvarishlashda o’z resurslari va oila resurslarini ishlatishining 
eng samarali usulidir. 
9
Ахмедова Д.И., Шамансурова Э.А.Эмизикли ва эрта ёшдаги болаларни овқатлантириш ўқув қўлланмаси 
Тошкент 2014й.,200 бет 


Mikronutrientlar tanqisligi bor ayolga ham o’z salomatligi uchun, ham emizikli bola 
salomatligi uchun boyitilgan ozuqa moddalari qo’shimchalari 
kerak bo’lishi mumkin. 

Yüklə 497,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin