Onam beshigimga archa solganda, Ilk bora Vatanni hidlagan edim


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI



Yüklə 25,23 Kb.
səhifə2/2
tarix13.01.2023
ölçüsü25,23 Kb.
#79151
1   2
Anvar Eshnazarov she\'rlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI.
YAKKABOG‘ TUMAN MUDOFAA BO‘LIMI XODIMLARIGA BAG‘ISHLANADI.
Jisman ruhan ko‘rikda sinab
Askar jo‘natadi Yurt sarhadiga
Gohida tunlarni kunlarga ulab
Shay turar Vatan-u xalq xizmatiga

Osoyishta saqlar tug‘ilgan joyin


Ko‘zida yonadi shijoat g‘urur
Ko‘ksida ardoqlar Vatanning nomin
Ular bor yashaymiz doril amon hur

Qonida sapchiydi Temur na’rasi


O‘zbekiston tug‘i qo‘lda sarbaland
Ular bor tinch yashar Turon o‘lkasi
Chiroyin ochadi Kesh-u Samarqand

Go‘daklar beshikda uxlar osuda


Bobo-momolarning yuzida shodlik
Hushyor turishadi hatto uyquda
Bardavom bo‘lsin deb tinchlik ozodlik

Bo‘lajak askarni xizmatga yo‘llar


Chegarada toblar har bir o‘g‘lonni
Yovni yo‘q qilishga shay turar qo‘llar
El uchun ayamas lahza ham jonni

Harbiylik libosin kiygan har inson


Vatanga munosib xizmat qilganlar
Qayerda bo‘lmasin ular qahramon-
Mudofaa burchini sharaf bilganlar.

Anvar Eshnazarov. 2017.


Biz Vatan posboni, Vatan qalqoni,
El-yurtga fidodir er yigit joni.
Tunlari bedormiz, kunduzlar hushyor
Musaffo bo‘lsin deb yer-u osmoni.

Xalq tinchin saqlaymiz har on tinmayin,


Ogohlik davrda talab kun sayin.
Tinch o‘lka qudratli bo‘lmog‘i tayin,
Biz bormiz mustahkam qal’a qo‘rg‘oni.

Askar yigitlarmiz nigohlari cho‘g‘,


Yurakda shijoat, zarra hadik yo‘q.
Ertangi kunidan elning ko‘ngli to‘q,
Agar bisyor bo‘lsa sodiq o‘g‘loni.

Qo‘ldan qo‘ymay sira yarog‘imizni,


Qorachiqday asrab tuprog‘imizni,
Ko‘zlarga surtibon bayrog‘imizni,
Ruhin shod etamiz Temur boboning.

Vorismiz Kubroga, Manguberdiga


Tan-u jon qurbondir Vatan-u elga.
O‘zbekiston ozod bo‘lsin manguga,
Osoyishta elning bo‘lmas armoni.

Anvar eshnazarov. 2019.

Bahodir yiqildi qum uzra nogoh,
Orqadan urilgan qilich zarbidan.
Quladi u bilan erk ramzi – bayroq,
Ammo alp qo‘ymadi sira dastidan.

Dushmanlar g‘alaba hissin tuymoqqa


Yaqinlab yalovni olmoq bo‘ldilar.
Ajab yetmadilar kuchi barmoqqa,
Bittalab chopishib tug‘ni oldilar.

Janggohni qopladi zaharli kulgu,


Qiyqiriq tarqaldi tunning qa’riga.
Ariqqa quyuldi tomirlardan suv,
Qonlar qorishdilar jayxun bahriga.

Pahlavon yotardi tuproqda shahid,


Ko‘zlari yulduzga boqardi go‘yo.
Balki o‘lim oldi qilgan bir umid,
“Vatan deb jon bergan dilda doimo.

Vaqt kelib avlodim er bo‘lar, tamom,


Ko‘tarar balandga bayroqni yana.
Elga qaytib kelar ozod degan nom,
Egamanlik qayta qilar tantana”.

U Kubro hazratdir, dinning yulduzi,


Erkka tashna erkak timsoli bo‘lgan.
Tinch totuv bo‘lsin deb yurt o‘g‘il-qizi
Nuroniy yoshida tig‘lardan o‘lgan.

Ey do‘stim, sen ham bo‘l ajdoding kabi,


Jiz etsin tomiring, jizillasin qon.
Axir hadislarda aytgandir Nabiy:
“Vatanni sevadi kimki pok iymon”.

Anvar Eshnazarov. 19.11.2021


YURTIM

Turnalar tizilib ko‘kda uchganda.


Arilar shaftoli gulin quchganda,
Ishqing yuragimdan sherga ko‘chganda
O‘zimni sezaman baxtiyor, Yurtim.

Qaldirg‘och chug‘uri dilni yayratar,


Husning jami tirik jonni sayratar,
Beshigingda qancha Navoiy yotar,
Buyuklik tog‘ida o‘zing sor, Yurtim.

Maysalaring quchib degum shukrona,


Sen bilan ro‘y bergan ming bir afsona,
Chiroyda tengsizsan, ko‘rkda yagona,
O‘zing shabnam kabi beg‘ubor, Yurtim.

Jahonga daholar bergan makonim,


Chinni ishg‘ol etgan turkiy zabonim,
Qadim So‘g‘diyona, Toharistonim –
Bo‘yningda ilmdan bo‘ytumor, Yurtim.

O‘zbekiston, noming yangrasin abad,


Hilpirasin ko‘kda bayrog‘ing baland,
Tuprog‘ing oltin-u suving lojuvard,
O‘zingsan beqiyos, betakror, Yurtim.

Ko‘nglimda sevinch-u iftixor, Yurtim,


Tangri bo‘lsin senga madadkor, Yurtim,
Ko‘ksi kon, sarhadi omilkor, Yurtim,
Sevgingdan tug‘ilar chin ashor, Yurtim.

Anvar Eshnazarov.


2017
VATAN
Vatan! Ta’rifingni adog‘i bo‘lmas,
Hech narsa senchalik ardoqli bo‘lmas.

O‘zingsan avvalim, o‘zing oxirim,


Sevgingdan jo‘sh urar tanda tomirim.

Tuprog‘ing to‘tiyo, har yog‘ing jannat,


Sen-Haqdan berilgan bahosiz ne’mat.

Qalamim ojizdir, madhing bitolsam,


Tilim lol, sen uchun doston aytolsam.

Sanasam tugamas daholaring bor,


Erk uchun behisob fidolaring bor.

Osmoning o‘zbekning yuragi kabi,


Pokiza, beg‘ubor o‘ylar –kavkabi.

Adiring toshlari boshimda bolish,


Qanday zavk ta’rifing ash’orga solish.

Tog‘laring-xalkimning sinmas g‘ururi,


Bulog‘ing-mehridir, shamsing-ko‘z nuri.

Mayli senda bo‘lsam faqir, bechora,


Dunyo boyliklari sensiz ne chora.

O‘tmishing ulug‘vor, shonlidir ertang,


Har kuni ko‘z ochar gullar turfa rang.

Qo‘limda kuchim bor, ongimda ilm,


Chin so‘zim, sen uchun bilmasman tinim.

Borimsan, ilhomim, baxtimsan, Vatan,


Ezgulik yo‘lida shahdimsan Vatan.

Onam Uzbekiston, abadiy bor bo‘l,


Sendaman, demakki, yozganlarim mo‘l.

Anvar Eshnazarov


2016

MUSTAQILLIGIMIZNING 28 YILLIGIGABAG‘ISHLANADI


BU BIZNING O‘ZBEKISTON

Temurbek bolasiga ta’zim qilgan dunyolar,


Bunda kamolga yetgan Alpomish-u Kubrolar,
Osmonida charx urar hurlik degan Humolar,
Olam aro taratgan ilm-u urfon, ziyolar,
Alloh siylagan makon – Bu bizning O‘zbekiston,
Qadim Ona-Turkiston – Bu bizning O‘zbekiston.

Qalam bilan Navoiy Xitoyni etdi ishg‘ol,


Manguberdi shashtidan Chingizxon ham bo‘ldi lol,
Yetmish tilni bilgan zot – Farobiy topdi kamol,
Xotamtoylar bisyor yurt – Topgan rizq-ro‘zi halol,
Qadim So‘g‘d, Tohariston – Bu bizning O‘zbekiston,
Jayhun, Sayhun, Zarafshon – Bu bizning O‘zbekiston.

Muhammad Al-Xorazmiy – sohibi al-jabrdur,


Farg‘oniyni to hanuz Misrlar duo qilur,
Hind tarixidan o‘chmas aslo Hazrati Bobur,
Tuprog‘i – zar, suvi – dur, bunda bor jannatiy nur,
Afrosiyob, Yerqo‘rg‘on – Bu bizning O‘zbekiston,
Urganch, Termiz, Marg‘ilon – Bu bizning O‘zbekiston.

Gar tarixin so‘zlasak ko‘rinmagay nihoya,


Olam bilan bahs uchun Ibn Sino kifoya,
Bizlarda bor Yassaviy, Naqshbandiy bergan g‘oya,
Avesto bitilgan joy bu, Zardusht yotgan chorpoya,
Muqannalar bergan jon – Bu bizning O‘zbekiston,
Shahrisabz, Andijon – Bu bizning O‘zbekiston.

Yunonlarni qaqshatgan Spitamen izi bor,


Ayollar kam o‘tishgan To‘marisdek ulug‘vor,
Xorazmshohlar yurti – Temur Maligi bisyor,
Qaddi Tiyonshon kabi, g‘ururi misli Hisor,
Movarounnahr ham Kushon – Bu bizning O‘zbekiston,
Baqtiriya, Qang‘, Dovon – Bu bizning O‘zbekiston.

Daholarin sanasak ado bo‘lmas hech qachon,


Buyuk ajdodimizdir Tabg‘ach Bug‘ra Qoraxon,
Shu tuproqda ulg‘aygan jahongir necha sulton,
Bir farzandi Go‘ro‘g‘li, yana biri Rustamxon,
Davlati Bumin xoqon – Bu bizning O‘zbekiston,
Buxoro, Xiva, Qo‘qon – Bu bizning O‘zbekiston.

O‘g‘lonlarida Mahmud G‘aznaviyning qoni bor,


Har qadamda Temuriy, Shayboniylar ruhi yor,
Ilmda Ahmad Donish, islomda xoja Ahror,
Isyonda Dukchi Eshon, Madaminbegi dongdor,
Ajdod Mahmud Pahlavon – Bu bizning O‘zbekiston,
Ajdod Ismoil Somon – Bu bizning O‘zbekiston.

Buxoriy to‘plab hadis, tarqatdi manaviyat,


Termiziy, Ar-Roziylar bo‘ldilar ahli sunnat,
Marg‘iloniy ilmidan olgay el-ulus ibrat,
Marvaziylar o‘sgan joy, Rumiy topgan balog‘at,
Toshkent, Jizzax, Guliston – Bu bizning O‘zbekiston,
Qarshi, Boysun, Shahrixon – Bu bizning O‘zbekiston.

Arabga arab tilin Zamahshariy o‘rgatdi,


Amerikani ilk bor Al-Beruniy ko‘rsatdi,
Ro‘yi zamin ko‘rmagan Shiroqdagi juratni,
Firoq o‘ti qon qilgan Zavqiyni-yu Furqatni,
Donolarga bo‘lgan kon – Bu bizning O‘zbekiston,
Karmana, Chust, G‘ijduvon – Bu bizning O‘zbekiston.

Istiqlolni ko‘rolmay jadidlar o‘tdi yig‘lab,


Erk uchun kurashgandir mard bobolar o‘n yillab,
Sparangiz jon berdi Yurtga sadoqat sabab,
So‘z bog‘ida chinorlar Ogahiy, Munis, Mashrab,
Mohlaroyim, Umarxon. Bu bizning O‘zbekiston,
Qo‘ng‘irot, To‘raqo‘rg‘on – Bu bizning O‘zbekiston.

Akademiya ochgan Mamun shoh umri boqiy,


Bizlarga bobo erur Ali Qushchi, Sakkokiy,
Lutfiylar barhayotdir so‘zni sevgaymiz toki,
Shu tuproqqa qorishgan Avliyolarning hoki,
Farg‘ona, Tollimarjon – Bu bizning O‘zbekiston,
Tuproqqala, Jarqo‘rg‘on – Bu bizning O‘zbekiston.

Uvaysiy, Muqimiy-la ko‘rkam nazm gulzori,


Atoiy-u Gulxaniy nasrning bayroqdori,
Qizg‘aldoqqa burkanmish Muhammadning mozori,
Kuylarimiz bor qildii Rajabiyning dutori,
Urgut, Baxmal, Yozyovon – Bu bizning O‘zbekiston,
Yakkabog‘, Ohangaron – Bu bizning O‘zbekiston.

Kundan-kunga balandga ko‘tarilgay bayrog‘i,


Chunki bu yerga yetgan Hazrat Hizr oyog‘i,
Kimki kelsa, lol qilur hosilga boy tuprog‘i,
Olovsiz qolmas sira tandiri-yu o‘chog‘i,
El suygan Samarqand non – Bu bizning O‘zbekiston,
Ichanqala, Registon – Bu bizning O‘zbekiston.

Yurtimizda ulg‘aygan polvonlar, allomalar,


Behzod mo‘yqalami-la bezangan solnomalar,
Afandidan merosdir hajviya, hangomalar,
Yana qayda bor o‘lan, yor-yor, askiya, lapar,
Maqomin kuylar yapon – Bu bizning O‘zbekiston,
Namangan, Denov, Kogon – Bu bizning O‘zbekiston.

Labi hovuz, Oqsaroy yurtim bo‘ynida tumor,


Chiroyin ko‘z-ko‘z qilar madrasalar betakror,
Ming mo‘g‘ulni mahv etgan bazan ellik sarbador,
Yovga ko‘ksi qalqonim – Ko‘kcha, Beshyog‘och, Sebzor,
Labzak, Xadra, Kamolon – Bu bizning O‘zbekiston,
Oltiariq ham Koson – Bu bizning O‘zbekiston.

Osmon ilmin olimi edi podshoh Ulug‘bek,


Hech astranom bilmasdi o‘z davrida uningdek,
Bunda yashar asil xalq, shiorlari – faqat, erk,
Nomin dunyo biladi atalur ular O‘ZBEK,
Vorisi ko‘hna Turon – Bu bizning O‘zbekiston,
Tinch, mustaqil, farovon – Bu bizning O‘zbekiston.

Anvar Eshnazarov. 2018


YURT POSBONLARI

Bexavotir o‘tar kun- u tunimiz,


Osoyishta kechar umr onlari.
Yurtni qo‘riqlaysiz tunlar uyqusiz,
Minnatdormiz sizdan, Yurt posbonlari!

Joningiz tikasiz “O‘zbekiston”deb,


O‘limga tayyorsiz “g‘urur, iymon”deb,
“Halqimiz tinch bo‘lsin, hur, shodumon”deb,
Minnatdormiz sizdan, Yurt posbonlari!

Shiroqqa vorissiz, Temurga avlod,


Jaloliddin ruhi ko‘kdan boqar shod,
Siz borsiz, yashaymiz tinch, obod, ozod,
Minnatdormiz sizdan, Yurt posbonlari!

Mustamlaka payti to‘kkan yedik yosh,


Bugun- chi porlaydi erk degan quyosh,
Yurt uchun chiqaring bir yoqadan bosh,
Minnatdormiz sizdan, Yurt posbonlari!

2014-Y. 14-Yanvar
Yüklə 25,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin