Onamga o’xshaydi mening Vatanim, Onamday mehribon, onamday hokisor



Yüklə 18,33 Kb.
tarix09.05.2022
ölçüsü18,33 Kb.
#56842
14-yanvar ssenariy


--- Onamga o’xshaydi mening Vatanim,

Onamday mehribon, onamday hokisor,

Holbuki qizi bor.

--- Vatanim hech qachon yengolmas g’anim

Holbuki o’g’li bor, Chaqmoqdek shunqor.

--- Assalomu alaykum aziz mehmonlar,

Vatan himoyachilari--- qalbi ummonlar.

Sizga dildan ta’zim, dildan ehtirom,

Bayramga jam bo’lgan, do’stlar, assalom!

--- Ma’lumki, 14-yanvar O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun. “Vatan himoyachilari kuni”, O’zbekiston Respublikasi chegara qo’shinlari kuni. Vatanimiz sarhadlarini munosib himoya qilayotgan vatandoshlarimizning kasb bayramlari. Shuningdek, o’z Vatanini, xalqini sevadigan, vatan manfaatlari uchun kurashishga, fidoiylik ko’rsatishga shay bo’lgan sizu-bizning bayramimizdir.

--- Bugun O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kushlari tashkil topganiga 25 yil to’ldi. Bayramni nishonlash uchun tashkil etilgan tadbirimizga xush kelibsizlar!

--- Sen bir qo’shiqdirsan yetmish tomirim,

Qalblar kuylaydi har tong, har sahar.

Sen bir qo’shiqdirsan qalbim, yuragim

Qalblar kuylaydi har dam, har mahal.

--- Men Vatan ishqini shunday tuyaman,

Ko’ngil bog’lariga cho’kadi shabnam.

Yuragim qo’shig’i, qalbim qo’shig’i,

Vatandek mangu bo’l mening madhiyam.

(Madhiya kuylanadi).

(musiqa sadolari ostida O’zb. R, bayrog’i olib kelinadi)

--- Adolat, koinot, obi-hayot timsoli,

Ezgulik, shon-shuhrat, baxt-saodat jamoli,

Buyuk Amir Temurning g’olib tug’i misoli,

Kamalakdek tovlanar istiqlolim mayog’i---

O’zbekiston bayro’g’i! O’zbekiston bayro’g’i!

--- Uni sarbaland tutsak, biznikidir hur iqbol,

Ona xalqim baxtini dunyoga qilib oshkor.

Kamalakdek tovlanar istiqlolim mayog’i ---

O’zbekiston bayrog’i! O’zbekiston bayro’g’i!

--- 1992 –yil 14-yanvar --- O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun. 1993-yil 29-dekabrda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” sifatida belgilab berildi. 1992-yil qabul qilingan Konstitutsiyamizga ko’ra Prezident qurolli kushlar Bosh Qo’mondoni hisoblanadi.

--- Elim deb, bedormiz oqshomu sahar,

Tinch bo’lsin gullagan qishlog’u shahar,

Har tarafga tikib ogohlik ko’zin,

Yurtga yo’latmasmiz baloyu xatar.

--- Barchaga ko’rsatib ezgulik yo’lin,

Ziyrakmiz har lahza, hushyor, xavotir,

Vatan chun jonini berishga qodir ---

Bir askar mingga teng bahodir, botir.

-- Elga xizmat qilmoq—oliy baxtimiz,

Xotirjamlik, hurlik – tillo taxtimiz.

Qancha urinmasin yovuzlik uchun

G’anim so’ndirolmas shiddat, shaxdimiz! ( multimediya namoyish etiladi)

--- O’zbekiston o’z qo’shinlarini tashkil etar ekan, mustaqil ravishda, shuningdek, boshqa davlatlarning qurolli kuchlari bilan hamkorlikda mamlakatimiz va mintaqamiz xavfsizligini ishonchli ta’minlashga qodir, kam sonli, lekin harakatchan, zamonaviy qurol yarog’ va jangovar texnika bilan yaxshi ta’minlangan professional armiyani tuzishni harbiy kuchlarni barpo etishning asosiy tamoyili sifatida belgilab qo’yildi.

--- Vatan tinchligi, obodligi, osoyishtaligini har bir inson tushunmog’i, uning qadrini bilmog’i, to’g’ri anglamog’i kerak. Vatan shunday ne’matki, uning uchun jonni fido qilsak ham arziydi. Bu mavzu har doim aytilib kelgan va hanuz ham tillarimizda jaranglab kelmoqda. Abulqosim Firdavsiy bobomiz necha-necha asrlar oldin shunday deb yozib qoldirgan ekan:

Yerimiz, suvimiz, farzandimiz deb,

Xotin, bola-chaqa, dilbandimiz deb,

Birma-bir jonimiz etamiz fido,

Vatanni dushmanga bermasmiz also!

--- Muhammad Fuzuliy hazratlari esa “Mening bitta hayotim bor, bordi-yu, mingta hatotga ega bo’lgan taqdirimda, hammasini ham Vatan uchun sarflagan bo’lar edim”,-- deb yozgan ekan.

--- Vatan tushlaridan bizga sut berar,

Hayot ne’matidir bu shonli tuproq.

Quloq os, onangga, ne o’git berar,

Sharaf-la, viqor-la yashagin har choq!

(Vatan himoyachilariga oid she’rlar)

--- Qo’shiq “Askar maktubi”

--- Bu zamin ichinda bitta Vatan bor,

Bir bog’ bor, bir gulshan, bitta chamanzor.

Oh, mening yuragim---jon O’zbekiston

Mening muhabbatim aks etgan diyor.

--- Ko’taring boricha bu el shonini

Ko’rsating dunyoda bor imkonini.

G’ayirlaring dami ichida qolsin

E’zozlab olishsin tilga nomini.



--- Shuning bilan “Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlangan tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. Har doim sarhadlarimiz tinch, osmonimiz musaffo, Vatanimiz ravnaqi baland bo’lsin.

--- E’tiboringiz uchun rahmat.
Yüklə 18,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin