Ongning ikkinchi ta’rifi unda sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasida aniq farqlanishni o’ziga ifodasini topishi, ya’ni odam «men» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniqbiladi. Tirik organizmlar duyosi tarixida birinchi bo’lib unda ajralib chiqqan va o’zini atrof-muhitiga qarama-qarshi qo’ygan inson o’z ongida ushbu arama-qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda.
Jonli mavjudotlar ichida uning o’zigina o’zini bilishga ya’ni psixik faoliyatini o’zini tadqiq etishga yo’naltirishga qodirdir.Odam o’z hatti-harakatlarini va umuman o’zini-o’zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas» degan ajratish har bir kishi kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo’l bo’lib, uni o’zidan o’zi anglashi jarayonida yuz beradi.