Ong haqida umumiy ma’lumot Ongning rivojlanishi



Yüklə 15,86 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü15,86 Kb.
#45710
ong tushunchasi


Mavzu: Ong tushunchasi

Reja


  1. Ong haqida umumiy ma’lumot

  2. Ongning rivojlanishi


Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U fakat insonga xos fenomendir. ong, uning mohiyati masalasi eng qad. muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. ongni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson Ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, Ong ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi.

Ongning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish — bu Ong moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni vaqtda ma-terialistik yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida Ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo boʻldi. Vulgar materializm deb nom olgan oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar saf-roni ishlab chiqargani kabi, miya ham Ongni ishlab chiqarar emish. Bunday yondashuv natijasida Ong ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, safroni koʻrish mumkin, ammo Ongni koʻrib ham, ushlab ham boʻlmaydi. Aslida Ong tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, Ong ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va karashlaridan tashkil topgan. Oʻzoʻzini anglash, xotira, iroda, nutq Ongning asosiy jihatlaridir.



Hozirgi zamon fani Ong materiyaninguzoq davom etgan evolyusiyasining natijasi ekanligini tan oladi. Materiya, tabiat hamma vaqt mavjud boʻlib kelgan, inson esa moddiy dunyoning nisbatan soʻnggi taraqqiyotining mahsulidir. Materiya taraqqiyoti, fikrlay oladigan insonning paydo boʻlishi uchun bir necha million yillar kerak boʻlgan. Ong tabiat taraqqiyoti mahsuli, materiyaning xossasidir, barcha materiyaning emas, balki oliy darajada tashkil topgan materiyaning , yaʼni inson miya-sining mahsulidir. Lekin Ongning boʻlishi uchun miyaning oʻzigina bulishi yetarli emas. Ong insonni qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bogʻlangan va shu muhitning taʼsirida faoliyat koʻrsata oladi.

Hozirgi zamonda murakkab ijodiy jarayonlarni ham amalga oshiruvchi elektron mashinalar yaratilgan, lekin ular Ongning oʻrnini bosa olmaydi, chunki Ong oʻta murakkab obʼyektiv mavjudlikdir.
Yüklə 15,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin