Ongning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish — bu ong moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni vaqtda materialistik yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo boʻldi. Vulgar materializm deb nom olgan oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar safroni ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqarar emish. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, safroni koʻrish mumkin, ammo ongni koʻrib ham, ushlab ham boʻlmaydi. Aslida ong tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, ong ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va karashlaridan tashkil topgan. Oʻz-oʻzini anglash, xotira, iroda, nutq ongning asosiy jihatlaridir.