Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 9)
ISSN 2181-1709 (P)
216
Education and innovative research 2022 y. №9
murakkab ijtimoiy vazifalarni o’z ichiga oladi.Avvalo boshlang’ich sinf
o’quvchilarda huquqiy ongni shakllantirishda tanlanadigan zamonaviy ta’lim
texnologiyalarini ijtimoiy buyurtma sifatida mavjud davlat talablariga va bozor
iqtisodiyoti talablariga moslashtirish hamda ilmiylik tamoyili asosida ishlab
chiqish, nazariya bilan amaliyotning o’zaro aloqadorligini ta’minlanishi va
yana albatta o’zida insonparvarlik va demokratik xususiyatlarni aks ettirishiga
alohida ahamiyat berish zarur. Jamiyatning demokratiya yo’lidan jadal
rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati
ko’p jihatdan fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasiga
bog’liq. Mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning
mohiyatini anglash, ushbu jarayonda ishtirok etish fuqarolarning huquqiy
madaniyati yuqori bo’lishini taqozo etmoqda. Jamiyatning har bir a’zosi o’z
huquq va burchlarini hamda mas’uliyatini puxta bilishi, buni hayotiy ehtiyoj
sifatida anglamog’i lozim. Fuqarolarimizning dunyoqarashi, tafakkuri
mamlakat hayotiga, yangilanishlarga mos ravishda o’zgarib borishi huquqiy
madaniyat tushunchasi bilan chambarchas bog’liqdir. Shuning uchun
ham o’qituvchi o’quvchilarda huquqiy ongni shakllantirishda yuqoridagi
jihatlarni inobatga olgan holda, interaktiv metodlarni tanlay olishi va unga
ijodkorona yondasha olishi muhim hisoblanadi. Pedagogik jarayon shakli
ta’lim oluvchining mustaqil va ijodiy ishlash, kelajakda kasbiy va hayotiy
muammolarini mustaqil yechish ko’nikma va malakalarini shakllantirish
hamda rivojlantirishga yo’naltirilishi kerak. Bunda faol ta’lim metodlaridan
unumli foydalanilishi, ta’lim maqsadlarining aniq qo’yilishi va erishiladigan
o’quv natijalari pedagogik vazifalar shaklida ifodalanishi kerak.
Huquqiy tarbiya ҳамда huquqiy ongni o’quvchilar shuurida shakllantirish
uni e’tiqod darajasiga keltirish orqali amalga oshiriladi. Bevosita ta’lim va
barkamol shaxs tarbiyasi bir-biri bilan uzviy bog’liq jarayondir. Mazkur
jarayonda mantiqiy fikrlash, tasavvur qilish, bilish faoliyatini rivojlantirish
kabi jihatlar muhim ahamiyatga ega. Ta’lim orqali o’quvchilarda shaxsiy
dunyoqarash va e’tiqod shakllanadi. Badiiyat va fan qonuniyatlarini anglash,
ta’limda belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash, faoliyat
yo’nalishidagi qiyinchiliklarni yengish, yakka tartibda, juftlikda va guruhlarda
ishlash kabi metodlar jarayonida o’quvchi shaxs sifatida shakllanib boradi.
Ta’limda o’qituvchi interfaol metodlardan mavzuga muvofiqini tanlay
bilishi muhim, bunda o’qituvchi interfaol metodlardan avvalo oddiydan
murakkabga o’tish nazariyasiga amal qilgan holda foydalanmog’i lozim.
Masalan, o’yinli texnologiyalar o’quvchilarning faolligini ta’minlovchi,
o’qitish texnologiyalaridan biri - pedagogik ishbilarmonlar o’yini hisoblanadi.
O’yin faoliyatiga qiziqish, o’quvchilarning o’z-o’zini ifoda etish, ro’yobga
chiqarish kabi ehtiyojlarini qondiruvchi, musobaqalashish elementlari orqali
ta’minlanadi. O’yinning ajoyib xususiyati shundaki, u bir vaqtning o’zida
ham rivojlanish ham o’rganish hisoblanadi. Pedagogik o’yin o’qitishning
aniq qo’yilgan maqsad va unga tegishli pedagogik natija bilan belgilanadi.
Образование и инновационные исследования (2022 год №9)
ISSN 2181-1717 (E)
217
http://interscience.uz
Bu natijalar asoslangan va o’quv tayyorgarlik faoliyatiga ega bo’ladilar.
Pedagogik o’yinlar o’yin uslubiga ko’ra quyidagicha tavsiflanadi: fanlar
bo’yicha; huquqiy jarayon qatnashchilari-fuqarolar, davlat organlari mas’ul
shaxslar, siyosatchilar, imitatsion, dramalashgan o’yinlar. Imitatsion o’yinlar
- bo’lim, korxona, tashkilotning faoliyati-imitatsiya qilinadi. Imitatsion
o’yinlar ssenariyasi, hodisa syujetidan tashqari, imitatsiya qilinadigan
jarayon va ob’yektlar tarkibi va ahamiyati haqidagi tafsilotlarni o’z ichiga
oladi. Operatsion o’yinlar – tegishli ish jarayoni, ularni bajarish shart-
sharoitlari modellashtiriladi. Ular ma’lum bir o’ziga xos operatsiyalarni:
sud jarayoni qatnashchilari harakati, ularning faoliyati ma’lum bir usulni
o’zlashtirishga yordam beradilar. Rolli o’yinlar – ma’lum bir shaxsning
vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holatlar, hatti-harakat ishlanadi,
rollar majburiy mazmuni bilan taqsimlanadi. Psixodrama va sotsiodrama
– bu rolli o’yin teatrga o’xshagan bo’lib, faqat bu yerda ijtimoiy-huquqiy,
psixologik vaziyatlar ko’riladi hamda yechiladi. Bunday masalalar jumlasiga
jamoadagi vaziyatni his qila olish, boshqa kishini ruhiy holatini to’g’ri
baholash va uni o’zgartira olish, u bilan unumli muloqotga kira olish kiradi.
Zamonaviy texnika vositalari- kompyuter vositalari hamda internet tizimi
bilan ta’minlangan dars xonlarida turli xil o’qitish innovatsion kompyuter
programmallari orqali onlayn o’yinli vaziyatlar orqali ham boshlang’ich sinf
o’quvchilarida huquqiy vaziyatlarni ongli hal qilish bo’yicha ko’nikmalar
shakllantirish mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta’limiy o‘yinlardan,
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash
doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot
bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning
bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali
foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya
texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya jarayonini sifatini
kafolatlaydi. Masalan, «Videotopishmoq» metodi. So’nggi yillarda
pedagogik faoliyatda turli axborot vositalar (komp’yuter, televideniye,
radio, nusxa ko’chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar)
yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishida asosiy o’rinni egallamoqda.
O’qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalaridan o’rinli
va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. Videotopishmoq
metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: – tahsil
oluvchilar e’tiboriga o’rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga
yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi; – tahsil
oluvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganligini izohlaydilar; –
jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etadilar; – o’qituvchi tomonidan
berilgan savollarga javob qaytaradilar.
Ta’lim tizimiga yangi kirib kelgan texnologiyalardan biri bu o’qitishning
|