Ona tilidan tv da ” Matn va uning tuzilishi ” nomli mavzu o’tildi. Berilgan topshiriqlar asosida yangi mavzu tushuntirildi. Darslikdagi 364-365- mashqlar yuzasidan qo’shimcha tushunchalar berdim. 350-mashqda “Na’matak” mavzusida diktant yozish topshirig’i berilgan edi. Diktant yozish qoidalari bo’yicha ko’rsatmalar berdim. Uyga vazifa qilib 366-mashq berildi. Mashqning bajarilishini o`quvchilarga daftarga yozib, rasmini ijtimoiy tarmoq orqali yuborib tushuntirib berdim. O`quvchilar mening tavsiyalarim asosida mashqni bajarishdi va uy vazifalarini menga yuborishgach, xatolar ustida ishladim. Barcha o’quvchilarni baholab chiqdim.
O`qishdan berilgan mavzu yaxshi yoritildi. “Mittivoy va Karlson” mavzusini ovozli xabar orqali ifodali o`qishni ko`rsatib berdim. Mavzuni mustahkamlash maqsadida test ustida ishladim. Uyga vazifa qilib, matnni ifodali o’qish va savollarga javob yozishni berdim. O`quvchilar berilgantopshiriqlarni qiziqish bilan tayyorlashdi va baholanishdi.