Onlayn test savollari Quyidagilardan qaysi biri “issiqxona samarasi” hosil bo’lishida 60% asosiy faktor hisoblanadi?



Yüklə 16,72 Kb.
tarix18.04.2023
ölçüsü16,72 Kb.
#99903
test 2023


Iqlim o’zgarishlari va ekologik moslashuv”
uslubiy qo’llanmasi asosidagi
onlayn test savollari
1. Quyidagilardan qaysi biri “issiqxona samarasi” hosil bo’lishida 60% asosiy faktor hisoblanadi?
A. Suv bug’lari (H2O) B. Karbonat angdrid (CO2) (is gazi)
C. Metan (CH4)) (botqoqlik gazi) D. Azot oksidi (N2O)
2. 1991 yil balandligi 35 km bo’lgan Penatubo vulqoni qaysi davlat hududida joylashgan?
A. Indoneziya B Filippin C. Malayziya D. Meksika
3. BMT tomonidan qaysi yil “Xalqaro qutblar yili” deb e’lon qilingan?
A. 2000 yil B. 1992 yil C. 2007 yil D. 2015 yil
4. “Iqlim” so’zi qaysi tildan kelib chiqqan?
A. Yunoncha B. Inglizcha C. Arabcha D. Ruscha
5. BMTning atrof-muhit muhofazasiga bag’ishlangan xalqaro konferensiyasi 1972 yil qaysi shaharda o’tkazilgan?
A. Rio-de-Janeyro B. Stokgolm C. Kioto D. Monreal
6. Tojikistondagi Tursunzoda alyuminiy zavodi Surxondaryoning qaysi qismiga shamol tufayli kuchli ta’sir etmoqda?
A. Shimoliy B. Sharqiy C. G’arbiy D. Janubiy
7. Gaz zahiralariga ko’ra Qashqadaryo viloyati O’zbekistonda nechanchi o’rinda turadi?
A. 1-o’rin B. 2-o’rin C. 3-o’rin D. 4-o’rin
8. Respublikamizning qaysi viloyatida eksklav hududlar mavjud?
A. Jizzax B. Surxondaryo C. Farg’ona D. Namangan
9. Tuproq qatlamining zararlanishi qanday ilmiy atama bilan yuritiladi?
A. Ekzaratsiya B. Degradatsiya C. Eroziya D. Kriosfera
10. “Vegetatsiyali qishlar” atamasini qaysi olim fanga kiritgan?
A. N.S.Konovalova B. L.N.Babushkin C. G.T.Selyaninov D. F.F.Daviyaya
11. Qashqadaryoda yillik yog'inlar miqdorining katta qismi qaysi mavsumga to'g'ri keladi?
A.Qishga B. Bahorga C. Kuzga D. Yozga
12. O’zbekistonda tog’lar necha foizni tashkil qiladi?
A) 21, 3% B. 78, 7% C. 80% D. 20%
13. Quyidagi fanlardan iqlimshunoslik fanini belgilang?
A. Speleologiya B. Klimatologiya C. Glyatsiologiya D. Limnologiya
14. Adir mintaqasining eng xarakterli qushini belgilang?
A. Zarg’aldoq B. Bedana C. Qirg’ovul D. Tustovuq
15. Har yili atmosferaga 100 mln tonnadan ortiq uglevodorod chiqadi. Ushbu miqdorning necha foizi rivojlangan davlatlarga to’g’ri keladi.
A. 22% B. 74% C. 68% D. 83%


16. Qarshi shahrida chang-to’zonli kunlar o’z mavsumida necha kun davom etadi?
A. 30 kun (1 oy) B. 10-12 kun C. 16 kun D. bir necha hafta
17. “Iqlim qochoqlari” – xalqaro migrantlar oqimi quyidagi qaysi mamlakatda eng xavfli tus olgan?
A. Bangladesh B. Uganda C. Keniya D. Norvegiya
18. Yer sharida qancha iqlim mintaqalari mavjud?
A. 15 dan ortiq B. 13 ta C. 2 ta D. 7 ta
19. 2022 yil ma’lumotlariga ko’ra, Markaziy Osiyoning necha foiz muzli qoyalari erib ulgurgan?
A. 20% B. 30% C. 40% D. 50%
20. Quyidagi hududlardan qaysi birida ekologik vaziyat noqulaylik holatiga ko’ra mezo (o’rtacha) darajaga borib qolgan?
A. Mirzacho’l B. Farg’na vodiysi C. Xorazm vohasi D. Surxondaryo


10.02.2023 yil
JAVOBLAR: 1-A
2-B
3-C
4-A
5-B
6-A
7-A
8-C
9-B
10-B
11-B
12-A
13-B
14-B
15-B
16-C
17-A
18-B
19-B
20-C
Yüklə 16,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin