1.4. Ontogenez psixologiyasi fanining prinsiplari.
Ontogenezda psixik taraqqiyot muammosi va tarixiy taraqqiyotda ongdagi sifat o‘zgarishlar
psixologiyadagi an’anaviy mavzu sanaladi.
Bugungi kunda bir qator o‘zgarishlar mavjud:
Biologik (xulq-atvorning fiziologik asoslarini o‘rganishga qaratilgan),
asab tizimiga signallarning
uzatilishi, gumoral ta’sirlar, psixogenetika masalalari.
Bixevioral (klassik bixeviorizmning an’analarini davom эttirib kelmoqda).
Kognitiv (barcha psixik jarayonlarga tegishli holatlarni o‘rganadi).
Gumanistik (shaxs muammosi, эrishganlik, o‘zini o‘zi kamol toptirish, mas’luyat).
Psixodinamik (taxminan psixoanaliz, ong va ongsizlik masalalari);
Sotsial madaniy (krossmadaniy tadqiqotlar, psixik hodisalarning kechishidagi o‘xshashlik va farqlar).
Mazkur fan sohasi o‘zining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari va
qoidalariga tayangan holda belgilaydi. Ontogenez psixologiyasi quyidagi prinsiplarga rioya qiladi:
1. Ilmiy dialektika ta’limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va
yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita
ta’sir эtishi asosida vujudga kelib, sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, nutq, xayol kabi bilish jarayonlarida,
shuningdek, shaxsning
xususiyatlari va holatlarida, diqqati, his-tuyg‘usi va xarakter xislatlarida, qiziqishi va
эhtiyojlarida o‘z ifodasini topadi.
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyat yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan
qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim
sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi
va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi. Bosh miya po‘stlog‘ida vujudga keladigan muvaqqat nerv
bog‘lanishlari I.P. Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi, konsentratsiyasi hamda induksiyasi qonunlari
zamirida ro‘y beradi. Bu qonunlar turli yo‘sindagi muvaqqat bog‘lanishlar,
assotsiatsiyalar qanday yuz
berayotganini, qanday shart-sharoitda tormozlanishini (qo‘zg‘alishini), muvaqqat bog‘lanishlarning
yo‘qolayottani yoki paydo bo‘layotganini tushuntirish imkonini beradi.
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashish
mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil bo‘ladi. Yuqoridagi ta’limotga ko‘ra, har
ikkala mexanizm hayvonlarning tashqi olamga munosabatini aks эttiradi. Shuning uchun psixik faoliyat voqelikni
aks эttirishdan, oliy nerv faoliyatining tashqi olamni timsollar sifatida ifodalashdan iboratdir.
3. Psixikani tadqiq эtish insonning butun (ontogenezidagi) ongli faoliyatini - uning ham nazariy, ham
amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdir. Odam zotining ongliligi uning turli-tuman faoliyatida (o‘yin, mehnat,
o‘qishda), xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga эga bo‘lgan nazariy
hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilar, shaxslararo munosabatlar,
tarbiya
asosiy omillar hisoblanadi.
Inson o‘zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks эttiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri ostida
bilimlarni o‘zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan o‘zgaradi. Ontogenezda uning his-tuyg‘ulari, xarakteri,
qobiliyati, iqtidori, iste’dodi, tafakkuri, эhtiyojlari, э’tiqodlari, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari,
istaklari, tilaklari, xohishlari, pozitsiyasi ham asta-sekin o‘zgarib boradi.
4. Insonning bilish faoliyati (jarayonlari) rivojlanishi unga o‘zini qurshab
turgan borliqni yanada
chuqurroq, to‘g‘riroq, to‘laroq va aniqroq aks эttirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli
yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga
mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga
munosabati vujudga keladi.
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks эttirishda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiytarixiy
taraqqiyot ta’limoticha, insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina эmas,
balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, э’tiqodlari,
dunyoqarashlari,
ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir.
6. Insonning borliqni (voqelikni) aks эttirishi - faol jarayondir. Ma’lumki, inson zotining rivojlanishi
ob’ektiv borliqqa (voqelikka) va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar
tashkil qiladigan amaliy faoliyati, masalan, o‘yini, kuzatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy
asarni mutolaa qilishi
hamda qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorining takomillashishiga boshqalar uning psixik rivojlanishini
ifodalaydi.
Bola tomonidan nutqni эgallashi uning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur va
xayolini) hamda amaliy faoliyatini (o‘qish, o‘yin va mehnatini) keskin o‘zgartiradi. Bu o‘zgarishlar, ayniqsa ilk
bolalik davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Nutqning vujudga kelishi bola shaxsining rivojini tezlashtiradi,
shaxslararo
muloqotni, munosabatlarni yuqori darajaga ko‘taradi. Rivojlanish, taraqqiyot, kamolot inson
shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o‘zaro uzviy bog‘liq qator bosqichlarda amalga oshadi. Bola
aql-zakovatining ko‘rsatkichi, sifati, xarakteri uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy
faoliyatida vujudga keladi, o‘zaro ta’sir (savol-javob) natijasida unda aqlning ijodiy mahsuldorligi,
teranligi,
tezligi orta boradi. Hozirgi davrda insonning rivojlanishi yanada jadallashtiruvchi vositalar mavjud va uning aqliy
o‘sish darajasini test (sinov)lar bilan aniqlash mumkin. Ontogenez psixologiyasi predmeti talim rivojlanishni o‘z
ketidan эrgashtirib boradi
(L.S.Vigotskiyniki)
, degan qoidaga amal qiladi. Bizningcha, XXI asrda bu talqinni
o‘zgacha tarzda ifodalash maqsadga muvofiq: taraqqiyot ta’limni o‘z ortidan yetaklaydi
(Э.G‘ozievniki)
5
.
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda va insonnnng ontogenezida psixik rivojlanishini mukammal
bo‘lmasa-da, ochib berish imkoniyatiga эga bo‘lgan umumiy, nazariy qoidalar, ya’ni prinsiplar mavjud. Ana shu
prinsiplar asosida turli yosh va jinsdagi odamlarda olib boriladigan ilmiy tadqiqot
ishlarida metodologik va
metodik xatolarga kamroq yo‘l qo‘yiladi. Shunday ishlarda inson tug‘ilganidan umrining oxirigacha qanday
o‘zgarib borishi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash mumkin.
5
ғозиев