Operasion sistemalar va ularning turlari. Unix operatsion sistemasi. Ms dos operatsion sistemasi


Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari va vazifalari



Yüklə 213,81 Kb.
səhifə17/24
tarix20.11.2023
ölçüsü213,81 Kb.
#165318
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Operasion sistemalar va ularning turlari. Unix operatsion sistem

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Trekbol
Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari va vazifalari
Printer – ma`lumotlarni qog’ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning uch xili mavjud: bosma (matritsa-o’yma qolip), purkovchi, lazerli. Bosma printerda qog’ozdagi bosilayotgan satr bo’ylab harakatlanadigan maxsus qurilmaga o’rnatilgan metall ignachalar qog’oz va qurilma orasiga o’rnatilgan rangli tasmaga tegib qog’ozda iz qoldirib ma`lumotlarni hosil qiladi, shu nuqtalarning to’plami esa qog’ozga belgilar yoki shakllarni chiqarilishini ta`minlaydi. Ko’rinib turibdiki, bosma printerdan chiqarilayotgan axborotlarning rangi o’rnatilgan tasma rangiga mos bo’ladi.

Yurgichni boshqarish va qo’shimcha boshqarish vazifalarni bajaruvchi qurilmalarning quyidagi xillari mavjud: «sichqoncha», trekbol, joystik. «Sichqoncha» – biror sirt bo’ylab surib yurgizilganda ichida joylashgan sharcha harakatga keladi, hosil bo’lgan signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda yurgichning mos harakatlari yuzaga keladi. «Sichqonchada» o’rnatilgan tugmalar ko’magida boshqaruvchi buyruqlarni jo’natish mumkin.
Sichqoncha mexanik harakatni signalga aylantiruvchi qurilma hisoblanadi va ushbu signal kursorning pozitsiyasini bildiradi yoki sahifani aylantirish uchun xizmat qilishi mumkin. Sichqoncha qurilmasi shahsiy kompyuterlar foydalanuv-chilarning grafikaviy interfeyslari paydo bo‘lgandan keyin keng qo‘llanila boshladi.
Sichqoncha 1970 yil Duglas Engelbart tomonidan ixtiro qilinib 19801 yilda Xerox 8010 Star Information System kompaniyai tomonidan ishlab chiqilgan mikrokompyuter tarkibiga kiritilgan.
Usha vaqtda sichqonchaning bahosi tahminan 1000 AQSh dollari atrofida bo‘lgan. Bugungi kunda sichqonchani tahminan 10 AQSh dollariga sotib olsa bo‘ladi.

Bugungi kunda sichqoncha har bir shahsiy kompyuter tarkibiga kiradigan muhim qurilma hisoblanadi.


Trekbol – sichqoncha»ning to’nkarib qo’yilgan holatiga o’xshaydi, undan asosan notebook xilidagi ko’chma kompyuterlardan foydalaniladi.
Joystik – tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan faqat o’yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo’llanadi.
Plotter (grafyasagich) – chizmalarni qog’ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Qog’ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil qilinadi. Chizmalar 300×300 sm o’lchamgacha bo’lgan katta qog’ozlarga ham chiqarilishi mumkin.

Skaner – foto rasm, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Demak, rasm, shakl yoki matnni albatta bevosita kompyuterda hosil qilish shart emas, balki uni oldin tashqarida tayyorlab olib kompyuterga kiritish sharoitini yaratib, bu rasmdan kompyuterda ko’rsatmali foydalanish imkoniyatini beradi. Hozirda stol usti skanerlari va qo’l skanerlari keng tarqalgan. Stol usti skanerlari o’z navbatida planshet, rulon, proeksionxillarga bo’linadi. Skanerning har bir turi qo’yilgan masalaga mos ravishda bajara oladigan vazifaga qarabo’z joyida qo’llanadi.


Strimer – vinchesterdagi eng zarur axborotlarni buzmasdan asrash uchun, uning nusxasini ko’chirib zahirada saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Strimer ma`lumotlarni magnit tasmalarga juda tez ko’chirishni tashkil etadi. Magnit lentalar sifatida audio yoki video tasmalardan foydalaniladi.
Modem – kompyuter signallarini telefon signallariga aylantiruvchi va aksincha telefon signallarini kompyuter signallariga aylantirishni ta`minlovchi maxsus qurilma. Demak, modem telefon tarmoqlari orqali kompyuterlarni o’zaro bog’lash imkoniyatini yaratib berar ekan. Modem kompyuterda o’zgarmas tok orqali hosil qilingan signallarni turli chastotali tovush signallarining kombinatsiyasiga aylantiradi va shu jarayonni teskari tartibda ham bajaradi. Bu esa yakka kompyuterdan foydalanganga qaraganda, ancha katta hajmdagi axborot bilan ishlash imkoniyatlarini ochib beradi.

Yüklə 213,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin