Ishonchlilik. OS o‘zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo'lishi kerak. OS foydalanuvchi aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlash, uni tahlil qilish va tiklash holatida bo'lishi kerak. OS foydalanuvchini o‘zi tomonidan qilingan xatodan himoyalashi, hech bo‘lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zarami minimumga olib kelishi kerak.
Himoya. OS bajarilayotgan masalalami o'zaro bir-biriga ta’siridan himoyalashi kerak.
Bashorat. OS foydalanuvchi so‘roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari tizimda qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo‘lsa, ularning ketma-ketligi qanday bo‘lishidan qat'iy nazar natija bir xil bo‘lishi kerak.
Qulaylilik.Foydalanuvchiga OS ni taklif qilishdan maqsad resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Tizimni inson psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak.
davomi...
Samaradorlik. Resurslar taqsimotida OS foydalanuvchi uchun tizim resurslaridan foydalanish darajasini maksimal oshirishi kerak. Tizimning o ‘zi esa iloji boricha kamroq resurslardan foydalanishi zarur. Resurslaming OS tomonidan band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi.
Moslanuvchanlik.Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OS samaradorligini oshirish maqsadida ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Kengaytiruvchanlik. Evolyutsiya jarayonida OS ga yangi fizik va dasturiy resurslar qo‘shilishi mumkin.
Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir bo'ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.