To`liq foydalanish vaqtining qisqarishi(turn aroid time) –jarayonni starti yoki
to`shiriqni yuklashga navbat qo`yishi va uni tugallashi orasidagi minimal vaqtni
ta’minlash.
Kutish vaqtini qisqartirish –jarayonlarning tayyor xolati va yuklashga
navbatni berish vaqtini qisqartirish.
Javob berish vaqtini qisqartirish –jarayonning interaktiv tizimlarda
foydalanuvchi so`roviga javob berish uchun kerak vaqtini minimallashtirish.
Rejalashtirishning qo`yilgan maqsadlariga bog`liq bo`lmagan xolda, algoritmlar
quyidagi xossalarga ega bo`lishi kerak.
Aniq bo`lishi kerak, masalan, bitta to`shiriq xar doim bir xil vaqda bajarilishi
zarur.
Minimal xarajatlar bilan bog`liq bo`lishi kerak. Masalan, protsessorning xar
bir yuz millisekundiga, jarayon o`zining bajarilishiga qaysi protsessorni olishi
mumkinligini aniqlash uchun 200 millisekund kerak bo`lsa, bunday algoritmni
qo`llash maqsadga muvofiq emas.
Xisoblash tizimi resurslarini bir xil taqsimlash zarur, bunda kam
foydalaniladigan resurslarni band qiladigan jarayonlarga imtiyoz berish kerak.
Masshtablashtirish xossasiga ega bo`lish, ya’ni yuklama oshganda
ishlovchanlik qobiliyatini yo`qotmaslik.
Yuqorida keltirilgan maqsad va xossalar bir –biriga qarama –qarshidir.
Algoritmni bir kriterist(ko`rsatgich) nuqtasi nazaridan yaxshilasak, ikkinchisi nuqtai
–nazaridan xolat yomon tomonga o`zgaradi.
Dostları ilə paylaş: