8.2-rasm. Jarayon segmentlarining kompyuter xotirasida joylashishi.
Ba’zi ,jarayonni adres makonini tasvirlaydigan segmentlar 8.2 -rasmda ko’rsatilgan.
Aksariyat zamonaviy operatsion tizimlar xotirani segment boshqaruv hususiyatiga ega. OTlarning ba’zi arxitekturalarida (masalan Intel) segmentlash qurulmalar tomonidan qo’llanadi.
Jarayon murojaat qiladigan adreslar, operativ xotirada mavjud bo‘lgan real adreslardan shu taxlitda farq qiladi. Har bir aniq holatda dastur foydalanadigan adres, har xil usullar yordamida tasvirlanishi mumkin. Masalan, adres, berilgan matnda odatda simvolli bo‘ladi. Kompilyator bu simvolli adres va o‘zgaradigan adreslarni bog‘laydi (masalan, n bayt modul boshidan). Dastur generatsiyalagan bunday adres odatda Mantiqiy adres (virtual xotirali tizimlarda u ko‘pincha virtual xotira ) deb nomlanadi. Barcha Mantiqiy adreslar tuplami Mantiqiy(virtual) adreslar maydoni deb ataladi.
Adreslar bog‘lanishi
Demak, mantiqiy va fizik adreslar maydonlari, tashkil etilishi va o‘lchami bo‘yicha bir biriga mos emas. Mantiqiy adreslar maydoning maksimal o‘lchami odatda protsessorning razryadi bilan aniqlanadi (masalan 232), va zamonaviy tizimlarda fizik adreslar maydonining hajmidan ko‘zga ko‘rinarli darajada yuqori bo’ladi. Shunday ekan, protsessor va operatsion tizim asosiy xotirada joylashgan dasturni dastur kodiga, real fizik adresga tayangan holda yo’lni aks ettirish kerak. Bunday ko‘rinishda adreslarni tasvirlash adreslarni translatsiyasi yoki adreslarni boglash deb nomlanadi.
Mantiqiy adresning fizik adres bilan bog‘lanishi dastur operatorining bajarilishigacha yoki bajarilish vaqtida amalga oshirilishi shart. Bunday holda, ko’rsatmalarni va ma'lumotlarni xotiraga boglash kuyidagi qadamlar buyicha amalga oshiriladi.
-Kompilyatsiya bosqichi..
-Yuklash bosqichi
-Bajarilish bosqichi.
Xotiraning boshqaruv tizimi funksiyasi.
Xotiradan samarali foydalanishni ta'minlash uchun operatsion tizim quyidagi funksiyalarni bajarishi lozim:
Fizik xotirani aniq bir sohasida jarayon adreslar to‘plamini aks ettirish;
Qarama-qarshi jarayonlar o‘rtasida xotirani taqsimlash;
Jarayenlar adreslar maydoniga ruxsatni boshqarish;
Operativ xotirada joy qolmaganda, tashqi xotiraga jarayonlarni (qisman yoki tulik) yuklash;
Bo‘sh va band xotirani hisobga olish.
Dostları ilə paylaş: |