Optimal strategiyalarni izlash va ularni asoslab berish jarayonida operasiyalarni tekshiruvchi topilgan yechimlarning sezuvchanligini tahlil qilishga, ya’ni optimal yechimdan chekinishlarning operasiya natijasiga ta’siri darajasini tekshirishga to’qri keladi. Bu masalaning yechimi, ayniqsa, jarayonlarni tadqiq qilishga sistemaviy yondashilganda, ya’ni operasiyaga o’zaro boqlangan operasiyalar tizimining tarkibiy bo’limi deb qaralsa juda muhimdir. O’zaro boqlangan bir necha operasiyani hamma vaqt bitta murakkabrok operasiyaga birlashtirish mumkin, lekin unda tekshirish prosessi ham murakkablashadi. Shu sababli, amalda qator hollarda tekshiruvchi operasiyani maydaroq bo’laklarga bo’lishi qulayroqdir.
Operasiyalarni tekshiruvchi operasiyaning har xil strategiyalarga mos keluvchi natijalari samarasini baholash imkoniga ega bo’lishi kerak. Natijani baholash uchun samaradorlik mezonidan (adabiyotlarda «effektivlik kriteriysi», «sifat kriteriysi», «optimallik kriteriysi», «samaradorlik ko’rsatkichi» kabi boshqa iboralar ham qo’llaniladi) foydalaniladi.
Samaradorlik mezoni operasiya maqsadining matematik ekvivalenti bo’lib, shu maqsadga erishganlik darajasini miqdoriy baholash imkonini beradi. Operasiyaning har bir muayan maqsadiga o’zining samaradorlik mezoni to’g’ri keladi. M : Sanoat korxonasida ishlab chiqarish resurslarini tejash bo’yicha chora- tadbirlar tizimi tashkil qilinmoqda. Samaradorlik mezoni – tejalgan resurslar jami
Jarayonlarni tadqiq qilish muayyan sxema bo’yicha olib boriladi va bir qator bosqichlardan o’tilishini taqozo qiladi. Ular quyidagilardan iborat: 1. Masalani qo’yish (jumlalashtirish); 2. Matematik modelni tuzish; 3. Qarorni izlash va uni qabul qilish; 4. Modelni tekshirib ko’rish va qarorni baholash; 5. Qarorni tadbiq qilish.
Operasiya o’tkazilish muhitiga ta’sir qiluvchi nazorat qilib bo’lmaydigan omillarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin. Har bir guruhga o’z masala turi mos keladi. A. O’zgarmas omillar. Ularga qiymatlari operasiyani o’tkazuvchi tomon tanlagan har bir strategiyaga birdan-bir natija to’g’ri kelishi bilan xarakterlanadigan deterministik masalalar mos keladi.