Optik analiz usullari va ularning amaliy ahamiyati


Spektral va boshqa optik analiz usullari



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə2/4
tarix09.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#110001
1   2   3   4
Optik analiz usullari va ularning amaliy ahamiyati

3. Spektral va boshqa optik analiz usullari.

Bu usullar modda bilan elektromagnit nurlarning ta`siri natijasida turli o`zgarishlarni o’lchashga asoslangan. (emission spektral analiz, atom-yutilish spektroskopiyasi, infraqizil nurlar spektroskopiyasi, spektrofotometrik analiz va boshqalar).

4. Elektrokimyoviy analiz usullar

Elektrokimyoviy hodisalar vaqtida analiz qilinadigan eritmada o‘zgaradigan elektrokimyoviy ko‘rsatkichlarni o’lchashga asoslangan Kimyoviy analizning bu usuli elektrodlar ustida yoki elektrodlar oralig‘ida sodir bo’layotgan jarayonlarga asoslangan. Bunda sistemaning qator kattaliklari (potensial, tok kuchi, elektr miqdori, qarshilik, sig‘im, elektr o'tkazuvchanlik yoki dielektrik xossalari) o'zgaradi

Ajratish va konsentrlash usuli.

Murakkab aralashmalarni analiz qilishda ҳar bir modda (ion) lar uchun o'ziga hos analitik reaksiyalar kam. Shuning uchun moddaning sifat va miqdor tarkibini aniqlash maqsadida, aralashma oldin aloҳida komponentlarga ajratiladi. Ayrim vaqtlarda aniqlanayotgan modda (komponent) ning miqdori analiz qilinadigan eritmada aniqlanish oralig'iga nisbatan ancha kam bo'ladi. Bunday vaqtda analizni boshlashdan oldin konsentrlash (boyitish) amalga oshiriladi.

Optik analiz usullari.

Hozirgi vaqtda kimyoning turli sohalarida sifat va miqdoriy analizlarni o`tkazishda optik analiz usullarining ahamiyati ortib bormoqda. Chunki bu usullar o`zining umumiyligi, sezgirligi, ayrim moddalarning to`g`ridan-to`g`ri aniqlash imkoniyati, ekspresligi (tahlil o`tkazish vaqtining qisqaligi), avtomatlashtirilganligi bilan ajralib turadi.

Optik analiz metodlari fizik–kimyoviy usullarning bir qismi bo`lib, nur energiyasining analiz qilinadigan modda bilan o`zaro ta`sirini o`rganishga asoslangan.

 

Optik spektroskopiya asoslari.

Optik analiz usullari kimyoviy tadqiqotlarda keng tarqalgan va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega.

Hozirgi zamon optik analiz usullarida aniqlanayotgan moddani fizik yoki fizik–kimyoviy xossalari (matematik yoki grafik bog`liqligi) o`rganiladi.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin