O`qish 4-sinf
1.Bahor she’ridan olingan parchani toping?
a)Uchib yurar mayin shamollar ,Yelpib-yelpib anhor yuzini.
b)Go`yo toshlar sharaqlab ,Tusha boshlar yer sari.
d)Ishim o`zi shunaqa ,Hamma joyga yog`aman.
2.Navro`z so`zining ma’nosini toping?
a)yangi yil b)yangi davr d)yangi kun
3.Yashil to`n kiygan, oq, sariq, ko`k, qizilrangli harir yopinchiqlar bilan bezangan - deb nimaga qarata aytilgan?
a)tog`larga b)daraxtlarga d)suvga
4.Navro`z taomlarini toping.
a)Sumalak, ko`ksomsa, halim b)Osh, manti, lag`mon d)Sho`rva, shashlik
5.”qoraqandak” - qaysi meva turiga kiradi?
a)olma b)o`rik d)shaftoli
6.Nima uchun “qoraqandak “ deb ataladi?
a)rangi qora bo`lgani uchun b)shirin bo`lgani uchun d)o`rik quriganda shirasi ko`pligidan
7.Bahor chog`I osmonda Shunday hol bo`lar goho: misralari qaysi she’rdan olingan? a)Bahor b)Ola buzoq d)Jala darakchisi
8.Yomg`irdan so`ng chiqadi , cho`tir qalpoq kiyadi. Topishmoqning javobini toping
a)boychechak b)binafsha d)qo`ziqorin
9.21-mart kuni qanday hol yuz beradi?
a)kun uzun ,tun qisqa bo`ladi b)kun kalta ,tun uzun bo`ladi d)kun va tun teng bo`ladi
10.Qush tili she’rining muallifi kim?
a)Mirtemir b)Anvar Obidjon d)Qudrat Hikmat