O’qish fanidan “ Qodir bobomning orzusi” mavzusida bir soatlik ochiq dars ishlanmasi



Yüklə 14,47 Kb.
tarix11.01.2022
ölçüsü14,47 Kb.
#51171

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 9-umum ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi

Turdiyeva Aziza Ochilovna

O’qish fanidan “ Qodir bobomning orzusi” mavzusida

bir soatlik ochiq
DARS ISHLANMASI

4-sinf O’qish fani

Sana: ___________

Mavzu: Qodir bobomning orzusi.

Maqsad:

Talimiy: O'quvchilarning to'g'ri, ongli va ifodali o'qish malakalarini takomillashtirish.

Tarbiyaviy: Ularning ona Vatan haqidagi tushunchalarini kengaytirish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilar bilimini kengaytirish, og'zaki nutqini o'stirish.

Dars metodi: Ifodali va izohli o`qish,suhbat,tamoqlash

Jihozlar: Vatanimiz tasvirlangan rasmlar.

Darsning borishi:

Dars elementlari


I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi


3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani so`rash.

III. Yangi mavzu bayoni. Yangi darsni e'lon qilinadi.O`quvchilar bilan birgalikda “O`zbekiston avtomobillari” klasterini yechamiz.


«Kasbini kim egallarkin?» Keyingi kunlarda shu o'y Qodir boboni xiyla o'ylantirib qo'ydi. Bu yil saksonga to'ladi, umr oqar daryo, ko'z ochib yumguncha, shu yoshga yetib qoldi. Ozod Vatanda, mustaqil yurtda shukronalik bilan qariyalik gashtini suryapti-yu, ammo birgina shu o'y unga tinchlik bermaydi.

Asaka shahrida yengil mashinalar ishlab chiqarish zavodi qurila boshlaganida, hali ancha tetik, baquvvat, bardam edi.

Zavq-shavqqa to'lgan holda yeng shimarib, birinchilar qatori ishga keldi. Endi bizning ham o'z avtomobillarimiz bo'ladi, degan shirin o'y unga qanot bag'ishlab.


IV.Mustahkamlash.O'quvchilar bilan birga darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar ustida ish olib boriladi.

1.Qodir bobo va nevarasi nima haqida suhbat qurishdi?

2.Mamlakatimizda qanday avtomobillar ishlab chiqariladi?

3.Siz kelajakda qanday kasb egasi bo'lmoqchisiz?

V.Baholash. O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga


ko'ra ball qo'yib boriladi. VI.Uyga vazifa:O`qib kelish.

Yüklə 14,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin