O‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi talabgorning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
asli ko‘rsatilgan holda harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (chaqirilish muddati uzaytirilgan holda) nusxasi yoki harbiy guvohnoma nusxasi;
doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joydan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda).
Filialga o‘qishga kirishga talabgorlar Qabul komissiyasiga fuqarolik pasporti yoki ID-kartasini taqdim etgan holda murojaat qiladilar.
Abituriyentlardan o‘qishga qabul qilish haqidagi ariza va hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 2022-yilning 20-iyunidan 20-iyuliga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.