– korxonani qaytadan tashkil etish va tugatish shartlari hamda tartibi.
Tashkilotning ustav fondini belgilashda ayrim tashkilotlar uchun belgilangan
minimal miqdorlar mavjudligini hisobga olish kerak bo‘ladi. O‘zbekistonda
korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklidan kelib chiqqan holda, ustav fondining
o‘rnatilgan minimal miqdorini quyidagi ma’lumotdan ko‘rish mumkin.
Shaxsiy biznes faoliyatini yuritishda korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun
korxona nizomi va agarda korxona bir necha shaxslar ishtirokida tuzilgan bo‘lsa,
korxona tuzilishi haqidagi shartnoma asosiy ta’sis hujjati bo‘lib xizmat qiladi.
Ustav fondi
- ta’sischilar yoki ishtirokchilarning o‘zlari tashkil etgan
kompaniya, xo‘jalik jamiyatiga dastlabki kiritgan va doimiy ulush hisoblanadigan
moddiy va pul mablag‘lari majmuyidir.
Ta’sis shartnomasi
– muassislarning korxonani tashkil etish chog‘ida o‘zaro
kelishib olingan asosiy shartlarini ifodalovchi yuridik hujjat. Korxona faoliyat
maqsadi aniqlanadi va maqsadni qanday yo‘llar bilan amalga oshirish vazifalari,
ya’ni tadbirkorlik turlari, shuningdek ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan turlari
belgilanadi. Korxonaning o‘z majburiyatlariga cheklangan javobgarlik va uning
faoliyat muddati o‘rganiladi. Amaldagi qonun asosida korxona haq-huquqlari,
dividendlar to‘lash va daromadni bo‘lish tartibi nizomda ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: