O‘qitish materiallar I to‘plami shaxsiy kompyuter arxitekturasi va jihozlariga texnik xizmat ko



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/365
tarix19.12.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#184900
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   365
Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va ofYendirboyeva Zumrad Zohidjon qizi

Internet saytlari 
3.
Arxiv.uz 
4.
Ziyonet.uz 
5-Mavzu: Apparat kompanentalarini ishchi holatini tekshirish 
Reja: 
 
1.
Drayverlar haqida tushuncha 
2.
Drayverlarni o‗rnatish va apparat komponentlarining ishlash 
xususiyatini tekshirish 
3.
Windows tarkibidagi resurslar 
Windows operatsion tizimining boshqaruvi ostida kompyuterning apparat 
komponentlarining ravon ishlashi uchun uni o‗rnatishning o‗zi kifoya 
emas. Ular ham xuddi shunday mos keluvchi drayverni o‗rnatish va sozlashning 
tarkibida bo‗lgan mantiqiy «ro‗yxatdan o‗tish»lari kerak.
Drayver
– bu operatsion tizim bilan qurilmalarning o‗zaro‘aloqasi uchun 
qo‗llaniladigan dasturiy vositachidir. Agar qurilma Windows tizimiga ulangan 
va mos keluvchi drayver bilan ta‘minlangan bo‗lsa, bu qurilmaga har qanday 
ilova bemalol murojaat qila oladi. Bundan tashqari, yangi qurilma va unga mos 
bo‗lgan drayver o‗rnatilganda, ular operatsion tizimning hamma ilovalari uchun 
bu qurilmadan foydalanishni ta‘minlaydi. Operatsion tizim drayversiz 
qurilmadan foydalana olmaydi, chunki operatsion tizim uchun u mavjud 
emas. Shuning uchun drayverni o‗rnatish qurilmani ulash uchun eng muhim 
bosqichdir. Avvalo, mos keluvchi drayverni topish, keyin esa uni o‗rnatish va 
sozlash kerak. Qurilma tomonidan foydalaniladigan apparat konfiguratsiyalari 
elementlari 
bilan 
bir 
qatorda 
Windows 
operatsion 
tizimi 
resurs terminidan foydalanadi. Windows tarkibida to‗rt xil resurs mavjud: 
kiritish-chiqarish portlari (I/O);
uzilishlar liniyalari (IRQ);
qayd qilingan manzilli tezkor xotira hududi;
xotiraga to‗g‗ridan-to‗g‗ri kirish kanallari (DMA).
Standart Plug and Play. Bu standart dasturiy vositalar yordamida resurslardan 
foydalanishni nazorat qilish imkonini beradi. Plug and Play standarti barcha 
zamonaviy qurilmalar tomonidan quvvatlanadi. Plug and Play mexanizmi 
operatsion tizimga drayverlarni ziddiyatsiz sozlashni avtomatik tarzda bajarish 
imkonini beradi.


Windowsning standart drayverlari. Windows oilasiga mansub bo‗lgan barcha 
operatsion tizimlar mavjud bo‗lgan qurilmalar uchun ichki ma‘lumotlar 
omboridan olingan «joylashtirilgan» drayverlarni o‗rnatadi. Windows 
ma‘lumotlar 
ombori tarkibida har qanday qurilmalar uchun standart drayverlar 
to‗plami mavjuddir va har bir ishlab chiqarilgan yangi versiyasida 
qurilmalarning yangi drayverlari bilan doimiy ravishda to‗ldirilib boriladi. 
Microsoft korporatsiyasi vaqt-vaqti bilan yangi qurilmalar qo‗shilgan 
drayverlarning kengaytirilgan omborini ishlab chiqaradi. Afsuski, standart 
to‗plam har doim eskirib qolgan drayverlarni ham saqlaydi va eng yangi 
qurilmalarni 
quvvatlamaydi. Bundan tashqari, qurilmalarning faqat asosiy funksiyalarini 
quvvatlash hollari ham ma‘lum (masalan, ba‘zi bir videokartalarning drayverlari 
3D-tezlatkichning mavjudligini e‘tiborga olmaydi). Ko‗pincha boshqa 
manbalarning drayverlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Windows 
standart drayverlarini avtomatik tarzda o‗rnatish. Operatsion tizim Plug and Play 
standartiga mos keluvchi qurilmani avtomatik tarzda identifikatsiyalaydi, zarur 
resurslarni va ish ko‗rsatkichlarini aniqlaydi, drayverni tanlash, o‗rnatish va 
sozlashga harakat qiladi. Avtomatlashtirilgan o‗rnatishda operatsion tizim bir 
vaqtlar kompyuterda o‗rnatilgan operatsion tizim va drayverlarning tarkibiga 
kiruvchi drayver fayllarini avtomatik tarzda o‗rnatadi. Windows ning zamonaviy 
versiyalarida standart 
drayverlardan 
foydalanish 
imkoni 
kamayib 
ketmoqda, chunki 
qurilmalar 
borgan 
sari 
murakkablashib 
bormoqda. 
Drayverni qo‗lda o‗rnatish. Qurilmalar uchun drayverni o‗rnatish va 
almashtirishni bajarishning ikki xil usuli bor. Birinchi usul Plug and Play 
standartiga mansub qurilmalar uchun va ilgari o‗rnatilgan drayver o‗chirilganda 
qo‗llaniladi. 
Buning 
uchun Qurilmalar 
dispetcheri 
(Диспетчер устройств) 
muloqat 
oynasidan Yangilash (Обновить) tugmasi bosiladi.
Bunda tizim joriy konfiguratsiyani (plug and play qurilmasini ham) tekshiradi va 
drayverlari o‗rnatilmagan qurilmalarni qaytadan topadi. Ikkinchi usul 
qurilmalarning 
barcha 
turi 
uchun 
qo‗llaniladi. 
Bu Jihozlarni 
o‗rnatish (Установка оборудования) ustasi 
bo‗lib, Boshqarish 
paneli (Панел управления) muloqat oynasidan shu nomli tugma orqali ishga 
tushiriladi. Bu ustaning igoogshi bir nechta bosqichda amalga oshiriladi. 
Usta ishining birinchi bosqichida drayverlari o‗rnatilmagan yoki nosoz bo‗lgan 
plug and play qurilmalarni qidiruv amalga oshiriladi. Bu qidiruv ishlarining 
natijasida ma‘lum bo‗lgan qurilmalarning ro‗yxati chiqariladi. Qurilma 
ro‗yxatdan 
tanlaniladi va Keyin (Далее) tugmasini bosish bilan qurilmani tekshirish va 
zarur bo‗lgan drayverni o‗rnatish tizimni boshlang‗ich yuklanishiga o‗xshab 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   365




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin