sekundiga kadrlar ko‘rsatkichi qanday bo‘lishini tekshirib ko‘rish mumkin.
Faqat test sinovlari o‘tkazilgan o‘yinlarda Performance rejimi Balanced rejimiga
qaraganda ikkala holatda ham natijalarni yaxshilashga yordam berganligini
aytishimiz mumkin. NVIDIA nazorat panelida dasturli sozlash oynasida
ko‘rsatkichlarni aniq tanlash keyingi qadam bo‘ladi.
Ularning o‘zgartirilishi kadrlar sonini oshirishga hamda uni kamaytirishga ham
olib kelishi mumkin. Ko‘pincha ushbu ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish surat sifatini
juda buzib yuboradi, bunga yo‘l qo‘yish
mumkin emas, axir to‘g‘ri
sozlash
yomon sifat hisobiga mahsuldorlikni oshirishni emas, balki mahsuldorlik va
tashqi ko‘rinishda muvozanatni ko‘zda tutadi. Grafika sifatini o‘zgartirish uchun
NVIDIA standart nazorat panelini ochamiz (bu ishni o‘ng tugmani bosib
ishchi
stoldan chaqirib va ro‘yxatdan uning nomini tanlab bajarish mumkin) va
«Adjust image setting with preview» (dastlab ko‘rib chiqish bilan tasvir
ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish) punktini tanlaymiz. Ushbu oynada «Use my
preference emphasizing» punktini tanlaymiz va tugmani «Performance»
(mahsuldorlik) tomon suramiz. Dasturli sozlashlarni o‘zgartirish nazorat
panelining «Manage 3D setting» punktida joylashgan. Shundan keyin «Program
Settings» qo‘shimchaga kiramiz va bizga kerakli o‘yinni yoki ilovani tanlaymiz.
Barcha sozlashlar «Specify Setting» deb ataluvchi pastki oynasida joylashgan.
ehtiyojlarga qarab aynan shu yerda ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
«Texture Filtering — Quallity» punktiga e‘tibor qaratishni maslahat beramiz —
testlar davomi aynan mana shu mahsuldorlikni oshirishga hammadan ham
ko‘proq yordam berdi. Shu kabi «DirectDraw va Direct3D» sozlash
qo‘shimchalarida RivaTuner utilitasi yordamida (dasturning oxirgi versiyasidan
foydalanishni bu 2.06) High Performance ko‘rsatkichida Intelisample punkti
sifatini o‘zgartirishni maslahat beramiz.
Dostları ilə paylaş: