Ta`lim va tarbiyaning birligi Ta`lim jarayonida o`quvchini tarbiyalash, jamiyatda o`z o`rnini topishga yo`naltirish, ularga barkamol shaxs hislatlarini singdirish asosiy o`rinni tutmog`i lozim. Buning uchun:
o`zlashtirilayotgan ilmiy bilimlar orqali o`quvchilarda ilmiy materialistik asosda dunyoqarash tarkib toptirish;
v) o`quvchilarning aqliy kamoloti va qobiliyatlarini yanada rivojlantirib borish nazarda tutiladi.
Ta`lim-tarbiyaning birligini taminlash, ta`lim jarayonini to`g`ri tashkil etish va xilma-xil o`qitish meto`dlaridan unumli foydalana olishga ko`p jihatdan bog`liqdir. Ta`lim bilan tarbiyaning birligini ta`minlamoq uchun ayniqsa:
a) bayon qilinayotgan o`quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, ham g`oyaviy jihatda to`g`ri yo`nalishga ega bo`lishi;
b) o`qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyatini ochib berish;
v) bayon ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam o`zlashtirish hamda turmushda ularga amal qilinishi;
g) ta`lim jarayoni o`quvchilarning qiziqishini orttirish, faollik va tashabuskorliklarni oshirishga qaratilgan bo`lishi;
d) ta`lim jarayonida o`quvchilarning saramjonlik, uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni sezish, jamoatchilik hamda o`zaro yordam hislarini tarbiyalashga alohida ahamiyat bermog`i lozim.
Ta`lim nazariyasining amaliyot bilan birligi prinsipi eng asosiy va yetakchi prinsipdir. Nazariyaning amaliyot bilan birligi masalasi faqat didaktik prinsipgina bo`lmay qolmay, balki o`quv tarbiya ishlarining hamma tomonini o`z ichiga oladi. Maktab ta`limi tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi dastavval o`quv predmetlarning mazmuni va harakteriga bog`liq holda o`qish jarayonida amalga oshiriladi. Ilmiy bilimlar puxta egallash, uning bir-biriga mustahkam va uzviy bog`liq bo`lgan ikki tomonini:
Ta`lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi izchillik bilan amalga oshirilishi oqibatidagina o`quvchilar o`quv materiallarining tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyot qonunlarini ilmiy asosda atroflicha to`g`ri tushinib va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo`lgan ko`nikma va malakalar bilan qurollanadilar.