Oʻqitishning mantiqiy metodlari guruhi



Yüklə 165,7 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.12.2021
ölçüsü165,7 Kb.
#48042
Oʻqitishning-mantiqiy-metodlari-guruhi (1)



 

 

Oʻqitishning mantiqiy metodlari guruhi 

Mazkur 

metodlar 

oʻquv  materiali  mazmunining  yoʻnalishini  belgilab, 

oʻquvchilarning bosh gʻoyani ajratish, oʻrganilayotgan ob’ektni tahlil qilish, qiyoslash, 

umumlashtirish  koʻnikmalari,  aqliy  faoliyat  usullarini  egallash,  abstrakt  tafakkurni 

rivojlantirish, sabab-oqibat bogʻlanishlarni anglash imkonini yaratadi. 

Oʻqitishning mantiqiy metodlari guruhiga induktiv, deduktiv, tahlil, bosh gʻoyani 

ajratish, qiyoslash, umumlashtirish metodlari kiradi.  

Induktiv  metodda  –  oʻquvchilarning  e’tibori 

avval  xususiy  faktlarni  oʻrganishga  jalb  qilinadi, 

soʻngra  xususiydan  umumiy  xulosalar  chiqarishga 

yoʻnaltiriladi.  Masalan,  baliqlarning  xususiy  tuzilish 

belgilari  (tana  shakli,  terisi,  suzg‘ichlarining  bo‘lishi, 

yon  chiziqlari,  nafas  olishi,  ko‘payishi)  va  boshqa 

xususiyatlarini o‘rganish orqali ularning suv muhitida 

yashashga  moslashganligi    to‘g‘risida  induktiv 

umumiy tushuncha hosil qilinadi.  

Deduktiv  metodda  oʻquvchilar  avval  umumiy  qonunlarni  oʻrganadi,  soʻngra 

umumiydan  xususiy  xulosa  chiqarishga  oʻrgatiladi.  Deduktiv  yo‘l  bilan  sudralib 

yuruvchilarning  quruqlik  muhitiga,  qushlarning  havoda  uchishga  moslanishi  mavzusida 

ham qo‘llash mumkin. 

Oʻquvchilar  tahlil metodi yordamida axborotni anglab idrok 

etadi, oʻrganilgan ob’ektlarning oʻxshashlik va farqli tomonlarni 

aniqlaydi, oʻrganilgan ob’ektlarni tarkibiy qismlarga ajratib, ular 

oʻrtasidagi boshlanishlar, sabab oqibatlarni aniqlaydi. 

Bosh  gʻoyani  ajratish  metodi  muhim  ahamiyat  kasb  etib, 

oʻquv materialidagi asosiy gʻoyani ajratish va saralash, axborotni mantiqiy tugallangan 

fikrli  qismlarga  ajratish,  asosiy  gʻoya  va  ikkinchi  darajali  fikrlarni  ajratish,  tayanch 

soʻzlar  va  tushunchalarni  ajratish,  asosiy  fikr  haqida  xulosa  chiqarishga  zamin 

tayyorlaydi. 

Oʻquvchilar 

qiyoslash 

metodi 

vositasida, 

oʻquv 

topshiriqlarida 



berilgan 

qiyosiy 


ob’ektlarni 

aniqlash, 

ob’ektlarning  asosiy  belgilarini  aniqlash,  taqqoslash, 

oʻxshashlik  va  farqlarni  aniqlash,  qiyoslash  natijalarini  shartli 

belgilar bilan rasmiylashtirishga oʻrganadi. 



 

 

Umumlashtirish  metodi  muammolarni  hal  etish  jarayonida 



oʻquv  materialidagi  tipik  faktlarni  aniqlash,  qiyoslash,  dastlabki 

xulosalar,  hodisaning  rivojlanish  dinakmikasini  tasavvur  qilish, 

umumlashtirish 

natijalarini 

shartli 

belgilar 

yordamida 

rasmiylashtirish,  umumiy  xulosa  chiqarishga  zamin  tayyorlaydi. 

Masalan,  suvda  hamda  quruqlikda  yashovchilar,  sudralib 

yuruvchilar, sutemizuvchilar tuzilishiga tegishli materiallardan ular o‘rtasidagi o‘xshashlik 

va  farqni  ko‘rsatuvchi  asosiy  dalillar  besh  barmoqli  oyoqlarning  rivojlanganligi,  terining 

tuzilishi,  ko‘payish,  nafas  olish,  umurtqa  pog‘onasi,  qon  aylanish  sistemasining 

rivojlanganligi  ni,  ko‘payish  usulini  ko‘rsatish  mumkin.  Ana  shu  ma’lumotlarga 

asoslanib,  besh  barmoqli  oyoqlarning  paydo  bo‘lishi,  o‘pka  bilan  nafas  olish 

hayvonlarning  quruqlikda  yashashga  moslanishi  bilan  bog‘liqligi    to‘g‘risida  xulosa 

chiqarish mumkin. 

Mazkur metodlar mos holda: 

a) induktiv metod - xususiy faktlarni muammoli bayon qilish, oʻquvchilar faoliyatini 

xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yoʻnaltirish, muammoli topshiriqlarni berish 

uslublarini;  

b)  deduktiv  metod  umumiy  qonunlarni  bayon  qilish,  oʻquvchilarning  faoliyatini 

umumiydan xususiy xulosa chiqarishga yoʻnaltirish uslublarini; 

v) tahlil metodi axborotni anglab idrok etish, oʻrganilgan ob’ektlarning oʻxshashlik 

va  farqli  tomonlarni  aniqlash,  oʻrganilgan  ob’ektlarni  tarkibiy  qismlarga  ajratish,  ular 

oʻrtasidagi boshlanishlarni aniqlash uslublarini; 

g)  bosh  gʻoyani  ajratish  metodi  oʻquv  materialidagi  asosiy  gʻoyani  ajratish  va 

saralash,  axborotni  mantiqiy  tugallangan  fikrli  qismlarga  ajratish,  asosiy  gʻoya  va 

ikkinchi darajali fikrlarni ajratish, tayanch soʻzlar va tushunchalarni ajratish, asosiy fikr 

haqida xulosa chiqarish uslubilarini; 

d)  qiyoslash  metodi  qiyosiy  ob’ektlarni  aniqlash,  ob’ektlarning  asosiy  belgilarini 

aniqlash,  taqqoslash,  oʻxshashlik  va  farqlarni  aniqlash,  qiyoslash  natijalarini  shartli 

belgilar bilan rasmiylashtirish uslublarini; 

g)  umumlashtirish  metodi  oʻquv  materialidagi  tipik  faktlarni  aniqlash,  qiyoslash, 

dastlabki xulosalar, hodisaning rivojlanish dinakmikasini tasavvur qilish, umumlashtirish 

natijalarini  shartli  belgilar  yordamida  rasmiylashtirish,  umumiy  xulosa  chiqarish 

uslublarini oʻzida mujassamlashtiradi. 



Yüklə 165,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin