Piyodalar o'tish joyi-Yo'lning qatnov qismini piyodalar kesib o'tishi uchun mo'ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 belgilari va 1.14.1-1.14.3 chiziqlari bilan ajratilgan qismi.Chiziqlar bo'lmasa piyodalar o'tish joyining kengligi 5.16.1, 5.16.2 belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.
Piyodalar yo'lkasi-Yo'lning piyodalar harakatlanishi uchun mo'ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.
Qatnov qismi-Yo'lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo'ljallangan qismi.
Qorong'i vaqt -Kechki g'ira-shiraning ohiridan tonggi g'ira-shiraning boshlanishi orasidagi vaqt.
Quvib o'tish-Egallagan harakatlanish bo'lagidan chiqib oldinda ketayotgan transport vositasidan o'zib ketish.
Reversiv harakat-Yo'l qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35-5.37yo'l belgilari, 1.19 chiziqlar bilan belgilangan yoki ustida reversiv svetofor o'rnatilgan bo'lagida harakat yo'nalishining qarama-qarshi tomonga o'zgarishi.
Ruxsat etilgan to'la vazn-Aslahalangan transport vositasining yuki, haydovchi va yo'lovchilari bilan birga, ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan eng yuqori vazni (miqdori). Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va h.k.) transport vositalarining ruxsat etilgan to'la vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalarining ruxsat etilgan to'la vaznlari yig'indisi kiradi.
Tartibga soluvchi-Tegishli guvohnomasi va belgisi (maxsus kiyimi yoki taniqlik belgilari: qo'l bog'ichi, zhezl, qizil ishorali yorug'lik qaytargich yoki yorug'lik qaytargichsiz gardish, qizil chiroq yoki bayroqcha) bo'lgan militsiya, harbiy avtonazorat xodimi, yo'ldan foydalanish idoralarining xizmatchisi, temir yo'l kesishmasi, sol kechuvlari (parom) navbatchisi, janoatchi avtonazoratchi va militsiyaning shtatdan tashqari xodimi.
Temir yo'l kesishmasi-Yo'lning temir yo'l bilan bir sathda kesishgan joyi.
Tirkama-Mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga mo'ljallangan, yurgizgich bilan jihozlanmagan transport vositasi.Bu atama yarim tirkama va uzaytirilgan tirkamalarga ham taalluqlidir.
To'xtab turish-Transport vositasining, unga yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog'liq bo'lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko'proq vaqtga atayin to'xtatish.
To'xtash-Transport vositasining harakati 10 daqiqadan kam vaqtga to'xtatish (harakatsiz holatga keltirish).