O`qitishning tashkiliy shakli


Yangi o`quv material bayoni



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə3/69
tarix19.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#186256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Yo\'l harkat qoidalari to\'plam

Yangi o`quv material bayoni.
2.2 Yo`l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi fanining mohiyatini tushuntiradi, o`zbek tilida ishlatiladigan so`zlar bilan tanishtiriladi, mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati aytiladi (3-Ilova).
2.3 Ona tili va dabiyot fani tarihi, ish turlari bilan tanishtiradi. Til madaniyati, nutq sifati to`g`risida ma’lumot beradi Muomila ilmiy tashkil qilish yo`llarini o`rgatadi. (4-Ilova: slaydlar1.2.) va ish joyini tashkil qilib qo`rsatadi.
2.4. O`quv xonasida va kollej hudida yurish-turish talablarini tushuntiradi. Tehnika, elektr va yong`in xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalarini o`rgatadi. Jarohatlanganga birinchi yordam berish qoidalarini ko`rsatib o`rgatadi (5-Ilova) va texnika xavfsizligi jurnaliga imzo qo`ydiradi
2.5 O`quvchilarni mavzu bo`yicha berilgan materialni o`zlashtirganlik darajasini savol-javob qilib aniqlaydi

Testni belgilaydilar

Tinglaydilar, yozib oladilar,
Tinglaydilar ,yozib oladilar, talablarga asoslanib ish o`rnini tashkil qiladilar
Tinglaydilar, yozib oladilar. Birnchi yordam berishga mashq qiladi. XT jurnaliga imzo qo`yishadilar
Savollarga javob beradi


3-bosqich
Yakuniy
(20 min)

Yakunlash.
3.1 O`quvchilarni nazariy mashg`ulot bo`yicha baxolaydi va baholarni e’lon qiladi.
3.2 Kelgusida Yo`l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi fani faoliyatlarida muhim axamiyatiga egaligini o`quvchilar etiborini qaratadi
3.3 Kelgusi mashg`ulot bilan tanishtiradi va “Insert” jadvalini to`ldirib kelishni uyga vazifa qilib beradi

Tinglaydilar
Topshiriqni yozib oladilar

Mavzu – Kirish.
REJA



  • Zamonaviy avtomobillar to`g`risida tushuntirish

  • Zamonaviy avtomobilning taraqqiyot bosqichlari bilan tanishtirish.

  • Yo`llarda harakatlanish tartibini yoritib berish

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o'zgarisblar hayotga izchil joriy etila boshladi. Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o'tib borishi, xususiy mulkchilikda avtomobil sanoatining vujudga kelishi, chet ellar bilan teng huquqli iqtisodiy aloqalarning yo'1ga qo'yilishi, fuqarolarning moddiy farovonligi ortib borishi tabiiy ravishda avtomobil yo'llarida va shahar ko'chalarida harmt miqdorining (yangi tayyorlanayotgan haydovchilar hisobiga) ortib borishiga olib kelyapti. Bir paytlar Respublika bo'yicha har 1000 nafar aholiga 35 dona yengil avtomobil to'g'ri ke1gan bo'lsa, bugungi kunda bu ko'rsatkich kun sayin ortib boryapti. Hozirda Toshkent shahrl va viloyatining o'zida har 1000 nafar aholiga 100 donadan ko'p yengil avtomobil to'g'ri kelyapti. Bu ko'rsatkichga hozirda foydalanilayotgan yuk avtomobillari va avtobuslarning miqdori qo'shilsa, aholining ma'lum bir qismi va ularning yukiarini xususiy tashuvchilar tashiyotganini hisobga olinsa, yo'llarda harakat xavfsizligini ta'minlash eng dolzarb muammolardan biri bo'lib qolayotganini ko'rish mumkin. Agar sodir etilayotgan yo'l-transport hodisalarining 80-85%i haydovchilarning aybi bilan sodir etilayotgani e'tiborga olinsa, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasida avtotransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilami tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to'g'risida»gi 2006-yil2-avgustda qabul qilgan 156-raqamli Qarorini va keyinchalik kiritilgan o'zgartirishlami o'z vaqtida qabul qilinganini ko'rish mumkin.


O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, jadal qadamlar bilan bozor iqtisodiga o'tib borishi, xususiy mulkchilik, kichik va o'rta biznesning rivojlanishi fuqarolarning moddiy boyligini o'sishiga va natijada nafaqat shaxsiy yengil avtomobillaminggina emas, balki shu bilan birga xususiy yuk avtomobillarining va kichik hajmli avtobuslar sonining ortishiga olib kcldi.
O'zbekiston Respublikasi jahonda o'z avtomobil sanoatiga ega bo'lgan 28 mamlakatdan biriga aylanishi, Andijon viloyatining Asaka shahrida yengil avtomobillar, Samarqand viloyatida esa 1999-yildan boshlab kichik hajmli avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqamvchi avtomobil zavodlarining ishga tushishi mamlakatni avtomobillashtirish darajasini (1000 nafar aholiga to'g'ri keladigan yengil avtomobillar soni) keskin suratlar bilan ko'paishiga olib keldi.
Ma'lumki, mamlakatni avtomobillashtirish darajasining ortishi, uning iqtisodiy va mudofaa quvvatini mustahkamlash bilan bir vaqtda ko'pgina salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday salbiy oqibatlarga avtomobillar sonining ortishi oqibatida avtomobil yo'llarida harakat miqdori, transport oqimining zichligi va yo'llarning yuklanganlik darajasi ortishi, yo'llarda harakatlanish uchun haydovchiga qulaylikning yomonlashishi va oxir-oqibatda yo'l-transport hodisalar (YTH) miqdori, ularda halok bo'layotgan va har xii tan jarohati olayotgan odamlar sonining ko'payishiga, harakat tezligining kamayib ketishiga va boshqa shunga o'xshash ko'pgina salbiy oqibatlarga (shovqin, havodagi chiqindi gazlar konsentratsiyasi) olib keladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasining ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda dunyoda har yili 55 milliondan ortiq YTH sodir etilyapti va ularda 1,2 milliondan ortiq odam halok bo'lyapti, 10 milliondan ortiq odam esa har xii darajada tanjarohatlari olyapti. Bulardan ko'rinib turibdiki, avtomobillashtirish darajasining ortishi harakat xavfsizligi muammosini murakkablashishiga, ayniqsa, haydovchilami tayyorlashga qo 'yilgan talablami yanada yuqori bo'lishiga olib kelar ekan.
Haydovchining mehnat jarayoni boshqa barcha murakkab tizimlarning boshqaruvchisi (operatori)ning ishiga o'xshaydi. Haydovchi ham operator kabi biron-bir operatsiyani bajarishi (xatti-harakati), axborotlarni qabul qilishi, uni tushunishi va xatti-harakatlarining natijasini nazorat qilishi bilan bog'liqdir.



Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin