Nutqiy rivojlanishi me’yorda kechgan bola uch yoshni to’ldirish arafasida taxminan 1000 ta so‘zni bilsa, 6-7 yoshlarda uning so‘z boyligi 3000-4000 ta so‘zdan tashkil topadi. Nutqning grammatik qurilishi bolalarda uch yoshning boshlarida shakllana boshlaydi. Bola maktab yoshiga yetar chog’ida deyarli barcha so‘z yasash, so‘z o‘zgartish ko‘nikmalarini hosil qiladi. O‘zaro bog’langan, grammatik shakllangan kontekstli nutq paydo bo’ladi. Maktab davrida bola ta’lim jarayoni orqali nutqqa ongli ravishda egalik qila boshlaydi. Yozma nutq va o‘qish ko‘nikmalari shakllanadi. Bu esa nutqning leksik, grammatik, stilistik tomonlarini boyishiga, og‘zaki va yozma nutqning takomillashuviga olib keladi.