Bolalar nutqining rivojlanishi uch bosqichda kechadi:
1. Verballashuvgacha bo’lgan davr. Bu bosqichda bola gapirmaydi. Biroq bolada o‘zining atrofidagi yaqinlari bilan so‘zlashish jarayoniga qadar bolgan ko‘nikmalar hosil boladi, kelgusidagi nutqiy faoliyati uchun zaruriy sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Go‘dak tilni o‘zlashtirishni tovush shakllarini o‘zlashtirishdan boshlaydi. Go‘dakning o‘zi ham g‘uvur-g‘uvur qilib turli tovushlar chiqaradi (a-aa, uu-u, g ‘u, a g ‘i, ba-ba, da-da). Bu o‘ziga xos bir o‘yin bo’lib, bola undan zavqlanadi. Go‘dak bir necha daqiqa davomida bir xil tovushni takrorlashi mumkin va o‘zining bu harakati bilan nutq tovushlari artikulyatsiyasini sozlagan bo’ladi. Odatda, go‘dakning dastlabki guvranishida onasi u bilan gaplasha boshlaydi. Bola bu tovushlami ilg‘ab oladi va ularni takrorlashga harakat qiladi. Bola boshqa tovushlar orasidan nutqiy tovushlami ajrata boshlaydi, ovozga qarab gapirayotgan shaxsni ajratadi, yaqinlarining ovozini, nutqini taniydi..