O’qituvchi: Mavzu: O’zbekistonning eng yangi tarixi mundarija: Kirish: Asosiy qism: Qashqadaryo viloyati tarixi



Yüklə 286,11 Kb.
səhifə3/4
tarix17.04.2023
ölçüsü286,11 Kb.
#99107
növüReferat
1   2   3   4
Eng yangi tarix



3.2021 yil yakunlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida iste’mol mollari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari


  •  10.02.2022 17:47


  • 419

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo filiali tomonidan viloyatning 2021 yildagi iste’mol mollari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.

Viloyatda 4615,4 mlrd so‘mlik (2020 yilga nisbatan 98,0%) iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublikadagi ulushi 3,0% (2020 yilda 3,8%)ni tashkil qilgan holda hududlar orasida 9-o‘rin (2020 yilda 9-orin)ni egallagan.
2021 yilda viloyatda ishlab chiqarilgan iste’mol mollari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi - 59,7%, nooziq-ovqat mahsulotlari - 38,0%, alkogolli mahsulotlar - 2,3%ni tashkil qilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2020 yilga nisbatan - 1,9%, nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish -1,3%, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish -13,5% ga kamaygan.
Viloyat hududlari kesimida 2021 yilda ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi 2020 yilga nisbatan Shahrisabz (107,3%), Dehqonobod (106,0%), Chiroqchi (103,3%), G‘uzor (103,0%), Mirishkor (102,5%), Kasbi (102,4%), Qarshi shahri (102,4%), Qamashi (102,1%), Shahrisabz shahri (102,1%), Kitob (101,8%), Nishon (101,1%), Qarshi (100,7%), Yakkabog‘ (100,3%) tumanlarida oshgan bo‘lsa, Koson (97,9%) va Muborak (97,5%) tumanlarida pasayish tendensiyasi kuzatilgan.
Qarshi shahri (viloyatdagi ulushi 23,3%), Chiroqchi (12,9%), Shahrisabz (10,3%) tumanlarining viloyat iste’mol mollari ishlab chiqarishdagi ulushi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, Mirishkor (3,0%), Dehqonobod (2,3%), Kasbi (2,2%) va Muborak (1,7%) tumanlarining ulushi past bo‘lgan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmi viloyat bo‘yicha 1368,8 ming so‘mni (Respublika korsatkichidan 3,1 barobar past, hududlar orasida 13-orin) tashkil qilgan holda 2020 yilga nisbatan 3,9 foizga kamaygan. Shuni ta’kidlash lozimki, viloyatning birorta hududi ko‘rsatkichi respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmagan.
Qarshi (2,8 barobar) va Shahrisabz (1,6 barobar) shaharlari, Shahrisabz (1,5 barobar), Chiroqchi (102,0%) tumanlarida jon boshiga to‘g‘ri keluvchi iste’mol mollari hajmi viloyat ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan bo‘lsa, Yakkabog‘ (97,7%), Nishon (89,6%), Koson (88,6%), Mirishkor (83,0%), Kitob (73,8%), Muborak (65,6%), G‘uzor (34,1%), Qarshi (54,4%), Dehqonobod (2 barobar), Qamashi (2,1 barobar) va Kasbi (2,8 barobar) tumanlarining ko‘rsatkichi viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan past bo‘lgan.

Yüklə 286,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin