O‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligini vujudga keltirishning pedagogik ahamiyati



Yüklə 309,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix21.06.2023
ölçüsü309,88 Kb.
#133528
1   2   3   4   5
o-qituvchi-o-quvchi-hamkorligini-vujudga-keltirishning-pedagogik-ahamiyati

An’anaviy ta’lim bilan interfaol usullar yordamida amalga oshiriladigan 
hamkorlikka asoslangan o‘quv jarayonining qiyosiy manzarasi 
Dars jarayonining 
elementlari 
An’anaviy usullar 
Interfaol usullar 
O‘qitish muhiti 
Rasmiy, musobaqalashuv, 
ishonchning to‘liqsizligi, baho berish 
Norasmiy, samimiy, hamkorlik, 
o‘zaro ishonch ruhida 
Rejalashtirish 
O‘qituvchi mas’ul 
O‘qituvchi va har bir 
o‘quvchi mas’ul 
Talablarning 
qo‘yilishi 
O‘qituvchi talab qiladi 
O‘quvchi, ota-ona, o‘qituvchi 
talabi asosida 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
October 2021 / Volume 2 Issue 10
www.openscience.uz
568


Masad va vazifalar 
O‘qituvchi mas’ul 
O‘quvchilarning 
qiziqishlari asosida 
O‘qitish 
O‘qituvchi davlat talablari, o‘quv 
dasturi bo‘yicha o‘qitadi 
Davlat talablari, o‘quv 
dasturi bo‘yicha 
o‘quvchilarning ehtiyoji va 
imkoniyatlariga muvofiq 
O‘qitish metodlari 
Butun sinf bilan yoki individual 
ravishda an’anaviy metodlar orqali 
ishlanadi 
Guruhlar, uchliklar, 
juftliklarda ishlashga 
yo‘naltiriladi 
Baholash 
Qat’iy o‘rnatilgan me’yorlar asosida 
o‘qituvchi baholaydi 
O‘quvchining o‘zi, do‘sti, 
«ekspert» o‘quvchi hamda 
o‘qituvchi baholaydi. 
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, interfaol usullar qo‘llanilganda, 
o‘quvchilarning qiziqishlari, ehtiyojlarining qondirilishi inobatga olinadi. Demak, 
o‘quv jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro bir-birini tushunish 
muhiti yaratiladi. O‘quvchilarda shaxsiy g‘urur rivojlantirilishi orqali jamoa 
shakllantiriladi va natijada ularning yoqimli, quvnoq, ishchan guruhi vujudga keladi. 
Bunday guruhlarda barcha teng bo‘lib, har bir o‘quvchining fikri, nuqtai nazarlari 
qadrlanadi. Ushbu usullarning boshlang‘ich sinfdan boshlab qo‘llanilishi masadga 
muvofiqdir. Chunki, sakkiz yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarda turli-
tumanlikka intilish kuchli bo‘ladi. O‘quvchilar ulg‘ayganlari sari ularda atrofdagilarni 
muhokama qilishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Bu esa, sinfdagi muhitning 
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Maktabda boshlang‘ich sinfdan boshlab, o‘quvchilarga ko‘proq dunyodagi turli-
tumanlik haqida tushuncha berish va atrofga diqqat bilan qarash, barchani boricha 
qabul qilishga chorlash zarur. Har bir o‘quvchining o‘z orzulari borligi, biroq, 
ba’zilarning imkoniyati cheklanganligi tufayli shunday orzulariga ba’zan etisha 
olmasliklari va ularga ma’naviy yordam, qo‘llab-quvvatlash zarurligini uqtirish 
lozimligini o‘qituvchilar nazarda tutishlari kerak. Do‘stona muhit zamiridagi sinfda 
esa, bunday o‘quvchilar uchun ijobiy kayfiyat va o‘zaro hamkorlik ta’minlanadi. 
An’anaviy ta’lim jarayoni individual, musobaqa usullari yordamida tashkil etilganda, 
har bir o‘quvchi o‘zi g‘olib bo‘lishga intiladi. U imkon qadar o‘z sinfdoshidan o‘zib 
ketish, buning uchun esa, sinfdoshining mag‘lub bo‘lishiga sharoit yaratishga intiladi. 
Buning natijasida, sinfda salbiy muhit vujudga keladi. O‘zlashtirishi past bo‘lgan 
o‘quvchilar esa, sinfdoshlari oldida mulzam bo‘ladilar. Bu holat o‘quvchining o‘z 
imkoniyatiga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi. Natijada o‘quvchining o‘qituvchisiga 
bo‘lgan hurmatiga putur yetadi, ular orasidagi munosabatlar sovuqlashadi. Buning 
natijasida o‘quvchining kelajakdagi shaxsiy taraqqiyotiga bo‘lgan ishonchi pasayadi.
Hamkorlikka asoslangan ta’limda esa, o‘quvchilar alohida shaxs sifatida tan 
olinadilar. O‘zlashtirishi past yoki imkoniyatlari cheklangan o‘quvchilar ham 
do‘stona munosabat o‘rnatilgan sinfda o‘z ovozlariga ega bo‘ladilar. O‘qituvchi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
October 2021 / Volume 2 Issue 10
www.openscience.uz
569


darsga tayyorlanar ekan, o‘quv jarayonining loyihasini ishlab chiqadi, unda har bir 
o‘quvchining ishtiroki ko‘zda tutiladigan vaziyatlar kiritadi. Guruhlar yoki juftlikda 
ishlash o‘quv jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad asosida tanlanadi. Interfaol usullar 
yordamida tashkil etilgan guruhli ishda har bir o‘quvchining ishtirokini ta’minlashga 
xizmat qiladigan vazifalar va o‘quv topshiriqlari beriladi [1-30]. Natijada 
o‘quvchilarda hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. Buning natijasida 
o‘quvchilarning imkoniyatlari kengayadi va o‘zlariga beradigan baholari ko‘tariladi. 
Shu tariqa, o‘quvchi o‘z qadr-qiymatini anglay boshlaydi. Barcha o‘quvchilar 
o‘zlarining turli-tuman ekanliklarini anglash bilan bir qatorda, o‘z kuchlariga ishonch 
hosil qiladilar.
Bu esa, o‘quvchilarning kelajakda mikrosotsiumda o‘z o‘rinlarini topishlari, 
atrofdagilar bilan samarali muloqot, hamkorlik va do‘stona munosabat o‘rnatishlari, 
o‘z qarashlarini himoya qilishlariga imkon beradi. Ular bir-birlarini kamsitmaslik, 
barchalarining teng huquqli ekanliklarini e’tirof etishga o‘rganadilar. Ta’lim 
jarayonida o‘quvchilardagi ushbu xususiyatlar takomillashtirilishi kerak. Buning 
natijasida, ota-onalarning ta’lim tizimiga bo‘lgan ishonchlari ortadi. 
O‘zaro hamkorlik jarayonida o‘quvchilar: 
- to‘laqonli, shaxsiy o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash 
uchun zarur bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar
- shaxslar, ijtimoiy guruhlar va jamiyatning barcha a’zolari o‘rtasidagi aloqalar 
tenglik tamoyiliga asoslangan bo‘lishini anglab yetadilar; 
- atrofdagilarni o‘rganish orqali o‘zlarini o‘rganadilar va o‘quv faoliyatilariga 
yangicha nuqtai nazar bilan qaray boshlaydilar;
- sinf, maktab, mahalla va butun jamiyatdagi barcha kishilarning ehtiyojlari, 
iqtidorlari va sa’y-harakatlarini o‘zaro mutanosib ekanligini tushunib yetadilar; 
- o‘zlarining kuchli va zaif tomonlarini anglaydilar, o‘z faoliyatlariga ijobiy 
baho beradilar; 
- boshqalar, shu jumladan, imkoniyatlari cheklanganlarning his-tuyg‘ulari, 
ehtiyojlari, imkoniyatlari bilan hisoblashish lozimligini tushunib yetadilar; 
- hamkorlik kuchini his qilib, uning muhimligini tushunib yetadilar va buning 
natijasida o‘quvchilarda ziddiyatlarni bartaraf etish ko‘nikmasi shakllanadi; 
- mustaqil mutolaa qilish, axborot vositalaridan foydalanish, dunyoni keng 
qamrovli tarzda anglash, milliy qadriyatlar, istiqlol, milliy g‘oya va uning 
ahamiyatini ongli ravishda anglaydilar; 
- insoniy qadriyatlar, shaxsning sha’ni, obro‘-e’tibori, huquqlari va his- 
tuyg‘ularini hurmat qilishga o‘rganadilar; 
- inson va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi va o‘ziga xos jihatlarini anglab yetadilar; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
October 2021 / Volume 2 Issue 10
www.openscience.uz
570


- o‘tmish, bugungi kun va kelajak o‘rtasidagi uzviylikni ongli ravishda idrok 
etadilar, o‘tmishsiz kelajak yo‘qligini bilib, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy 
tarixiy, ma’naviy-madaniy merosni qadrlashga odatlanadilar. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida muloqotning 
birinchi va ikkinchi shakli o‘rnatilganda ta’lim jarayonida kutilgan samaradorlikka 
erishiladi. Boshlang‘ich sinflardayoq o‘quvchilar guruhida yetakchi mavqe 
egallashga davogar o‘quvchilar namoyon bo‘la boshlaydilar. Ular sinfdagi 
o‘quvchilar jamoasini boshqarishga harakat qiladilar. O‘quvchilar asta-sekin uning 
aytganlarini so‘zsiz bajarishga kirishadilar. O‘quvchilar o‘zlari bajaradigan barcha 
ishlarda undan maslahat oladilar va unga tayana boshlaydilar. Shuning uchun ham, 
o‘qituvchi birinchi navbatda xuddi mana shu yetakchi o‘quvchi bilan hamorlik 
o‘rnatishi lozim. Chunki, o‘qituvchi mana shu yetakchi o‘quvchi yordamida sinfdagi 
boshqa o‘quvchilar bilan osongina hamkorlik o‘rnata oladi. Biroq, ba’zi hollarda 
yetakchi o‘quvchi bilan o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlarida ziddiyatlar ham 
kuzatiladi. Bunday vaqtda o‘qituvchi mazkur ziddiyatlarni yetakchi o‘quvchining o‘zi 
bilan yakkama-yakka muloqot yordamida bartaraf etishi kerak. Aks holda mazkur 
ziddiyatning ko‘lami kengayib o‘qituvchi sinfdagi aksariyat o‘quvchilar bilan 
ziddiyatli munosabatga kirishishi mumkin.
O‘qituvchilar hamda o‘quvchilar orasidagi hamkorlikka asoslangan muloqot 
turlicha shakl va ko‘rinishlarga ega. Masalan, 1) o‘quv-tarbiya jarayonida amalga 
oshiriladigan “yuzma-yuz” muloqot; 2) o‘quv-tarbiya jarayonida texnik vositalar 
yordamida amalga oshiriladigan muloqot; 3) o‘quv-tarbiya jarayonidan tashqarida 
amalga oshiriladigan do‘stona muloqot; 4) sub’ekt-sub’ekt yoki sub’ekt-ob’ekt 
darajasida amalga oshiriladigan muloqot kabilar.
Ta’lim-tarbiya ijtimoiy pedagogik ta’sirning shunday ko‘rinishiki, bu jarayonda 
o‘qituvchi-o‘quvchi timsolida shaxslararo munosabatlar hamkorlik va o‘zaro yordam 
muntazam shakllanadi. Bu jarayonda ijtimoiy fikrlar, tajribalar, dunyoqarash, ongli, 
ishchan faoliyat vujudga keladi. O‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi hamkorlik doirasi 
kengaygani sari ular o‘rtasida umumiylik, o‘zaro o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi 
sifatlar tarkib topadi. Buning natijasida, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar bir-birlarini tez 
tushunadigan bo‘ladilar. O‘qituvchi-o‘quvchilar munosabatlarida ziddiyatlarning 
vujudga kelishi natijasida o‘quv jarayonidagi vaziyat taranglashadi, ular orasida bir-
birlarini tushunmaslik vaziyati paydo bo‘ladi. Masalan, o‘qituvchining past 
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni e’tibordan chetda qoldirishi, ularga nisbatan salbiy 
munosabatda bo‘lishi natijasida shunday vaziyat vujudga keladi.
O‘qituvchi-o‘quvchi hamda o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlik va do‘stona 
munosabatga kirishishlari uchun ular bir-birlarini yaqindan bilishlari va yaxshi 
tushunishlari lozim.
O‘quvchilar bilan o‘qituvchi orasida ishchan muloqot va hamkorlikning 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
October 2021 / Volume 2 Issue 10
www.openscience.uz
571


maqsadga muvofiq tarzda o‘rnatilishi va samaradorlik kasb etishi uchun o‘qituvchilar 
global axborot oqimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun zarur bo‘lgan 
axborotlarni saralash, o‘quvchilarga maqsadga muvofiq tarzda taqdim etish usullarini 
o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak. Chunki, bugungi kunda o‘quvchilarni zarur axborotlar 
bilan ta’minlash maromini tezlashtirish va usullarini takomillashtirish talab 
qilinmoqda. Buning uchun, o‘qituvchi-o‘quvchilar orasidagi munosabatlar sog‘lom 
bo‘lishi, ishchan va do‘stona xarakter kasb etishi lozim. Chunki, taraqqiyotning 
bugungi bosqichida “inson-inson”, ya’ni o‘qituvchi-o‘quvchilar hamda o‘quvchilar 
bilan o‘quvchilar orasidagi dialog o‘quv faoliyati samaradorligini ta’minlashi tobora 
ko‘proq ayon bo‘lmoqda. 
Ilg‘or nazariyalarning amaliy tadbiqi shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchi hamda 
o‘quvchilarning ijtimoiy tajribalari, ular orasidagi hamkorlikka asoslangan do‘stona 
munosabatlar, buning natijasida o‘quvchilarda shakllangan shaxsiy sifatlar va hattoki 
ayrim nuqsonlar ham o‘zaro muloqot jarayonining mahsulidir. Ta’lim jarayonidagi 
ishchan muloqotning muhim vazifalaridan biri – uning samaradorligini ta’minlash 
bilan bir qatorda, o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning bir-birlarini tushinishlariga 
erishishdan iboratdir. Ta’lim jarayonidagi o‘zaro hamkorlik natijasida 
o‘quvchilarning ijtimoiy tajribalari ortadi va ular o‘zlari uchun zarur bo‘lgan insoniy 
sifatlarni o‘zlashtiradilar.

Yüklə 309,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin