O‗qituvchilik faoliyati faxrli va mas‘uliyatli kasb ekanligi barchaga sir emas



Yüklə 39,17 Kb.
tarix30.09.2023
ölçüsü39,17 Kb.
#150826
Zamonaviy texnalogiya



O‗qituvchilik faoliyati faxrli va mas‘uliyatli kasb ekanligi barchaga sir emas. 

O‗qituvchilik faoliyati juda azaldan mavjud bo‗lib, u yuksak darajada qadrlangan 


va e‘zozlangan kasbdir. Chunki, o‗qituvchi yosh avlodga bilim bergan, uni ertangi 
hayotga har tomonlama tayyorlagan. Uning kulida ta‘lim-tarbiya topgan bola uz 
navbatida jamiyatga, uning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo‗shgan. 
Bir o‗qituvchi yuzlab, minglab bolalarning kamol topishida uz hissasini qo‗shgan. 
Shuning uchun har doim o‗qituvchi-murabbiylik faoliyatini kasb qilib olgan 
kishilar jamiyat va davlat ardogida bo‗lgan.
Bugungi kunda davlatimiz ta‘lim sohasiga katta e‘tibor bermoqda. Kelajagi buyuk 
davlat uchun komil insonlar kerakligi va zarurati bir necha bor ta‘kidlanmokda. 
Yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazish, ko‗p jihatdan o‗qituvchi shaxsi, 
uning salohiyatiga bog‗liq qadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi 
ham har tomonlama yetuk, yuksak malakali qadrlar, jumladan pedagog qadrlar 
tayyorlashga erishishdir. 
O‗qituvchilik kasbining faxrli jihatlari shundaki, har qanday kasb egasi dastlabki 
ma‘lumotni o‗qituvchidan oladi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita hissa qo‗shadi. 
Albatta bu kasbning mas‘uliyatli jihatlari ham mavjud. Jamiyat uning kuliga 
ishongan holda yosh avlodjni topshiradi. U jamiyatning ishonchli vakili sifatida 
yoshlarga bilim berishi, ularda Vatanga, mehnatga bo‗lgan ijobiy munosabatlarni 
shakllantirishi lozim. Bundan tashqari u pedagogik odobga, vijdon pokligiga ega 
bulmogi lozim. 

14 

Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta‘lim muammolariga oid ma‘ruzalar, 
rasmiy hujjatlarda "zamonaviy pedagogik texnologiya ", "Ilg‗or pedagogik
texnologiya", "Zamonaviy pedagogik texnologiya" iboralari keng qo‗llanilmokda. 
Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiya asosida o‗qitishni boshqa 
yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta‘lim maqsadlari, uning 
mazmuni, o‗qitish va ta‘lim berish metodlari, nazorat va natijalarni baholashni 
o‗zaro aloqada va bir-biri bilan bog‗liqlikda loyihalash - ko‗pincha an‘anaviy 
o‗quv jarayonida yetishmaydigan omillardir. Masalan, ko‗p hollarda ta‘lim, 
asosan, axborotni eslab qolishga yo‗naltirilgan, ta‘lim oluvchining bo‗lajak 
faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy 
qarorlarni qabul qilish bilan bog‗liq bo‗ladi. 
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiyaga bir qancha ta‘riflar 

berilgan. 


(V.Bespalko, 
V.Guzeyev, 
V.Slastenin, 
B.Lixachev, 
I.Volkov, 
M.Choshanov, M.Klarin, I.Lerner, Ch.Yudin va boshqalar). Ushbu olimlar orasida 
pedagogik texnologiya to‗g‗risidagi axborotni MDH mamlakatlari, jumladan, 
O‗zbekistonda tarqalishida V.P.Bespalko va M.V.Klarinlarning ta‘siri kuchliroq. 
M.V.Klarin pedagogikadagi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tarkibiy 
tuzilishi va mazmuni to‗g‗risida birmuncha to‗laroq ma‘lumotlarni e‘lon qilgan.
Tizimli yondashuvga muvofiq pedagogik texnologiyalarni qo‗llash uchun
«Texnologiya» tushunchasining lug‗aviy mazmunini bilib olish lozim. 
«Texnologiya» — yunoncha so‗z bo‗lib, «tehnos»-mahorat, san‘at. «logos» -
ta‘limot, fan ma‘nolarini anglatadi. 
«Texnologiya» ko‗proq ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‗liq bo‗lgan 
tushuncha holida qo‗llanilgan. Muayyan detallarni yo‗nish, silliqlash, jilo berish, 
tayyorlash, xom-ashyo mahsulotlarini qazib olish, yasash, qurish, ranglash, bezash, 
tashish, joylash, saqlash, foydalanish va shunga o‗xshash amallarni bajarishning 
o‗ziga xos usul va metodlar majmuyi -kompleksini anglatadi. Ishlab chiqarishga 
oid xaritalar, loyihalar, jadvallar, maket va chizmalar ham texnologiyaning 
tarkibiga kiradi. Shunga muvofiq texnologiya muayyan usul va metodlarni 
yaratuvchi hamda takominlashtiruvchi fan sifatida o‗rganiladi. Chunki sanoatda, 

15 


ishlab chiqarishda va qurilishda tayyorlangan loyiha talablariga qat‘iy amal qilinsa, 
ish bajaruvchi kafolatli natijani qo‗lga kiritishi mumkin. Albatta, bu yerda bilim yo 
tajribani nazardan chetda qoldirish mumkin emas. 
Bevosita ta‘limga oid texnologiya yoki texnologik yondashuv o‗quv-biluv 
jarayonini takomillashtirishga oid usul va metodlar majmui loyihasini tegishli 
prinsiplar asosida ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bunda reproduktiv ta‘limga 
muvofiq oldindan bilib olingan qoidalar asosida o‗quv materiali belgilangan o‗quv 
maqsadiga mos hodda modullarga ajratiladi va nazorat testlari belgilanadi. Bu 
jarayon qayta nazoratdan o‗tkazilgani uchun go‗yo takror ishlab chiqarishga 
o‗xshash qo‗yilgan o‗quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydi. 
Yuqorida ko‗rib o‗tilgan fikrlar doirasida texnologiyaga quydagicha ta‘riflar 
berilgan. 
Texnologiya — tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida 
qo‗llaniladigan usul va metodlar majmui. 
Texnologiya — biror ishda, mahoratda, san‘atda qo‗llaniladigan usullar, yo‗llar 
yig‗indisi (izohli lug‗at). 
Texnologiya — ishlov berish, ahvolni o‗zgartirish san‘ati, mahorati, qobiliyati, 
metodlari yig‗indisi (V.M.SHepel). 
Bizningcha pedogogik Texnologiya —g‗oyalarni amalga oshrishning konkret yo‗l 
— yo‗riqlari va metodlari majmui. 
Demak, «texnologiya» qamrovi keng tushuncha bo‗lib, uni har qaiday sohada 
qo‗llash mumkin. Shunga asosan, texnologiya qo‗llanish tarmog‗iga muvofiq 
keladigan usul va metodlarni ishlab chiquvchi va gakomillashtiruvchi fan sifatida 
ta‘riflanadi. 
Pedagogik g‗oya — milliy g‗oyaning tarkibiy qismi bo‗lib, manaviy-axloqiy 
yetuk, bilimdon hamda o‗z kasbining malakali mutaxassisi bo‗lish yo‗lidagi ezgu 
maqsadga yo‗naltirilgan fikrlar majmuidir. 
Yuqorida biz tomondan keltirilgan ta‘riflarga muvofiq «texnologiya» va 
«pedagogik g‗oya» shunchaki oddiy tushunchalar bo‗lmay, avval har ikkisi ham 
tafakkur taraqqiyotining mahsuli ekanligini qayd etib o‗tish joiz. Shunga ko‗ra, 

16 


«texnologiya» pedogogik g‗oya darajasida tahlil etilmasa, unda aniq maqsadni 
ko‗zlab bo‗lmaydi. Gap pedagogik g‗oya to‗g‗risida ketar ekan, o‗z navbatida, 
shaxsning ruhiy —aqliy tarbiyasiga ta‘sir etib, muayyan masad sari yo‗naltira 
olmasa, oddiy fikr yoki shunchaki qarashga aylanib qoladi, e‘tiqod shakllanmaydi. 
«Texnologiya» va «pedagogik g‗oya» tarozining ikki pallasiga qo‗yiladigan bo‗lsa, 
bunda pedagogik g‗oyalar qanchalik kuchli va tasirchan bo‗lib, tarbiya oluvchini 
maqsad hamda orzu-istak sari (yo‗naltira olsa, «texnologiya» shunchalik 
mazmunli, rang-barang (har xil metdlar,usul va vositalarga boy) bo‗ladi. Demak, 
pedogogik g‗oyalar qanchalik tarozi bossa, texnologiyaning mazmuni va amaliy 
jihatdan ahamiyati kuchli bo‗ladi. 
Pedagogik g‗oyalar shaxs e‘tiqodini shakllantirishga, uni rivojlantirishga hamda 
yuzaga chiqishga xizmat qilmog‗i lozim. Ana shu jarayonning mukammalligi 
tarbiya maqsadining kafolatli natijasini beradi. 
Komil insonni shakllantirishga qaratilgan ulug‗vor pedagogik ishlarga: 
insonparvarlik, fidoiylik, aqliy barkamollik, vatanparvarlik, ma‘naviy-axloqiy 
yetuklik, mehnatsevarlik, diniy bag‗rikenglik, o‗zaro hamjihatlik kabilar kiradi. 
Albatta pedagogik g‗oyalar jamiyat taraqqiyotiga undaydigan g‗oyalarning bir 
qismini tashkil etsada, yosh avlod tarbiyasida muayyan qarashlar va intilishlarni 
o‗z e‘tiqodiga aylanishi hamda yangi bunyodkor g‗oyalarni yaratilishida muhim 
ahamiyat kasb etadi. «Pedagogik texnologiya tushunchasi ingilizcha «an 
educational technology» so‗zidan olingan bo‗lib, «ta‘lim texnologiyasi» degan 
ma‘noni bildiradi. Shunday bo‗lsada, ta‘lim-tarbiyaning birligi prinsipiga muvofiq 
pedagogik texnologiyani shartli ravishda «ta‘lim texnologiyasi» va «tarbiya 
texnologiyasi» ko‗rinishda o‗rganish hamda takomillashtirish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
• 
Ta‘lim texnologiyasi deb - oldindan loyihalashtirilgan va 

aniq maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o‗quv jarayoniga aytiladi. 


Ta‘lim texnologiyasi - didaktik maqsadga erishishni kafolatlovchi tizimli 
metodlar majmui. 

17 


Ta‘lim texnologiyasi - ta‘lim maqsadiga erishuvini kafolatlovchi ta‘lim 
shakli, metodlari va vositalari majmui. 
Ta‘lim texnologiyasi - qo‗yilgan maqsadga erishishning kafolatli vositasi.
Ta‘lim 

texnologiyasi 



o‗qituvchining 

kasb 
mahorati 


asosida 
kafolatli natijaga erishishning o‗ziga xos tashkiliy — 
motodik vositalari majmui. 
YUNESKO tashkiloti ma‘qullagan ta‘rif: «Pedagogik texnologiya — bu ta‘lim 
shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda 
ularning o‗zaro ta‘sirini inobatga olib, o‗qitish va bilimlarni o‗zlashtirishning 
barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo‗llashning tizimli metodidir». 
Boshqa mualliflarning ta‘riflari: 
• 
Pedagogik 

texnologiya 



tizimli, 

texnologik 


yondashuvlar 
asosida 
ta‘lim 

shakllarini 


qulaylashtirish, 
natijasini 
kafolatlash 
va 
obyektiv 

baholash 


uchun 

inson 
salohiyati 


va 
texnik 

vositalarning 


o‗zaro 

ta‘sirini 


inobatga 
olib, 
ta‘lim 

maqsadlarini oydinlashtirib, o‗qitish va bilim o‗zlashtirish jarayonlarida 


qo‗llaniladigan usul va metodlar majmuidir.
Pedagogik texnologiya — ta‘lim metodlari, usullari, yo‗llari haqida tarbiyaviy 
vositalar yig‗indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy—uslubiy vositalari 
majmuidir. 
Pedagogik texnologiya — bu o‗qituvchi (tarbiyachi)ning o‗qitish (tarbiya) 
vositalari yordamida o‗quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta‘sir ko‗rsatishi va 
aks ta‘sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal 
shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir. 
Yuqorida keltirilgan ta‘riflarda ma‘lum ma‘noda uyg‗unlik va o‗ziga xos tomonlar 
ko‗zga tashlanib turganligini sezish qiyin emas. Shunday bo‗lsada, pedagogik 
texnologiyani takomillashtiruvchi metodlar bilan pedagogik g‗oyalar uyg‗unligi va 
izchilligi talimotiga oid tadqiqiy izlanishlar bu masalaga yanada oydinlik kiritishi 
muqarrarligini ko‗rsatib o‗tish lozim. 
18 

Yana shu narsani alohida ta‘kidlash lozimki, YUNESKO ta‘rifida «Tizimli 


metod»,- deb qaraladi. Vaholanki, PT da «metodlar majmui» olinishi lozimligi PT 
ga barcha mualliflar tomonidan berilgan ta‘riflarda ko‗rinib turibdi. 
Tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonini jadallashtirishning asosiy omillari: 
ta‘lim maqsadlarini kuchaytirish; o‗quv motivatsiya (qiziqtirish)ni kuchaytirish; 
ta‘lim mazmunidagi axborot sig‗imini kengaytirish; ta‘limda faol metod va 
shakllarni qo‗llash; o‗quv amallarini bajarish suratini oshirish; o‗quv mahoratini 
rivojlantirish; ta‘limda kompyuter va boshqa texnika vositalarini qo‗llash.Lekin bu 
an‘anaviy tarzda amalga oshiriladigan ta‘lim ishlari manzilga uzoq va notekis yo‗l 
bilan, gohida adashib ketayotgan yo‗lovchining harakatiga o‗xshaydi. Ilg‗or 
davlatlardagi pedagogik texnologiya esa bu ko‗zlangan manzilga tezroq 
borayotgan va qisqa yo‗l tanlangan harakatga o‗xshaydi. 
Ikkinchi vazifa shundaki, ta‘lim samaradorligiga erishish majmuini

pedagogika fani tadqiqotlarining mustaqil yo‗nalishi sifatida olib qarash lozim. 


Bunday vazifa, bir tomondan, mohiyati va e‘tibori jihatidan fanlararo aloqadorlik 
tahlilida aynan pedagogik jarayonlarni ajratish imkonini yaratadi. 
Pedagog olim J.G‗.Yo‗ldoshev o‗z tadqiqotlarida zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni amada qo‗llash qonunini asoslab, ya‘ni ta‘lim samaradorligi 
mezoni ekanligini o‗rganib, o‗z navbatida zamonaviy pedagogik texnologiyalar 
davr o‗tishi bilan takomillashtirilishi lozimligini ham nazariy, ham amaliy jihatdan 
asoslab berdi, ya‘ni biz xozirgi paytda tasviriy san‘atni o‗qitishda qo‗llayotgan eng 
samarali texnologiyalarni inkor etuvchi ta‘limni tashkil etishda o‗z samarasini 
beruvchi muayyan fikr shakllanar ekan.
O‗quv jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etishda o‗qituvchi 

mahoratining o‗rnini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash olimlardan V.P.Bespalko, 


J.G‗.Yo‗ldoshev, M.Ochilov, O‗.Tolipov, B.L.Farberman, E.G‗oziyev va boshqa 
olimlarning tadqiqot ishlarida ham aks etgan bo‗lib, bu tadqiqotlarda ta‘lim 
zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish jarayonida shaxsning ruhiy olami 
va tafakkur dunyosining o‗rniga alohida e‘tibor berilgan. Jumladan, ta‘limga 

19 


zamonaviy yondashuv, ta‘limni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish 
hozirgi davr talabidir.
J.G‗.Yo‗ldoshev; «Hozirgi ta‘lim tarbiya sohasida rivojlanib borayotgan 

yo‗nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‗quv jarayonida 


qo‗llash bo‗lib, uni amalga oshirish dolzarb vazifalardandir» deb bejiz aytmagan. 
Shuningdek, O‗. Tolipov o‗qituvchining faol, samarali faoliyat ko‗rsatishga 
yo‗naltirilgan tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonining metodik ishlanmsidan 
farqli ravishda, ta‘limning pedagogik texnologiyasi ta‘lim oluvchiga nisbatan 
yo‗naltirilgan bo‗lib, ularning shaxsiy, shuningdek o‗qituvchi bilan birgalikdagi 
faoliyatini hisobga olgan holda, o‗quv materiallarini o‗zlashtirishga qaratilishini 
hamda pedagogik texnologiyalarning markaziy muammosi o‗quvchi shaxsini 
rivojlantirish orqali ta‘lim maqsadiga erishishni ta‘minlashdan iboratdir deb 
ta‘kidlaydi. Jumladan u rivojlantiruvchi ta‘lim texnologisining yetakchi tamoyillari 
sifatida quyidagilarni ko‗rsatadi: moslanuvchanlik, uyg‗unlik, yaratuvchanlik, 
tabiiylikni xis etish.
Pedagog olima B.R.Jo‗rayeva esa o‗z ilmiy tadqiqotida asosiy e‘tiborni 
pedagogika o‗quv yurtlari faoliyatida pedagogika turkum fanlarining tutgan o‗rni 
va ularning imkoniyatlarini o‗rganishga qaratib, pedagogik turkum fanlarni o‗qitish 
asosida bo‗lajak o‗qituvchilarning pedagogik madaniyatini shakllantirish 
masalasining o‗z ijobiy yechimiga ega bo‗lishi, o‗qituvchilarning pedagogik 
madaniyatini shakllan-tirishda ularning ijtimoiy-madaniy yo‗naltirilganliklari 
muhim ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlaydi. Tadqiqotning nazariy va amaliy 
ahamiyati muallif tomonidan o‗qituvchining pedagogik madaniyati modelining 
yaratilganligi hamda tadqiqot muammosi mohiyatining yoritilishida texnologik 
g‗oyalar asosida ish ko‗rilganligi bilan belgilanadi]. Biroq yuqorida tahlil etilgan 
ilmiy tadqiqot ishlarida tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonini zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda o‗qituvchi mahoratining o‗ziga 
xos xususiyatlari hamda didaktik imkoniyatlari alohida tadqiqot muammosi 
sifatida qaralmagan. Bizning tadqiqotimiz ayni shu jihati bilan xarakterlanadi.
20 

Shunday qilib, tahlil etilgan va o‗rganib chiqilgan masalalar tadqiqot 


ishimizning dastlabki holatini obyektiv belgilab olish imkoniyatini yaratadi, ya‘ni 
tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar 
asosida tashkil etishda o‗qituvchi mahoratining pedagogik mohiyatini quyidagilar 
ochib beradi:
-tasviriy san‘at darslariga yangicha yondashuvni tashkil etish; 
-tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar 
asosida tashkil etishda o‗qituvchi mahoratining didaktik shart-sharoitlarini 
yaratish; 
-ta‘lim samaradorligini oshirish omillari, shakl, usul, metod va vositalarini o‗quv 
jarayoniga tatbiq etish; 
-ta‘lim samaradorligini oshirishga yo‗naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab 
chiqish va ularni o‗quv jarayoniga tatbiq etish; 
-tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil 
etish jarayonida fanlararo aloqadorlikning ta‘minlanishiga erishish. 
Bitiruv malakaviy ishimizninng o‗quv jarayonini zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar asosida tashkil etish tadqiqot predmeti sifatida qaralishi 1.2 
paragrafda o‗z ifodasini aks etgan. 





Yüklə 39,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin