O’qituvchilik kasbi, uning huquqiy, demokratik jamiyatdagi o’rni


Ta`limni  tarbiyadan,  tarbiyani  esa  ta`limdan  ajratib  bo`lmaydi  –  bu



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/22
tarix02.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#37489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус

Ta`limni  tarbiyadan,  tarbiyani  esa  ta`limdan  ajratib  bo`lmaydi  –  bu 

sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. 

Bu  haqida  fikr  yuritganda,  men  Abdulla  Avloniy  “Tarbiya  biz  uchun  yo 

hayot, yo  mamot,  yo  najot, yo  halokat, yo  saodat, yo  falokat masalasidir”  degan 

chuqur  ma`noli  so`zlarini  eslayman.  Buyuk  ma`rifatparvar  bobomizning  bu 

so`zlari o`tgan asr boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo`lgan 

bo`lsa, hozirgi vaqtda  ham  biz  uchun shunchalik, balki undan ham  ko`ra  muhim 

va dolzarb ahamiyat kasb etadi.

2

 

Nega  deganda,  bizga  sobiq  tuzumdan  meros  bo`lib  qolgan  ma`orif 



tizimining  eng  noma`qul  tomoni  shundan  iborat  ediki,  unda  o`quv  jarayonida 

o`quvchi  va  talabalarning  mustaqil  va  erkin  fikrlashiga  yo`l  qo`yilmas  edi.  Har 

qanday  o`quv  yurtini  bitiruvchilarning  bilimiga  qarab  emas,  aksincha  ularning 

sobiq  sovet  tizimiga  va  sohta  g`oyalariga  sadoqatini  hisobga  olib  baholash  va 

hayotga  yo`llash  tamoyili  asosiy  o`rinni  egallar  edi.  Ko`p  hollarda  sifat  o`rniga 

son ketidan quvish ustunlik qilardi. Aksariyat  yoshlar haqiqiy bilim  yoki malaka 

orttirish maqsadida emas, ko`proq amalda diplomli bo`lib olish ilinjida texnikum 

yoki  institutlarga  kirar  edi.  Shuning  uchun  ham  mustaqillikning  dastlabki 

yillaridanoq  butun  mamlakat  miqyosida  ta`lim  va  tarbiya,  ilm  fan,  kasb-hunar 

o`rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi.   




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin