O’qituvchining pedogokik mahorati hamda uni egallash yo’llari
Olib borilayotgan islohotlaming ijobiy natijalar berishini yetuk va malakali mutaxassislar ta’minlashi va ulami voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya berish, o’qituvchiga yuklatilgan talablarning kun sayin ortib borishi, ularni hal etish vazifasi o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda to’g’ri tashkil etilishiga bog’liqligi. Pedagogik mahoratning natijasi o’qituvchi mehnatida va o’quvchilar xulqi, odobi, tarbiyasida, kelajakda yetuk mutaxassis kadr bo’lib yetishishida o’z aksini topishi, o’qituvchi o’zining qizg’in mehnati jarayonida pedagogik mahorat komponentlarini o’zlashtirishi. Yosh o’qituvchilar mehnatini ilmiy asosda samarali tashkil etish vositalari va o’quvchilar bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda amal qilishi lozim bo’lgan boshlang’ich yo’nalishlar. O’qituvchining mehnat sharoiti, kun tartibi kompleks tushuncha ekanligi, unda o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda takomillashtiruvchi tamoyillar. O’qituvchi mehnatini nazorat qilish va hisobga olishning muntazamligi, izchilligi. Ob’ektiv-shaxsiy xususiyatlarning o’qituvchi mehnatiga ta’sir qiluvchi hamda ijtimoiy xususiyatlarga ega bo’lgan muhim yo’nalishlardan biri ekanligi, uning sifat va samaradorligini oshiruvchi omillar. Yosh o’qituvchilar mehnatini ilmiy asosda tashkil etilishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan kasbiy mahorat komponentlari. Iqtidor va qobiliyatning o’qituvchi mehnatiga, sezgirligiga ta’siri. O’qituvchi mehnatida pedagogik texnikaning roli, ayniqsa o’z-o’zini boshqarish malakalarida namoyon bo’lishi. O’qituvchining kasbiy mahoratida mehnat, uning ixtisosligi bo’yicha egallagan bilimlar darajasi va kasbiy tajribalari asosida paydo bo’lishi
Har qanday mehnatning muvaffaqiyati va samarasi uni tashkil etishga, bu mehnatni uyushtirishga ta’sir etadigan shart-sharoitlarga, faoliyatni amalga oshirish yo’llariga bog’liq. Pedagogik mehnat predmeti – tirik shaxs. Pedagogik mehnat maqsadi – har tomonlama etuk bo’lgan komil insonni tarbiyalash. Pedagogik mehnat natajasi o’quachilarning musgaqil ishlay olishi, darslarda o’z fikrini bildira olishi, isbotlay olishi, taxlil qila olishidir. O’qituvchi ta’lim jarayonini to’la tasavvur etishi kerak, uning mexanizmini, qonuniyatlarini, bolani bilish imkoniyatlarini yaxshi anglashi kerak. Mehnat shaxsning bir maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy-foydali faoliyati bo’lib, u aqliy, jismoiiy kuch, zo’r g’ayratni talab etadi. Barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda mehnat qilish uchun sog’lig’i va har tomonlama g’amxo’rlik qilish. Qonuniyat va tamoyillarning bajarilishi o’qituvchi mehnatining yo’nalishiga bog’liq.