Oltingugurtning vodorodli birikmalari mavzusida dars ishlanma, 8-sinf
Darsning jihozlari: AKT, kimyoviy moddalardan namunalar , kimyoviy jihozlar , tarqatma materiallar
Darsda qo’llaniladigan metod: Aralash , Interfaol metodlar.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
II. O’tilgan mavzuni so’rash Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
« Omadli savol » o’yini . 6 ta o’quvchidan iborat guruh sandiqcha ichidagi o’ralgan qog’ozchadagi savollarga javob berishib “Element nomi” ni topishadi.
7 ta o’quvchidan iborat guruh o’ralgan qog’ozchadagi savollarga javob berishib va “Ion nomi” ni topishadi. (Stakan ichidagi o’ralgan qog’ozchalarning bittasi savolsiz qog’ozcha bo’lib, bu qog’ozcha kimga tushsa shu o’quvchiga yuqori ball qo’yiladi.
Davriy jadvalda nechta metallmas bor ?
“Galogenlar” so’zining ma’nosini ayting.
“Xalkogenlar” so’zining ma’nosini ayting.
Elektrmanfiylik deb nimaga aytiladi?
Galogenlarning tashqi pog’onasida nechtadan elektron bor?
Eng kuchli metallmasni ayting. Uning elektrmanfiyligi nechaga teng?
Davrlarda chapdan o’ngga tomon elementlarning elektrmanfiyligi qanday o’zgaradi?
Galogenlar qanday agregat holatda bo’ladi?
Guruhlarda yuqoridan pastga tomon elementlarning elektrmanfiylik va metallmaslik xossalari qanday o’zgaradi?
Sublimatlanish - deb nimaga aytiladi? Bu hodisa qaysi galogenda kuzatiladi?
Galogenlar metallarga elektron berami yoki olami?
Xlorid, yodid, bromid ionlari qaysi reaktiv bilan aniqlanadi?
Metallmaslarning umumiy xossalarini ayting.
“Tezkor savol-javob” o’yini
Kislorod guruhchasi elementlarining davriy jadvaldagi o’rnini ayting.
Tashqi pog’onasida nechtadan elektron bor?
Oltingugurt tabiatda erkin holda uchraydimi yoki birikma holdami?
Oltingugurtning davriy jadvaldagi o’rnini ayting.
Oltingugurtning nechta allotropik shakl o’zgarishi bor?
Oltingugurtning rangi, agregat holati?
Suyuqlanish harorati?
Flotatsiya hodisasini tushuntiring?
Bu hodisadan sanoatda nima maqsadda foydalaniladi?
“Klaster” usuli Oltingugurt nima maqsadlarda ishlatiladi?