O’qituvchining titul varag’i


III. Yangi mavzuni bayoni



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə3/4
tarix24.10.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#160360
1   2   3   4
Oltingugurtning vodorodli birikmalari mavzusida dars ishlanma, 8-sinf

III. Yangi mavzuni bayoni
Vodorod sulfidning suvli eritmasi nima uchun kislota xossani namoyon qiladi?
V odorod sulfidning molekular formulasi: H2S; tuzilish formulasi:
H-S-H ; elektron formulasi .
(Ikkita o’quvchi magnit doska va shar, sterjenlar orqali vodorod sulfid modelini yaratishadi.)
Olinishi. Sulfid kislotaning tuzlariga, ya’ni sulfidlarga xlorid kislota ta’sir ettirib vodorod sulfid olinadi:
FeS + 2HCl = FeCl2 + H2S↑
Suyuqlantirilgan (200 - 350°C da) oltingugurtga vodorod ta’sir ettirib ham olinadi:
H2 + S = H2S.
Fizik xossalari. Vodorod sulfid rangsiz, o‘tkir (palag‘da qolgan tuxumni eslatuvchi) hidli, zaharli gaz. -60°C da suyuqlanadi, —61,8°Cda qaynaydi. 1 l suvda 3,85 g H2S eriydi (1 hajm suvda 2,5 hajm).
Vodorod sulfidning suvdagi eritmasi sulfid kislota deyiladi.

Kimyoviy xossalari. Vodorod sulfid yonuvchi gazdir. U kislorodda yonadi.
A) agar kislorod yetarli bo‘lsa: 2H2S + 3O2= 2SO2 + 2H2O
B) agar kislorod yetarli bo‘lmasa: 2H2S + O2 = ↓2S + 2H2O
Vodorod sulfid va sulfid kislota kuchli qaytaruvchi moddalardir:
2FeCl3 + H2S = 2FeCl2 + 2HCl + S
H2S + Cl2 = 2HCl+S
2H2S +H2SO3 = 3S + 3H2O
Sulfid kislota boshqa kislotalar singari kislotalar uchun umumiy kimyoviy reaksiyalarni ham beradi:
2KOH + H2S = K2S + H2O
CaO + H2S = CaS + H2O
CuCl2 + H2S = CuS + 2HCl
Vodorod sulfid, sulfid kislota va suvda eriydigan sulfidlar uchun reaktiv Pb(NO3)2 dir.
H2S + Pb(NO3)2 =↓PbS + 2HNO3
Na2S + Pb(NO3)2= ↓PbS +2NaNO3
2Na+ +S2- + Pb2+ + 2NO3- =↓PbS +2Na+ +2NO3-
S2- +Pb2+ = ↓PbS
Sulfid ioni tutgan eritmaga qo‘rg‘oshinning suvda eruvchi tuzi qo‘shilsa qora rangli cho‘kma PbS hosil qiladi. Bu tajriba asosida sulfid ioni aniqlanadi.


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin