Oqova tozalashning koagulyasiya va flokulyasiya usullari
Koagulyantlar suvda og’irlik kuchi ta’siri ostida tez cho’kadigan metall gidroksidlari iviqlarini hosil qiladi. Iviqlar muallaq va kolloid zarrachalarni tutib, ularni agregatlash qobiliyatiga ega bo’ladi. Kolloid zarrachalar (-) manfiy, koagulyant iviqlari (+) musbat zaryadga ega bo’lgani tufayli ular o’rtasida o’zaro tortishish vujudga keladi. Kolloid zarrachalar uchun zarracha yuzasida ikkilamchi elektr qavatning hosil bo’lishi xarakterlidir. Ikkilamchi qavatning bir qismi fazalar ayirmasi yuzasida joylashadi, ikkinchi qismi esa ionlar bulutini hosil qiladi, ikkilamchi qavatning bir qismi qo’zg’almas, boshqa qismi qo’zg’aluvchan (diffuziya qatlami).

Qatlamning qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas qismlari orasidagi potensiallar farqi ξ – dzeta potensial termodinamik potensial E ga, ikkilamchi qatlam qalinligiga bog’liq. Uning ko’rsatkichi zarrachalar itarilishining elektrostatik kuchi kattaligini ifodalaydi. Kolloid zarrachalarni koagulyasiyaga uchrashishni ta’minlash uchun ularning dzeta potensial ko’rsatkichini musbat zaryadga ionlarni qo’shish bilan kritik qiymatgacha kamaytirish zarur. Koagulyasiya jarayonining samaradorligi koagulyant ionining valentligiga bog’liq. Valentlik qancha katta bo’lsa, koagulyantning tasiri ham shuncha yuqori bo’ladi.