25. “Ishlab chiqarish maydoni “ -- nima ? *a) klaster ishtirokchilariga 5 yildan ko’p bo’lmagan muddatga ijara to’lovining “nol” stavkasi bo’yicha ijaraga beriladigan ishlab chiqarish va qo’shimcha binolar, inshootlar. b) muhandislik-texnik kommunikatsiyalar bilan ta’minlangan va yoshlar tadbirkorlik sub’ektlariga uzoq muddatli ijara huquqida foydalanish uchun beriladigan ishlab chiqarish maydonlarini o’z ichiga olgan hudud
s) yosh fuqarolar yuridik shaxs tashkil etmasdan, shuningdek ta’sischilari yoshlar hisoblangan yuridik shaxslar amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati
d) klaster ishlab chiqarish maydonlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan yoshlar tadbirkorlik sub’ekti;
26. Klasterni tashkil etish haqidagi qaror qaysi hudud hokimliklari tomonidan O’zbekiston yoshlar ittifoqi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi hamda unda klasterni tashkil etish uchun beriladigan binolar va inshootlar belgilanadi, ularning umumiy ishlab chiqarish maydoni ko’rsatiladi? *a) Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar b) Sirdaryo va Jizzax
s) Toshkent shahar va viloyatlar
d) Toshkent shahar va Samarqand viloyati
27. Klaster hududida joylashtiriladigan tadbirkorlik sub’ekti xodimlari umumiy sonining kamida necha foizi 35 yoshgacha bo’lgan xodimlardan iborat bo’lishi kerak ? *a) 70 foizi
b) 50 foizi
s) 60 foizi
d) 80 foizi
28. Klaster hududida joylashtiriladigan tadbirkorlik sub’ekti xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi necha yoshgacha bo’lgan xodimlardan iborat bo’lishi kerak ? *a) 35 yoshgacha
b) 40 yoshgacha
s) 25 yoshgacha
d) 30 yoshgacha
29. O’zbekiston yoshlar ittifoqining tuman yoki shahar kengashi arizani olgan sanadan boshlab, necha ish kuni mobaynida yoshlar tadbirkorlik sub’ektining taklifi va loyiha pasportini ko’rib chiqadi hamda loyiha parametrlari Nizomning 10-bandi talablariga mos kelsa, sub’ekt bilan loyihani amalga oshirish to’g’risida bitim va ishlab chiqarish maydonini taqdim etish uchun ijara shartnomasini tuzadi?