4-mavzu. Naqshbandiylik va o‘zbek adabiyoti. Tasavvuf adabiyoti yirik vakillarining faoliyati, ijodi (4 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi) Naqshband ta’limoti va badiiy ijod. Sayyid Qosimiy masnaviylari. Atoyi lirikasida majoz va haqiqat. Bobur ijodida naqshbandiylik. “Mubayyin”da islom ruknlari. Qul Ubaydiy ijodida payg’ambarlar timsollari. So‘fi Ollohyor g’azallarining tasavvufiy jihatlari. “Sabotu-l-ojizin”ning axloqiy maqomlari. Huvaydo ijodida tasavvufiy timsollar talqini. “Rohati dil” dostonida so‘fiy shayxlar. Amiriy ijodining tasavvufiy asoslari. XX asrda naqshbandiylik ruhidagi asarlar.
Navoiy lirik olamida tasavvuf. G’azallarida tasavvufiy timsollar. Qit’a va ruboiylarining tasavvufiy jihatlari. “Nazmu-l-javohir”da Hazrat Aliga izdoshlik. “Arbain”da Hadis namunalari. Navoiy va munojot janri. Xamsachilik an’analari doirasida tasavvuf. “Xamsa”ning tasavvufiy talqinlari. “Xamsa”da komil inson chizgilari. “Lisonu-t-tayr”da Ibn Sino va Attor falsafasiga munosabat. Ramziy timsollar va tasavvufiy maqomlar. “Nasoyimu-l-muhabbat”da turk mashoyixlari talqini. “Sittai zaruriya” tasavvufiy qasidalar majmuasi.
5-mavzu. Mumtoz adabiyotda so‘z, adabiy tur va she’r janrlari (2 soat ma’ruza, 4 soat laboratoriya ishi) Mumtoz adabiyotshunoslikda adabiy tur va janrlar haqidagi fikr taraqqiyoti,shakl va mazmun munosabati. Mazmunning shaklga quyilishi va shaklning mazmunga aylanishi. Surat va ma’ni hakida Navoiy ta’limoti. Attor falsafasida mutlaq ruh. Insoniy xilqat surati. Haq (kull) sifati. Surat (yuz) ishq nuri, ishqsiz u qiymatdan mahrum. Surat ma’no nuri ekanligi.
Mumtoz adabiy tur va she’r janrlari. G’azal, qasida, mustazod, tarji’band, tarkibband, noma (muhabbatnoma, jangnoma, soqiynoma), marsiya, manzuma, musammat, kabilar talqini va tahlili;
6-mavzu. Mumtoz she’r tuzilishi va aruz ilmi, qofiya ilmi, ilmi bade’ (4 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi) Mumtoz she’r badiiyati, aruz doiralari ta’limi; taqti’ va uning tamoyillari, aruz fonetikasi, juzv-hijo ta’limi; rukn (asliy va fa’riy) rukn ta’limi; zihofot va furu’; vaznlar va ularning rang-barangligi; bahrlar ta’limi; bahrlar tasnifi; hajaz, rajaz, ramal va mutaqorib bahrlari tavsifi va tahlili. Badiiy she’riy san’atlar tasnifi va tavsifi: lafziy va ma’naviy san’atlar. Atoulloh Husayniy asarida badiiy san’atlar tasnifi va xususiyatlari. Qofiya va uning vazifalari: mumtoz qofiya nazariyasi (muqayyad va mutloq qofiya unsurlari; mumtoz qofiya tiplari va turlari). Qofiya san’atlari, qofiya tizimi, qofiya tartibi, qofiya tirgovichlari. Mumtoz qofiya malohati (Qays Roziy va Shayx Ahmad Taroziy asarlari asosida).