O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni


II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/40
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#42749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
2.08-Технология

 

II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi 

 

Ushbu  fanning  maqsadi  -    talabalarga  servis  xizmati  boyicha  gazlamaga  ishlov 

berish  bo’limi  mazmunida  texnologiya  fanini  5-9  sinflarda  o‘qitishda  gazlama  turlari, 

xossalari, kiyim chizma asoslarini konstruktsiyalash, andaza tayyorlash modellashtirish, 

bichish  va  tikish  texnologiyasi,  mexanik  usulda  ishlov  berish  texnologiyasi,  xavfsizlik 

texnikasi  qoidalariga  oid,  texnologiyada  dizayn  bo’liminini  o’qitish  orqali  yog’ochga 

ishlov berish, buyum tayyorlash texnologiyasi, randalash, parmalash, tokarlik, frezalash, 

stanoklarida  ishlov  berish  nazorat  o‘lchov  va  rejalash  asboblari,  dastakli  asboblar 

shuningdek,  yupqa    tunikaga  ishlov  berish  va  yuqori  sifatli  buyumlar  tayyorlash 

bo’yicha malaka hosil qilishni ko‘zdatutadi. 

Ushbu fanning vazifasi - servis xizmati boyicha gazlama turlari, xossalari, kiyim 

chizma  asoslarini  konstruktsiyalash,  andaza  tayyorlash  uchun  gavdadan  to’g’ri  o’lchov 

olishni, kiyim fasonlarini o’zgartira olish (modellashtirish), texnologiya asosida bichish 

va  tikish,  gazlamalarni,  materiallami  to‘g‘ri  tanlashga  oid  ko‘nikma  va  malakalami 

shakllantirish,    texnologiyada  dizayn  bo’limini  o’qitishda  rejalash,  arralash,  randalash, 

egovlash, parmalash, birikmalar tayyorlash, stanoklarda mohirona ishlay olish ko‘nikma 

va malakalami shakllantirishni vazifa qilib qoyadi. 

 “Texnologiya  ta’limi  praktikumi”  fanini  o‘zlashtirish  jarayonida  amalga 

oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:  

-  kiyim  chizma  asoslarini  konstruktsiyalash,  modellashtirish,  bichish  va  tikish 

texnologiyasi, tikuvchilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar va jihozlar haqida tasavvurga 

ega bo‘lishi, yengil kiyimlarga ishlov berish texnologiyasi, sodda bichimli kiyim turlarini 




 

 

 



loyihalash  asoslari,  maishiy  tikuvchilik  asbob  –  uskunalari  va  jihozlari,  qo‘l  va  mashina 

ishlari, namlik – issiqlik ishlov berish o‘rinlarini tashkil etish; 

chilangarlik  ishlari  haqida,  o‘quv  ustaxonasida  xavfsizlik  texnikasi  qoidalari,  va 

chilangarlikda  ishlatiladigan  asbob  –  uskunalar  hamda  moslamalar  to‘g‘risida  umumiy 

ma’lumotlar bo’yicha bilimga

-  qo‘lda  va  mashinada  bajariladigan  oddiy  ish  jarayonlarini  amalga  oshirish 

usullaridan,  turli  bichimli  tikuv  buyumlarining  asos  chizmasini  chizish,  texnik 

modellashtirish, andazasini tayyorlash va tikish,  havfsizlik texnikasi va mehnat gigienasi 

qoidalariga rioya qilish, tikuvchilik jihozlaridan to‘g‘ri foydalana olish; 

- simlar  va  yupqa tunikalarga ishlov berish texnologiyasi, prokat  va  shtamplash 

usulida olinadigan materiallarga ishlov berish texnologiyasiga oid ko’nikma;  

-  qo‘lda  va  mashinada  turli  choklarni  bajara  olish,  engil  kiyimlar  detallariga    ishlov 

berish, sodda konstruktsiyali buyumlar uchun gavdadan o‘lchov olish va asos chizmasini 

qurish,  ularni  bichish  va  tikish,  tikuvchilik  jihozlarini  ishga  tayyorlash,  ayollar  va 

bolalarning  sodda  bichimli  engil  kiyimlarini  loyihalash  va  tayyorlash  boyicha 

kompetentsiyalarga ega bo‘lishi, sozlash; 

  parchinlash,  rezba  qirqish  turlarini  o‘rganishi,  parmalash    va    charxlash 

usullarini,  tayyor  detallarga  termik  ishlov  texnologiyasi  bo‘yicha  malakasiga  ega 


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin