FUTURIZM (lot. futurum – kelajak) – XX asr boshlarida maydonga kelgan avangardistik oqim, san’atning dyeyarli barcha turlarida kuzatilgan, ayniqsa, tasviriy san’at va haykaltaroshlikda ta’siri kuchli bo‘lgan, badiiy adabiyotda ham syezilarli iz qoldirgan. F.ning o‘z vatani Italiyada, shuning dek, Rossiyada kengroq ommalashdi. F.ning adabiy-estetik va g’oyaviy qarashlari F.Marinyettining “Futurizm manifyesti” (1909) asarida o‘z ifodasini topgan. F. adabiy-madaniy an’analar bilan aloqani to‘la uzish, yangi zamon (kelajak)ning yangi adabiyot va san’atini yaratish da’vosi bilan maydonga chiqdi. Qisqacha aytilsa, F. namoyandalari jamiyatdagi taraqqiyot tyendyensiyalaridan kelib chiqqan holda, uning ertasini, ertangi inson va insoniy munosabatlarni o‘zlaricha tasavvur qiladilar va shunga mos adabiyotni yaratish da’vosi bilan maydonga chiqdilar.
AMALIY MASHG’ULOTLAR
1-Mavzu:Adabiyotshunoslik metodologiyasining ijtimoy fanlar bilan aloqasi Reja: Adabiyot nazariyasi doirasidagi ilmiy tushunchalarning barchasi adabiyotshunoslik metodologiyasiga ham daxldor ekanligi.
Fan olamida “Adabiyotshunoslik metodologiyasi”ga “Adabiyotshunoslik nazariyasi” tarzida qarashning mavjudligi.
Adabiyotshunoslik metodologiyasi fani bilan adabiyot nazariyasining o’zaro bog’liqligi.
Nazariy tushunchalar muayyan metodlar vositasida badiiy asar talqini uchun tatbiq qilinishi.
Savol va topshiriqlar:: Adabiyot nazariyasi qanday fan?
Adabiyotshunoslikning asosiy tarkibiy qismlari orasidagi o’zaro bog’liqlik, uzviy aloqani tushuntirib bering.
Tanqidchi, manbashunos, matnshunos, adabiyotshunos deganda kimlarni tushunasiz?
«Matnshunoslik faoliyati adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarix fanlari kesishgan nuqtada kechadi» degan fikrni qanday tushunasiz?
«Paleografiya», «arxeografiya» terminlarining ma’nosini aytib bering.
Estetik faoliyat va badiiy ijod tushunchalarining o’zaro munosabati qanday?