O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev ” 2021-yil yangi o‘zbek adabiyoti fanidan



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə10/30
tarix16.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#131154
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
27a21d2b9108f256886e1abbc0a51177 YANGI O‘ZBEK ADABIYOTI

SAVOLLAR:
1.Hamid Olimjonning bolalik va o’smirlik yillari haqida ma’lumot bering?
2.Hamid Olimjonning ilk she’riy to’plamining nomi va u qachon bosilib chiqqan?
3.She’riy to’plamlari haqida gapiring?
4.Hamid Olimjon ijodiga xalq og’zaki ijodi qanday ta’sir ko’rsatgan?
5.Doston janridagi asarlari qaysilar?
6. «Muqanna» dramasining yaratilish tarixi va g’oyasi haqida nimalarni bilasiz?
7. «Jinoyat» dramasining yozilishiga turtki bo’lgan hayotiy voqea nima?
ADABIYOTLAR:
1.Hamid Olimjon. Mukammal asarlar to’plami.10 tomlik, T., «Fan», 1975-1984 yil.
2.N.Karimov. Hamid Olimjonning poetik mahorati. T., «Fan», 1964 yil..
3. S.Mamajonov. Shoir dunyosi. T., G’afur Gulom nomidagi nashriyot, 1972 yil.
4.N.Karimov. Hamid Olimjon. T., «Yosh gvardiya», 1990 yil.
5.S.Azimov. Hamid Olimjon abadiyati. Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, T., 1967 yil.
6.H.Yoqubov. Hamid Olimjon. Manba: «O’zbek Sovet adabiyoti tarixi» P tom, «Fan», T., 1971.
7.Nafosat chashmasi (Hamid Olimjon haqida maqolalar). «Fan», Toshkent., 1970 yil
8.Sen elimning yuragida yashaysan. To’plam. Gafur Gulom nomidagi nashriyot, T., 1973 yil.
5-MAVZU: ABDULLA QAHHORNING HIKOYANAVISLIK MAHORATI. MAQSUD SHAYXZODA HAYOTI VA IJODI
Reja:

  1. Abdulla Qahhor ijodining o’zbek adabiyoti tarixida tutgan o’rni.

  2. Abdulla Qahhorning hayot yo’li.

  3. Abdulla Qahhor ijodiy yo’lining mashqlar va izlanishlar bosqichi.

  4. Abdulla Qahhor hikoyalari, povestlari.

  5. Abdulla Qahhor romanlari.

  6. Abdulla Qahhor komediyalari.

  7. Abdulla Qahhor ijodining tanqid va adabiyotshunoslikdagi talqini.

T a ya n ch t u sh u n ch a l a r
“Qo’qon”, “Asht”, “Kelgindi”, “Ko’chmanchi”, “Eski maktab”, “Pedtexnikum”, “Rabfak”, “SAGU”, “Oy kuyganda”, “Mushtum”, “Qizil O’zbekiston”, “Olam yasharadir”, “Qishloq hukm ostida”, “O’g`ri”, “Dahshat”, “Mayiz yemagan xotin”, “Sarob”, “Qo’shchinor chiroqlari”, “Shohi so’zana”, “Og`riq tishlar”, “Tobutdan tovush”, “Ayajonlarim”, “Sinchalak”, “O’tmishdan ertaklar”, “Muhabbat”, “Yoshlar bilan suhbat”, “Davlat mukofoti”, “O’zbekiston yozuvchilar soyuzining raisi”, “Hamza mukofoti”, “O’zbekiston xalq yozuvchisi”.

Abdulla Qahhor XX asr o’zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan va xalqning muhabbatini, hurmatini qozongan iste’dodli yozuvchilardan biridir.


Abdulla Qahhor 1907-yilning 17 sentyabr kuni hozirgi O’zbekistonning Qo’qon shahrida (ba’zi ma’lumotlarga qaraganda – Tojikistonning Asht tumanida) temirchi usta oilasida dunyoga kelgan. U oilada tug`ilgan o’n boladan tirik qolgan yagona farzand edi. Abdullaning bolalik yillari qashshoqlik va darbadarlikda o’tadi. Uning oilasi yaxshiroq hayot ilinjida Farg`ona vodiysi bo’ylab qishloqma-qishloq ko’chib yuradi. Oqibatda Abdulla “Ko’chmanchi”, “Kelgindi” singari haqoratli laqablar oladiki, bu uning xotirasida bir umrga muhrlanib qoladi. Avval Abdulla qishloqdagi diniy maktabda savodsiz Valixon so’fi degan domla qo’lida o’qiydi. Domlaning savodsizligidan g`azablangan otasi uni 1917-yil Okbyaridan keyin ochilgan yangi maktabga o’qishga beradi. Bu maktabda ancha yaxshi bilim olgan Abdulla 20-yillar boshida o’qishni Qo’qondagi texnikumda davom ettiradi. Xuddi shu vaqtda, ya’ni 20-yillar boshida Abdulla adabiyot sohasida ilk mashqlar qila boshlaydi va ularni Toshkentdagi gazeta, jurnallarga yuboradi. Ulardan biri, ya’ni “Oy kuyganda” she’ri “Mushtum” jurnalining 1924-yilgi 8-sonida bosilib chiqadi. Abdullaning matbuotda e’lon qilingan mana shu birinchi she’riyoq unda ijod qilishga qandaydir iste’dod borligidan, ya’ni adabiyot vositalari orqali muayyan g`oyani ifodalashga qodirligidan dalolat bergan edi. Unda ma’rifatparvarlik g`oyasi adabiyotning birinchi unsuri bo’lgan badiiy timsollar vositasida ifodalangan edi. Abdullada iste’dod kurtaklari nish urayotganligi shunda ko’rinardiki, she’rda “ma’rifat” so’zi biron marta ham ishlatilmagani holda, odamlar ilmli bo’lsalar, tabiat hodisalarining mohiyatini to’g`ri tushunishlari va ular oldida behudaga talvasaga tushmasliklari haqidagi g`oya ilgari surilgan edi. “Oy kuyganda” she’ri bilan Abdulla Qahhor ijodining birinchi bosqichi boshlanadi. Mazkur izlanishlar va mashqlar bosqichi qariyb o’n yil davom etadi. Bu davrda Abdulla avvalo taxallus izlaydi va 20-yillarda yozgan ko’plab hikoyalarini, sakkizta she’rini, ellikta felyetonini “Norin shilpiq”, “Mavlon kufir”, “Gulyor”, “Erkaboy” singari imzolar bilan e’lon qiladi. Ijodning ilk bosqichi, asosan, izlanishlardan iboratligi shu bilan belgilanar ediki, bu davrda Abdulla yozgan “Ikki qonun”, “Yosh qizlar o’gay ota qo’lida” singari hikoyalar, felyetonlar va she’rlar g`oyaviy-badiiy jihatdan juda nochor hamda zaif edi. Buni juda yaxshi fahmlagan Abdulla so’ngroq mazkur asarlarining ko’pchiligini keyingi ko’p jildlik kitoblariga kiritmagan edi. Shu bilan birga ijodning ilk bosqichidagi mashqlar muayyan ijobiy samaralar ham bergan edi. Ulardan biri Abdulla Qahhorning 1929-yilda e’lon qilingan “Boshsiz odam” hikoyasi bo’lib, mazkur asar muallifning inson xarakterini, ruhiy dunyosini teran tahlil qila bilish mahorati yetilib borayotganligidan guvohlik beradi. Bu davrda Abdulla Qahhor Toshkentdagi O’rta Osiyo Davlat universitetida o’qir edi.
Izlanish davrining samaralari sifatida uning 1932-yilda “Qishloq hukm ostida”, 1933-yilda “Olam yasharadir” va “Qotilning tug`ilishi” singari kitoblari bosilib chiqadi. Mazkur kitoblar mashqlar bosqichining o’ziga xos yakuni sifatida maydonga kelgan deb hisoblash mumkin, chunki 1934-yildan Abdulla Qahhor yuqoridagi to’plamlardagi izlanishlarning nochor samaralaridan keskin farq qiluvchi asarlar yarata boshlaydi. 1934-yili Abdulla Qahhor “Maston”, “Ko’r ko’zning ochilishi” singari asarlarini e’lon qilib, hikoyada hayotni realistik tasvirlash prinsiplari ijodida uzil-kesil qaror topganligini isbotlagan edi. Shunga ko’ra mazkur asarlar va “O’g`ri”, “Mayiz yemagan xotin” kabi hikoyalari bilan Abdulla Qahhor ijodining ikkinchi bosqichi, ya’ni chinakam realistik asarlar yaratish pallasi boshlangan deb hisoblash mumkin. Bu hikoyalarning bir guruhida (“O’g`ri, “Dahshat”) Abdulla Qahhor o’tmishdagi mehnatkash xalq hayotining fojiaviy manzaralarini gavdalantirgan bo’lsa, ikkinchi guruhida (“Mayiz yemagan xotin”, “Qanotsiz chittak”, “Bashorat”) 30-yillar turmushidagi ijtimoiy nobopliklarni, axloqiy tubanlik, ma’naviy qashshoqlik singari illatlarni hajv olovi bilan kuydirishga intilgan.
30-yillarning o’rtalaridan Abdulla Qahhor ijodida yangi bosqich boshlanganligi yana shu bilan belgilanar ediki, bu davrda u o’zbek nasrida yozuvchi Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” asaridan keyin ikkinchi cho’qqi hisoblanuvchi “Sarob” romanini e’lon qiladi. Romanda Abdulla Qahhorning inson ruhiyatini chuqur tahlil qila bilish mahorati nihoyatda ortganligi yaqqol sezilib turardi. Insoniy xarakterlarning teran psixologik tahlili vositasida Abdulla Qahhor o’sha davrda bizning mamlakatimizda millat taqdiri, ravnaqi, baxti uchun kurashganlar dahshatli fojiaga uchraganligini ochib bergan edi. Shu yo’l bilan romanda millatparvarlik g`oyasi tasdiq etilgan edi. Faqat adabiy tanqidchilik roman mag`ziga yashiringan bu haqiqatni endi-endi anglab yetmoqda.
Urushdan keyin Abdulla Qahhor bizning adabiyotimizda keng quloch yozgan konfliktsizlik “nazariya”si ta’siriga berilib, “Kartina”, “Hamqishloqlar” singari hikoyalar va “Qo’shchinor chiroqlari” romanini yozib, ularda o’sha davrdagi xarob o’zbek qishlog`i manzaralarini sun’iy ravishda ancha yaltiratib, go’zallashtirib aks ettiradi. Xuddi shunday tasvirning tamg`asi yozuvchining O’zbekistondan uzoq-uzoqlarga mashhur bo’lgan “Shohi so’zana” (1951) komediyasida ham o’z muhrini qoldirgan edi. Endi o’zlashtirilayotgan Mirzacho’l yerlari gulistondek qilib ko’rsatilgan bo’lsa-da, bu asar juda kulgili, qiziqarli sahnalarga boyligi, esda qoladigan insoniy xarakterlarga egaligi bilan yozuvchining komediyanavislik sohasida dadil qadam qo’yganligidan guvohlik berar edi. Balki shu kabi fazilatlari tufayli bu asar jahonning ko’plab sahnalarida qo’yilgan va sobiq ittifoqning Davlat mukofotiga sazovor bo’lgandir.
Dramaturgiya sohasidagi ilk muvaffaqiyatdan ruhlangan Abdulla Qahhor 1954-yilda “Og`riq tishlar” nomli navbatdagi komediyasini e’lon qiladi. Bu asar yozuvchi ijodida uchinchi davr, ya’ni yetuklik pallasi boshlanganligidan dalolat berar edi, chunki unda balki o’zbek adabiyotida ilk bor sosializmning illatlari, ya’ni rahbarlikning nomukammalligi, axloqiy qashshoqlik, ma’naviy tubanlik, iqtisodiy notenglik singari nuqsonlar haqida hajviyot vositalari orqali ayon ko’rinib turgan haqiqat ifodalangan edi. Abdulla Qahhorning “Tobutdan tovush” (1962), “Ayajonlarim” (1967) kabi komediyalarida ham sosializmning yuqoridagi singari illatlariga nisbatan mahorat bilan hajv o’ti yo’naltirilgan bo’lib, bu hol uning o’sha davr adabiyotida hukmron sosialistik realizm metodining temir qoliplarini sekin-sekin yorib chiqishga intila boshlaganligidan guvohlik beradi.
Abdulla Qahhor hikoya janrida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 30-yillarda o'zbek realistik hikoyachiligi ustalaridan biri sifatida tanilgan adib bu janrda qariyb 40 yil ijod qildi. A. Qahhor bir maqolasida: “Men hikoyachilikni juda yaxshi ko'raman va shu bilan birga, hamma vaqt qalamimning qayrog'i, deb qaraganman" - deb yozgan. Abdulla Qahhor o'z ijodiga o'ta talabchanlik bilan tanqidiy yondashib, dastlabki asarlarida y o’l qo'ygan kamchiliklarini o'z ustida qunt bilan ishlash, ustozlar ijodini, badiiy mahorat “sir”larini sinchiklab o'rganish orqali yo'qota boradi. Adib hayot haqiqatini, odamlar xarakterini, ruhiyatini chuqur o'rganish. A. Chexov va A. Qodiriy kabi buyuk yozuvchilar mahoratini ijodiy o'zlashtirish bilan yetuk, go'zal hikoyalar yaratish sail’at ini egalladi. Adib: "Uslubda menga hech kim domla Chexovchalik ta'sir ко‘rsatgan emas. Agar men uslubda biron darajada kaniololga erishgan bo'lsam, buning uchun, shubhasiz, ustod Anton Pavlovichga qulluq qilaman”- deb qayd etgandi.
Abdulla Qahhor hikoyalarini mavzu jihatdan tarixiy (“Bemor”, "O'g'.ri” , “Anor”, “Dahshat”), zamonaviy ("Asror bobo”, “Xotinlar”, "Mahalla”, “M ing bir jo n ”, “ Kampirlar sim qoqdi”), hajviy (“Mayiz yemagan xotin”, “Adabiyot m uallimi”, “To'yda aza”, “Munofiq”) yo'nalishlarga ajratish mumkin. Bu hikoyalarda qahhorona xarakter yaratish mahorati, siqiq va ixcham hajmga katta mazmun sig'dirish, badiiy tildagi joziba singari fazilatlar kcyingi avlod yozuvchi lari uchun san’atkorlik maktabiga aylandi.
Faoliyatining yetuklik bosqichida adib nasr sohasida ham unumli ijod qilib, “Ming bir jon”, “Mahalla” kabi hikoyalar, “Sinchalak”, “O’tmishdan ertaklar”, “Muhabbat” singari qissalar va ko’plab adabiy-tanqidiy maqolalar yaratdiki, ularning ayrimlari adabiyotimizda sezilarli hodisa bo’lib qoldi. Xususan, “O’tmishdan ertaklar” qissasi yozuvchining bolaligi o’tgan davr hayoti manzaralarini shafqatsiz realistik bo’yoqlarda gavdalantirganligi sababli kitobxonlar e’tiborini qozondi va respublikaning Hamza nomidagi mukofoti bilan taqdirlandi.
Abdulla Qahhor ijodiga xos ko'pgina fazilatlar adabiyotshunoslar tomonidan ilmiy tahlil asosida ochib berilgan. I.Borolinaning “Abdulla Qahhor”, Hafiz Abdusamatovning “Abdulla Qahhor”, Mashhura Sultonovaning "Abdulla Qahhor uslubi”, Matyoqub Qo‘shjonov va Umarali Normatovning “Mahorat sirlari", Matyoqub Qo'shjonovning "Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor”, “Abdulla Qahhor mahorati”, Ozod Sharafiddinovning “Abdulla Qahhor” kabi bir qator monografiyalarini, shuningdek, Izzat Sulton, Homil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Laziz Qayumov, Naim Karimov, Baxtiyor Nazarov, Sharif Yusupov, Ibrohim Haqqul, Dilmurod Quronov, Rahmon Qo'chqorov, X.Hamraqulova va boshqa olimlaming qahhorshunoslikka oid maqolalari shular jumlasidandir. Ularda A.Qahhor ijodining asosiy xususiyatlari, g'oyaviy-badiiy jihatlari, adibning so'z san’atiga qo'shgan beqiyos hissasi va uning adabiyotimiz tarixida tutgan o'rni ko'rsatilgan.
Ayon bo’ladiki, O’zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor o’zidan yuzlab hikoyalar, beshta qissa, ikki roman va to’rtta komediya qoldirdi hamda ularning ayrimlarida yuksak iste’dod sohibi ekanligini namoyon qildi. Uning eng yaxshi asarlari o’zbek realistik nasri va dramaturgiyasi taraqqiyotiga qo’shilgan o’ziga xos hissa bo’lib qoldi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin