O'quv ishlari bo’yicha prorektor


О‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligidagi о‘rni va mavqeining oshib borishi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə80/115
tarix13.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129708
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

О‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligidagi о‘rni va mavqeining oshib borishi.

Hozirda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bо‘­yicha jahonda turli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar mavjud bо‘­lib, ularning orasida Mustaqil Davlatlar Ham­dо‘stligi (MDH) о‘ziga xos kо‘rinishga ega. MDH mintaqaviy tashkiloti - bir butun davlat yoki federatsiya emas, harbiy blok ham emas. Balki u о‘zining mohiyatiga kо‘ra, ixtiyoriy iqtisodiy uyushma sifatida vujudga kelgan davlat­lar hamdо‘stligining yangicha shakli va kо‘rinishidir.
Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi 1991 yil 8-dekabrdagi MDHni tuzish tо‘g‘risidagi bitim hamda 1991 yil 21-dekabrdagi mazkur bitim protokoli asosida tashkil qilingan. Ushbu xalqaro tuzilmaga О‘zbekiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respub­likasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, Tojikiston Respublikasi va Ukraina a’zo hisoblanadi. Ijroiya qо‘mita MDHning ijro etuvchi, ma’muriy va muvofiqlashtiruvchi idorasidir.
1993 yil 22-yanvarda Minskda MDH Davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashida MDHning Nizomi qabul qilingan bо‘lib, unda davlatlarning о‘zaro hamkorlik aloqalarining holati va yо‘nalishlari belgilab qо‘yildi.Hozirda О‘zbekiston MDH doirasidagi kо‘p tomonlama hamkorlikda faol ishtirok etib kelmoqda. Bu a’zo mamlakatlar bilan turli sohalardagi aloqalar rivojiga hissa qо‘shmoqda. Jumladan, О‘zbekiston Res­publikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 10-11-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida bо‘lib о‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.
Sammitning asosiy tadbirlari 11-oktabr kuni bо‘lib о‘tdi. Majlisda Hamdо‘stlik mamlakatlarining Parlamentlararo assambleyasi faoliyatini takomillashtirish, Tashqi ishlar vazirlari kengashi va Iqtisodiy kengashini rivojlantirish, kelgusi yillarda MDHning madaniy poytaxtlarini belgilash kabi masalalar muhokama qilindi. MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha bayonoti, Hamdо‘stlikda 2019 yilni Kitob yili, 2020 yil 1941-1945-yillar Ikkinchi jahon urushda qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi yili deb e’lon qilish haqida qaror qabul qilindi.
Hamdо‘stlik mamlakatlarining jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohalaridagi hamkorligiga doir konsepsiyalar ma’qullandi. Shuningdek, MDH mamlakatlari о‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yana qator hujjatlar qabul qilindi.
Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.
2018 yil 27-28-sentabr kunlari Dushanbe shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Sammitning asosiy tadbirlari 28-sentabr kuni bо‘ldi. Dastlab davlat rah­barlari tor doirada uchrashuv о‘tkazdi. Unda Hamdо‘stlik doirasidagi hamkorlikni yana­da mustahkamlash, ushbu xalqaro tuzilma faoliyatini takomillashtirish, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashil­di. Tor doiradagi uchrashuvda 2019 yilda MDHga raislik hamda Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini о‘tkazish joyi tо‘g‘risidagi masalalar kо‘rib chiqildi.

Joriy yilda (2020 y.) respublikamiz ilk bor Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi tashkilotiga raislik qildi va pandemiyaga qaramasdan, kо‘zda tutilgan 60 dan ziyod barcha tadbirlar muvaffaqiyatli о‘tkazildi, 70 ga yaqin muhim hujjatlar qabul qilindi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin