O'quv ishlari bo’yicha prorektor


Karimov I.A. О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida:xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: “О‘zbekiston”, 1997 y



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə87/115
tarix13.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129708
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

Karimov I.A. О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida:xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: “О‘zbekiston”, 1997 y.

  • О‘zbekiston mustaqillik yо‘lida. -T.: “О‘zbekiston”, 1996 y.

  • О‘zbekistonning eng yangi tarixi. Uchinchi kitob. -T.: “О‘zbekiston”, 2013 y.

  • Mustaqil О‘zbekiston tarixi. -T.: “Akademiya”, 2013 y.

  • Shamsutdinov R. О‘zbekiston tarixi. -T.: “О‘zbekiston”, 2018 y.

  • Usmonov Q. О‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi. -T.: Moliya, 2003 y.



    13- Mavzu: Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni
    mustahkamlashda О‘zbekistonning о‘rni
    Reja:

    1. О‘zbekistoning mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy о‘rni.

    2. Markaziy Osiy mintaqasida barqarorlikni ta’minlashda

    О‘zbekistonning ishtiroki.

    1. О‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalari.




    1. О‘zbekistonning mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy о‘rni.

    О‘zbekiston xalqaro aloqalarni yо‘lga qо‘yish nuqtai nazaridan va о‘z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay jо‘g‘rofiy-strategik imkoniyatlarga ega. Xususan, Yevropa bilan Osiyoni bog‘laydigan yо‘llar Markaziy Osiyodan, uning о‘rtasida joylashgan О‘zbekistondan о‘tadi. О‘zbekiston – mintaqaning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh bо‘lgan Markaziy Osiyodagi yagona davlat hisoblanadi.
    Markaziy Osiyoda jо‘g‘rofiy-siyosiy jihatdan markaziy о‘rin tutgan О‘zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash hamda mustahkamlash imkoniyatlariga ega.
    О‘zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan. Aholi soni, ilmiy-texnikaviy salohiyatlari jihatidan mintaqada yetakchi о‘rinda turadi. Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral xom ashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan о‘zini ta’minlashga qodir.
    О‘zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, о‘zini neft, gaz va rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imoniyati ham bor. Oltin zaxiralari bо‘yicha О‘zbekiston dunyoda tо‘rtinchi о‘rinda turadi (JAR, AQSh va Rossiyadan keyin). Paxta tolasini eksport qilish bо‘yicha esa О‘zbekiston AQSH va Hindistondan keyin uchinchi о‘rinda egallaydi.Tabiiy gaz qazib olish bо‘yicha mamlakatimiz yirik 20 talik tarkibiga kiradi. Strategik xom ashyo hisoblanuvchi uran qazib olish bо‘yicha О‘zbekiston dunyoda yettinchi о‘rinda turadi (Avstraliya, Qozog‘iston, Rossiya, Kanada, JAR va Ukrainadan keyin).
    Qolaversa, О‘zbekistonning jahonga mashhur boy madaniy-ma’naviy merosi insoniyat tamaddunida yetakchi о‘rin egallaydi va bu omil hozirgi dunyoning ijtimoiy jarayonlariga ta’sir о‘tkazish salohiyatiga ham ega.
    Shu bilan birga, bir qator, jumladan, quyidagi noqulayliklar ham bor. Bular:
    - О‘zbekiston Fors kurfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Torim Uyg‘uriston) havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim xalqaning strategik markazida joylashgan. Shu boisdan, butun dunyo enregiya taqchilligi sharoitida yirik davlatlarning manfaatlari bir-biri bilan kelisha olmasligi kuzatilmoqda.
    - Yana bir noqulaylik shundan iboratki, О‘zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy, siyosiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatlar qurshab turibdi (Xususan, Afg‘oniston muammosi).
    - Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolar, Orol fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqulay omillardir.
    - Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri dengiz portlariga chiqish imkoniyatining yо‘qligi ham ana shunday muammolar tarkibiga kiradi.
    Shunga qaramay, О‘zbekiston qо‘shni va yaqin mamlakatlar bilan о‘zaro manfaatli aloqalarni yо‘lga qо‘yishga intilmoqda va bu davlatimiz tashqi siyosatining asosiy tamoyillarini tashkil etadi.


    Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin