Mutahassislarning firkriga ko’ra AQShning dunyo Yalpi Ichki Mahsulotidagi (YIM) qismati 21 % dan 18 % ga tushishi kuzatilyapti, Hindistonning qismati esa 20025 yilga borib 6 % dan 11 % ga ko’tariladi, va shunday qilib Hindiston yaqin kelajakda AQSh va Hitoydan keyin 3 chi yirik iqdtisodga aylanishi kutilyapti. 2025 yilga borib, Hindistonning iqtisodi AQSh iqtisodining 60 % ni tashkil qiladi. 2035 yilga borib dunyo sahnasida iqtisodi kattaligi jihatdan 3 ta yirik davlat yuzaga keladi. 2015 yilga borib Hindiston iqtisodining hajmi Evropa Birligidagi 6 ta yirik davlat-azolarining iqtisodidan o’tib ketishi va dunyo iqtisodidagi qismati 14.3 % ni tashkil qiladigan uchinchi yirik iqtisodga aylanishi tahmin qilinyapti.
2006-07 yillarda Hindiston iqtisodining osishi 9 % ni va 2007-08 yillarda esa 8.6 % ni tashkil qildi. 2001 yildan beri iqtisodning tez o’sib kelishiga bir necha sabablar bor. Bular qatoriga sanoat va hizmat sohasidagi yuqori o’sish ko’rsatkichlarni va dunyodagi ijobiy iqtisodiy muhitni kiritsak bo’ladi. Yana shunday sabablar qatoriga mamlakat ichidagi nisbatan barqaror narhlarni ham kiritsak bo’ladi.