O'quv markaz uchun sayit yaratish mavzusida Shokirov Abdurashid Andijon mashinasozlik instituti, Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari, Axborot tizimlari va texnologiyalari yo’nailsihi



Yüklə 21,97 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü21,97 Kb.
#189130
Shokirov Abdurashid


O'quv markaz uchun sayit yaratish mavzusida
Shokirov Abdurashid
Andijon mashinasozlik instituti,
Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari,
Axborot tizimlari va texnologiyalari yo’nailsihi,
3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Sayt, o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun kerakli ma'lumotlarni to‘plab, ularga qulaylik bilan kirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu ma'lumotlar, o‘quvchilar uchun dars grafiki, o‘qituvchilar uchun pedagogik materiallar, elektron kutubxonalar, va boshqa foydali resurslardan iborat boladi.
Kalit so’zlar. Interaktiv, onlayn ta'lim, o'rganish, video darslar, elektron dasturlar, interaktiv testlar.
Amerika maktablarida 9-sinfgacha asosiy e’tibor matematikaga emas, balki tabiiy fanlarga qaratiladi, yuqorida tasdiqlangan yagona dasturlar bo’lmaydi. O’quvchilar uchun yagona, majburiy darsliklar, qo’llanmalar yo’q. Amerika maktablarida texnikaviy jihatdan yaxshi jihozlangan, sinflar kompyuterlashtirilgan. Har bir maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarini tashiydigan maxsus avtobuslar, stadionlar, turli laboratoriyalar bor. Amerika maktablarining aksariyati davlat ixtiyorida bo’lib, davlat mablag’i bilan ta’minlanadi. Lekin shaxsiy maktablar ham anchagina. Katta shaharlarda yashovchi o’ziga to’q ota-onalar farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga harakat qilishadi. Davlat maktablarida tekin, shaxsiy maktablar esa — pullik o’qitiladi. Vashington shahridagi shaxsiy maktabda bolani o’qitish uchun bir yilga taxminan o’n ming dollar to’lash kerak. Bunday maktablarda boy oila farzandlari ta’lim oladilar. SHaxsiy maktablarning har biri o’zi xos xususiyatlarga, maxsus dasturlarga, maxsus o’qituvchilarga ega. Bunday maktablarda sinfda o’qiydigan o’quvchilar soni kam bo’ldai. SHaxsiy maktablarda boshlang’ich sinflardan boshlab estetik tarbiyaga, san’atga alohida e’tibor beriladi.Amerika oliy o’quv yurtlariga kirish uchun belgilangan sinov (test)lar ikki xil bo’ladi: SAT (Sxolastik aptityud test); AKT (Amerikan kollej test) sinovlari. SAT sinovlari murakkabroq bo’ladi. Mashhur universitetlarga kirish uchun SAT sinovlarini topshirish shart bo’ladi. Bulardan tashqari Murakkablashtirilgan sinov ham bor. Bu sinovni oliy maktablarga kirayotgan barcha talabalar ham topshirishlari shart emas. Mabodo biror talaba shu murakkablashtirilgan sinovlarni topshirib universitetga kirsa, u talabaga maxsus stipendiya beriladi. Amerikaning eng katta boyligi — bu aql. Aql bu mamlakatda qadrlanadi, aqlli talabalar alohida taqdirlanadi. Aqlli, a’lochi talabalar o’quv yurtlarining faxri sanalgani sababli ham, ularga turli yo’llar bilan yordam berish, stipendiyalar tayinlash orqali ularni o’quv yurtlarida saqlashga harakat qiladilar. O’zi tanlagan sohada yutuqlarga erishayotgan talabalar ro’yxati har yili alohida kitobda nashr etilib turiladi. Bundan maqsad mazkur soha bilan qiziquvchi kompaniyalarning e’tiborini bo’lajak olimlarga qaratishdir. Yaponiyada ta’lim tizimi Majburiy ta’lim. Ta’limning pog’onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’z ichiga oladi. 6 yillik boshlang’ich ta’lim va 3 yillik kichik o’rta maktab, 9 yillik majburiy ta’limni tashkil etadi va u bepuldir, tekin darsliklar bilan ta’minlangan. Muxtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o’quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi. Zarur bo’lgan taqdirda ularning oilalariga moddiy yordam ko’rsatiladi. SHu qatorda xususiy maktablar ham mavjud. Yuqori bosqich o’rta maktab 10, 11, 12 sinflarni o’z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi va kechki bo’limlari mavjud. O’quvchilarning 95% kunduzgi maktablarda o’qiydilar. Yaponiyada o’quv yili 240 kun (AQSH 180). O’quv yili 1 apreldan boshlanib martda tugaydi. Yozgi kanikul iyun oyining oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar 7 soatdan o’tiladi. Dorilfununlarga katta o’rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni tugatgan o’quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet bo’lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiy, 1-toifadagi universitetlarda har bir o’qituvchiga 8 nafar, 2-toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to’g’ri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo’linadi: 1-bosqichi turar joyda o’tkaziladi: buning uchun yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, ximiya, jamiyatshunoslik, tarix bo’yicha test sinovlaridan o’tadilar. Bu sinovlardan o’tgan o’quvchilar universitetlarga yo’llanma oladilar va yana sinovdan o’tadilar. Xususiy universitetlarga esa to’g’ridan-to’g’ri test topshiriladi. Bir qator xususiy universitetlar o’zining uzluksiz shaxobchasiga esa (bog’chadan boshlab hamma bosqichlarni qamrab oladi). Universitetdan talabalarni haydab yuborish mumkin emas. Lekin o’qish muddatini cho’zish mumkin (4 yillik o’qish 5-6 yilgacha cho’zilib ketishi mumkin).KOLLEJLAR: 1-kichik kollej;2-texnik kollej 3-maxsus kollejlarga bo’linadi. Uni bitirgan talabalar bakalavr diplomini oladi va universitetning 3 yoki 4 kurslariga qabul qilinadi.Janubiy Koreyada ta’lim tizimi Mamlakatda oliy o’quv yurtlarining ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan. Koreyada 104 ta oliy o’quv yurti bor, ularning 80 foizi xususiydir. Hozir mamlakatda oliy o’quv yurtlarida o’qishga qiziqish juda kuchayib ketgan. Har yili maktablarni bitiruvchilarning 40 foizi o’qishga kiradi. Talabalar soni bo’yicha Koreya dunyoda birinchi o’rinda turadi. Lekin maktabgacha ta’lim muassasalari ishida muammolar bor. Talab ehtiyojni qondira olmayapti. SHuning uchun 1982 yilda maktabgacha tarbiya haqida qonun qabul qilindi. Bu yerda tarbiyaga bolalar bog’chasida asos solinishini yaxshi tushunishadi. SHu tufayli bu tarmoq keyingi yillarda 60 foizga kengaydi. Bunda diniy tashkilotlarning hissasi kattadir. Boshlang’ich maktab masalasiga kelganda (bu maktabga olti yoshlilar kelishadi) sinflarning tig’izligini kuzatish mumkin. Har sinfda 50 nafargacha bola o’qiydi. Dars nagruzkalari ham ko’proq. Lekin o’yinlar dam olish o’quv dasturiga kiritilgan. SHuning uchun dam olishga imkoniyat bor. Boshlang’ich maktabda dars 40 minut davom etadi. O’rta maktabda esa darslar 45 minut. Oliy maktabda darsning davomiyligi 50 minutga teng. Bu yerda ikki muhim jihatga to’xtalib o’tish zarur. Oliy maktabga, albatta, kirish imtihonlari topshirib kiriladi, o’qishlar pullik. Boshlang’ich maktabda 9 ta fan o’qitiladi. Koreys tilini o’rganishga alohida e’tibor beriladi. Bundan tashqari arifmetika, ayrim ijtimoiy fanlar ham o’qitiladi. O’rta maktabda fanlar yana 4 taga ko’paytirilgan. 7- sinfdan boshlab chet tillar o’rgatiladi. Mamlakatda ingliz tiliga e’tibor kuchli. Ko’pchilik bu tilda bemalol gaplasha oladi. CHet tillarni o’qitishga haftasiga 4—5 soat ajratilgan. Koreyslar yana bir tilni — klassik xitoy tilini majburiy ravishda o’rganadilar. 8-sinfdan boshlab Xitoy tarixi o’rganiladi. Hunar maktablari Koreyada 600 tani tashkil etadi. Bu maktablarning 45 foizi bo’lajak mulkdorlarni tayyorlaydi, 23 foizida texnik kasb egalari yetishib chiqadi. Qolgan maktablarda dengizchilik, qishloq xo’jalik ixtisoslari o’zlashtiriladi. SHunisi diqqatga sazovorki, bu maktablarga korxonalar otaliq qiladilar. Ta’lim haqidagi qonun talablaridan biri shudir. Koreyada ham alohida iqtidorli bolalarga e’tibor kuchli. So’nggi yillarda 5 ta sport, 6 ta ilmiy maktab ochilgan. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishiga Seul olimpiadasi katta ta’sir ko’rsatgan. Fransiyada ta’lim tizimi Frantsiya ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda «Ta’lim haqida»gi Qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga qator o’zgartirishlar kiritilgan. Frantsiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan «Ta’lim haqida»gi Qonuni 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo’lib, uning o’zgartirilishiga ta’lim strategiyasida ro’y bergan o’zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatdagi islohatlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg’or tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o’quv predmetlarining integra siyalari va boshqalar sabab bo’ldi.Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o’quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o’rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Bu yerda: Davlat maktablari;Xususiy maktablar; Oraliq maktablari mavjud. Fransiya ta’limida bolalarning go’daklik chog’idanoq maktabda o’qitish uchun tayyor holda olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o’rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo’lib, ularga Frantsiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud. Fransiyada boshlang’ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang’ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o’qish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. O’quv mashg’ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang’ich sinflarda o’qish uch bosqichda amalga oshiriladi: Tayyorlov bosqichi; Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi); Chuqurlashtirilgan bosqich. Dasturlarda o’quv predmetlarning barchasiga uch bosqich bo’yicha aniq, alohida-alohida talablar qo’yiladi. 1990 yildagi hukumat qarorida bolalarni bilimiga, qobiliyatiga qarab dars jadvalini tabaqalashtirgan holda tuzish huquqi berildi. Oliy ta’lim universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi. Birinchi turkum: Ikkinchi turkum: Uchinchi turkum: umumiy bo’lib, o’qish muddati ikki yil davom etadi. o’qish bir yil davom etadi. Talabalar uni magistr darajasi bilan yakunlaydi. o’qish 1—2 yil davom etadi.Bu siklda: Germaniyada ta’lim tizimi Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog’chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog’chalarni mablag’ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog’chalariga o’z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul to’laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog’chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalar bog’chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada bo’ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog’chalar ham bor. Oliy maktab o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o’quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O’z-o’zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki printsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor- o’qituvchilar, o’quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o’qishi erkin tashkil etilgan. Ko’p sonli o’quv bosqichlari bilan birga o’quv rejalari taklif etiladi. O’qishga haq to’lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq- ovqat harajatlarini ko’tara olmasa o’qish uchun moliyaviy yordam ko’rsatish to’g’risidagi federal qonunga ko’ra ular moliya yordamida oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo’shib berilsa, ikkinchi yarimi qarz tariqasida beriladi. Mamlakatda ta’limning isloh qilish masalasi ko’pdan buyon muhokama qilinmoqda, bunda o’quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7 yil o’qiydi. Ular o’qishga kirganlariga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishni hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz. Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo’lib, ular partiya va dindan tashqari muassasa. Ularning ko’pchiligi kechki bo’lib, faqat 1989 yilda universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag’batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka mablag’ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o’qish davrida tinglovchilarga mablag’ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o’z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko’proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. Yarim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan ta’minlanadi. CHerkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol ishtirok etadi. Yevangelь cherkovi o’zining 15 akademiyasida dolzarb mavzular bo’yicha konferentsiyalar tashkil etadi. Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat sohalariga katta ahamiyat beradilar. Oliy o’quv yurtlarida tadqiqot bilan shug’ullanish ularning qadimiy an’analaridan biri. O’tgan asr boshlarida Vilьgelьm fon Gumbolьdt pruss universitetlarini isloh qildi, o’shandan beri «Tadqiqot va o’qitish birligi» ularning hayotiy printsiplariga aylanib qolgan. Oliy o’quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy yo’nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bo’lib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishga, juda murakkab tizimga ega. SHu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo’lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.
XULOSA.
O'quv markazi uchun sayt yaratishda boshqa o'quv markazlarining saytlarini o'rganib, mijozlar bilan muloqot qilib, o'qituvchilarning fikrlarini eshitib, yangi sanoat tendensiyalarini ko'rib chiqish, va SEO va optimizatsiya strategiyalarini amalga oshirish yordamida eng muhim talablarni aniqlab olishimiz mumkin. Saytingizni foydalanuvchilar uchun maksimal samarali va maqbul qilish uchun tezisning barcha bo'limlarini to’ldirib olamiz . O'quv markazingiz o'qituvchilariga so'rovnoma o'tkazing va ularning saytga qanday qo'llanishlari kerakligini bilib olishimiz mumkin. O'quv markazingiz uchun eng yaxshi dizayn va foydalanishni ta'minlovchi veb-sayt yaratish uchun tajribali web dizaynerlar bilan muloqot qilamiz.
O`qituvchisi: “Axborot texnalogiyalari”
kafedrasi assistenti:S.Yaqubjannov
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. S.K.GANIYEV, A.A.GANIYEV, D.Y.IRGASHEVA. MA’LUMOTLAR BAZASI XAVFSIZLIGI

  2. https://ict.xabar.uz/uz

Yüklə 21,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin